O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi м. E. Jumayev bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi


§. Ta'lim berishning usul va uslublari


Download 2.5 Mb.
bet24/84
Sana27.10.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1727729
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   84
Bog'liq
12bolalardamatematikpdf

§. Ta'lim berishning usul va uslublari

Mashg‘ulotlar asosan ta'limning ko‘rgazmali, og‘zaki va amaliy metodlari orqali amalga oshiriladi. Shubhasiz, besh yashar bolalar pedagog bergan topshiriqning bilim olish vazifasini anglash va uning ko‘rsatmalariga binoan harakat qilishga qodirdirlar. Topshiriqlar mazmunan bolalarda bilish qobiliyatini uyg‘otishga imkon beradi.
Bolalar berilgan lopshiriqqa javob topishi uchun mavjud bilimlar yetarli bo‘1may va biror yangi bilimni egallash, yangilikni o‘rganish ehtiyoji paydo bo‘lgan vaqtda ana shunday vaziyatlar yaratiladi. Masalan, tarbiyachi bolalardan: stolning bo‘yi enidan qancha uzunligini qanday bilish mumkin, — deb so‘rashi mumkin. Qo‘yilgan savolga yonrna-yon qo'yish usuli bilan javob berib bol|maydi. Pedagog (tarbiyachi) ularga uzunlik oMchovi yordamida qiyoslab ko‘rishning yangi usulini ko‘rsatadi.
Biror o‘yin yoki amaliy topshiriq (juft tanlash, berilgan to‘g‘ri to‘rtburchakka teng keladigan to‘g‘ri to‘rtburchak yasash, qaysi predmetlarning ko‘p ekanligini aniqlash va boshqalar)ni hal etish takliflari bolalarni izlanishga undovchi turtki bo‘ladi.
Pedagog (tarbiyachi) bolalarning tarqatma material bilan musta- qil ishlashlarini tashkil qilgandan keyin ularga topshiriqlar (tekshirib o‘rganib olish, yangilikni bilib olish va boshqalar) ham beradi.
Bir qancha hollarda bilimlarni mustahkamlash va mazmuni o‘zlariga yaqin, tushunarli vaziyatni aks ettiruvchi topshiriqlar berish bilan amalga oshiriladi. Masalan, ular turli oyoq kiyimlarning iplarini qandayligini aniqlaydilar, soatlar uchun tasmachalar tanlaydilar va hokazo. Bolalardagi masalalar yechishdagi bunday qiziqishi ularda fikrlashni, bilimlarni puxta o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
Teng, teng emas, katta-kichik, butun va qism hamda boshqa matematik tushunchalar qiyoslash asosida tarkib topadi. 5 yashar
bolalar tarbiyachi rahbarligida predmetlarni izchil ko‘zdan kechi- radigan, ularning bir xil belgilarini ajratadigan va taqqoslaydigan bo‘lib qoladilar. Bolalar taqqoslash asosida muhim nisbatlarni, masalan, tenglik bilan tengsizlik, izchillik nisbatlarini, butun va qism nisbatlarini hamda boshqalarni aniqlaydilar, juda oddiy xulosalar chiqaradilar.
Katta guruhda analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish elementlarini rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi.
Bolalarga awal predmetlarni juftlab taqqoslash, keyin esa bir necha predmetni birdaniga taqqoslash o‘rgatiladi. Ular ayni bir predmetlarni o‘zini bir qatorga joylashtiradilar yoki goh bir belgi- siga, goh boshqa belgisiga qarab guruhlarga ajratadilar. Nihoyat, ular taqqoslashni muammoli vaziyatda o‘tkazadilar, bunda taqqos­lash uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan belgilar boshqa, bundan ko‘ra qulayroq so‘zlar bilan ifodalangan bo‘ladi. Masalan, kam miqdordagi predmetlar ko‘proq joy egallagan sharoitda qanday predmetlar ko‘proq (kamroq) ekanligi aniqlanadi. Bu ish taqqoslash va qarshisiga qo‘yishning (ustma-ust qo‘yish, yonma- yon qo‘yish, sanash, o‘lchovni modellashtirish) usullari asosida bajariladi. Bunda bolalar obyektlar miqdorini tenglashtiradilar yoki ularning tengligini buzadilar, aniqrog‘i, matematik xarakterdagi elementlar yordamida ish bajaradilar.
Qo‘yilgan masalaning mazmunini va uni yechish usullarini idrok etish besh yoshdagi bolalarning amaliy harakatlarni baja- rishlari davomida amalga oshirishlari sababli bolalar yo‘l qo‘yadigan xatolar hamisha didaktik material bilan ishlash orqali tuzatiladi.
Katta guruhda ko‘rgazmali qurollarning turlari ko‘payadi va ularning xarakteri bir oz o‘zgaradi. Asosan o‘yinchoqlardan, buyumlardan foydalanish davom ettiriladi. Biroq, bu narsalarning rangli tasvirlari bilan ishlash alohida ahamiyatga ega.
0‘quv yilining o‘rtasidan boshlab, masalan, agar o‘g‘il bola­lar katta uchburchak bilan, qiz bolalar esa kichik uchburchaklar bilan aks ettirilgan bo‘lsa, bolalar shunga qarab ,,Tiko“ mashinasi ichida kimlaming—o‘g‘il bolalarmi yoki qiz bolalarning ko‘p ekan- ligini topadilarva hokazo masalalar qaraladi. Ko‘rgazmalilik bolalarni aktivlashtiradi va ixtiyoriy xotira uchun tayanch bo‘lib xizmat qiladi, shuning uchun ayrim hollarda modellashtiriladi. Masalan, hafta kunlari shartli ravishda turli rangdagi tasmalar bilan ko‘rsatiladi. Bu bolalarga hafta kunlari o‘rtasida tartib munosabatlarini o‘matishga va ularning izchilligini eslab qolishga yordam beradi.
Katta guruh bolalari. bilan ishlashda ta'limning og‘zaki usul- lari alohida o‘rin tutadi.Tarbiyachining og‘zaki ko‘rsatmalari bolalar faoliyatini yo'naltiradi va rejalashtiradi. U bolalarning qobiliyatini hisobga olib, beradigan savollarini bolalar tomonidan bitta masalaning o'zini yechishning tui"li usullarini izlab topish istagini paydo qilib, ularda mustaqillik va topqirlikning namoyon bo'lishiga olib boradi: yana qanday bajarish mumkin, tekshirib ko‘rish, takror aytib berish va hokazo
Mashg'ulotlarning birida bir xil matematik boglanishlar va munosabatlarni xarakterlash uchun har xil ifoda qilish usullarini qidirib topish o'rgatiladi. Bunda tarbiyachi goh bir boladan, goh boshqasidan nima ish qilayotganini, qanday va nima uchun shunday qilayotganini so'rab boradi. Topshiriq bajarilgandan so'ng bolalar nimani qanday qilganl klan va natijada nima hosil bo'lgani haqida hisob beradilar.
Bolada biror harakatni bajarish ko'nikmasi hosil bo'lgan sari unga dastlab nimani qanday qilish (predmetlar qatorini tuzish va boshqalar) kerakligi haqidagi o‘z taxminini aytishni, undan keyin esa amaliy harakatlarni bajarishni taklif qilish mumkin. Bolalarga topshiriqni bajarishning usul va tartiblarini rejalashtirish ana shu tarzda o‘rgatiladi.
Bolalar bir xil turdagi topshiriqlar turli xil usullarda bajarilishi munosabati bilan ko‘p marta takrorlash natijasida to‘g‘ri tuzilgan iborani o‘zlashtirib olishga erishiladi.


  1. Download 2.5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling