O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi м. E. Jumayev bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi


Download 2.5 Mb.
bet22/84
Sana27.10.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1727729
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   84
Bog'liq
12bolalardamatematikpdf

ояв в I
И И И



3




ООО

3




•••













л






  1. §. Atrof-muhit va joyni bilish

0‘rta guruhda bolalar u yoki bu narsalarning yuqorida, pastda, oldinda, orqada, chapda, o‘ngda jadallashganligini aniqlay olishni o‘rganishi kerak. Fazoviy yo‘nalishlami farq qilishda taqqoslashni aniqlash asos bo'lib xizmat qiladi. 0'quv yili boshida bolalarning atrof-muhitga munosabati qay darajada ekanligi tekshirib ko'riladi va bu ko'nikma mustahkamlanadi,
0‘ng va chap qo'lni farq qilish mashqlariga katta e'tibor beriladi, chunki chap hamda o'ng nima ekanini bilish mazkur yoshdagi bolalar uchun ancha qiyinlik qiladi: qo'l bilan old tomonni, orqa tomonni, yuqorini, pastni, chapni, o'ngni ko'rsa- tish ko'nikmalari mustahkamlanadi.
Narsalarning fazoviy joylashuvini belgilash. Bolalarni turgan joylariga nisbatan, oldinga, orqaga va shu kabi yo'nalishlarni ko'rsatishga o'rgatib bo'lgach, ularga narsalar o'zlarining qaysi tomonlarida turganligini (oldinda, oldi tomonda, orqa tomonda, orqasida, chapda, o'ngda, yuqorida, pastda) aniqlashni mashq qildirishga o'tish mumkin. Awal bolalarga ularning qarama-qarshi tomonlarida, oldinda—orqada, o'ngda—chapda turgan faqat ikkita o'yinchoq yoki buyumning joylashish o'rnini aniqlash taklif qilinadi. Keyinchalik bu narsalarning soni 4 tagacha ko'paytiriladi. Narsalar oldin boladan unchalik uzoq bo'lmagan masofada („yonida") joylashtiriladi. Asta-sekin bu masofa orttirib boriladi.
Bola narsalarning turgan joyini aniqlab bo‘lgandan so'ng unga chap va o'ngga (90°), keyin esa orqaga (80°) aylanish taklif qilinadi. Keyinchalik bu narea bolalarga narsalar o'zlarining qaysi tomonlarida joylashganini aniqlashda nisbiylik borligini tushunib olish imkonini berad i. Bola chapga burilsa, stol endi uning chap tomonida emas, balki o'ng tomonida bo'ladi. Bolalarning harakatlari va joydan- joyga o'tishi bilan bog'liq bo'lgan mashqlar eng samarali mashqlardir.
Narsalarning mashqlari mashg'ulotlarda ham, kundalik hayotda ham amalga oshiriladi. „Nima qayerda turibdi, top?“, „Kim ketdi va u qayerda turgan edi?“ kabi didaktik o'yinlar o'tkazishga katta ahamiyat beriladi.
Bolalar asosiy fazoviy yo'nalishlarni farq qilish va nomini aytishni bilib olganlaridan keyin ularni ko'rsatilgan yo'nalishda harakat qilishga o'rgatiladi. Buning uchun awal „Qayerga borasan.
nima topasan?" o‘yinidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu o‘yinning maqsadi bolalarga asosiy fazoviy yo‘nalishlarni amaliy farq qilishni va belgilashni mashq qildirishdir.
Tarbiyachi bolaning turadigan joyini (oldinda, orqada, chapda, o‘ngda) taxminiy hisobga olib, xonaning turli joyiga o‘yinchoqlami yashirib qo‘yadi. Masalan: bola parda (ko‘chma pardacha) orqasidagi ayiqchani va qalamni tokchaga yashirib qo‘yadi va hokazo.
Tarbiyachi bolalarga topshiriqni tushuntirib: „Bugun sizlar yashirib qo‘yilgan o‘yinchoqlarni topishni o‘rganasizlar“, — deydi va bir bolani chaqirib: „Oldinga yursang ayiqchani topasan, orqaga yursang qalamni topasan. Sen qayoqqa borishni istaysan va u yerdan nima topasan?“, — deydi.
Bola yo‘nalishni tanlab olishi, uning nomini aytishi va shu yo'nalishdaborishi kerak. U o‘yinchoqni topgach, qaysi o‘yinchoqni va qayerdan topganini aytadi. („Men orqaga yurdim va tokchadan qalamni topdim“).
Uzoqroq“, „yaqin,,uzoq“ so‘zlari haqida tasawur hosil qilish. Bolalar „yaqinroq“, „uzoqroq“, ,,yaqin“, ,,uzoq“ so‘zlari haqidagi tasavvurlarga o‘yinchoqlar va narsalar bilan u yoki bu ishlarni bajarish davomida ega bo‘ladilar. „Kimning koptogi uzoqroqqa yumaladi?, Qani, kim uzoqqa otdi?“ — kabi savollar bolalar e’tiborini masofaga jalb etadi. Ular yaqinroq, uzoqroq, yaqin, uzoq kabi so‘zlarning ma’nosini asta-sekin o‘zlashtira boradilar.

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling