O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi м. E. Jumayev bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi
Narsalarning shakllarini geometrik namunalar bilan solishtirib ko‘rish
Download 2.5 Mb.
|
12bolalardamatematikpdf
Narsalarning shakllarini geometrik namunalar bilan solishtirib ko‘rish. 0‘rta guruhda bolalarni narsalarning shakllarini geometrik namunalar bilan solishtirib ko‘rishga katta ahamiyat beriladi. Bolada u yoki bu narsaning shakli qaysi geometrik figuraga yoki geometrik figuralarning qaysi birikmasiga to‘g‘ri kelishini ko‘ra olish qobiliyati o‘stiriladi.
Bolalar oldin geometrik figuralarni ularga o‘xshash shakldagi narsalar bilan solishtirib ko‘rishni mashq qiladilar. Ular figuralarning modellariga mos narsalarni tanlab oladilar. Geometrik figuralarni boshqa narsalardan ajratib olishga, ularga namuna ma’nosini berishga mana shunday qilib erishiladi. „Xuddi mana shunday shakldagi narsani top“, „Men aytgan narsani top“ va boshqa shu kabi o‘yin mashqlari o‘tkaziladi. Bolalar narsalarning shakllarini geometrik namunalar bilan bevosita taqqoslashdan ularning shakllarini so‘z bilan ta'riflashga o‘tadilar. Mashqlar uchun avval oddiy shaklda bo‘lgan detallari yo‘q narsalar tanlab olinadi. Bir turdagi (har xil shakldagi geometrik figuralar, taxtachalar va shu kabilardan) va har xil turdagi narsalar (kvadrat shaklli ro‘mcl, to‘g‘ri burchakli sharfcha, uchburchakli ro‘mol, galstuk)dan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bolalar ko‘rsatilgan shakldagi narsalarni (4-5 dona ichidagi) tanlab oladilar; tegishli shaklga ega boilgan narsalar tasvirlangan rasmlarni tanlab oladilar; jadvalda qaysi shakldagi narsalarning rasmi chizilganligini aytadilar. Keyinchalik ularga xonaning ma’lum joylaridan aytilgan shakldagi narsalarni topish („Qarangchi, tokcha ustida qutiga o‘xshash narsalar bormikan?") taklif qilinadi. „Guruh xonasi bo‘ylab sayohat“, „Yashirilgan narsani top“ kabi o‘yinlar o‘tkaziladi. Narsalarni sezish harakat tuyg‘usi bilan tekshirib chiqish usullaridan muntazam ravishda foydalaniladi. Bolalar narsalar hajmi atrofidan qoMarini yurgizib chiqadilar va uni ushlab ko‘radilar. Masalan, bolalarga quyidagi savollarni berish mumkin: „Ro‘mol- chaning uchburchak, likopchaning esa doira shaklida ekanligini qanday bildingiz?“, „Narsalar bir-biriga qaysi tomonlari bilan o‘xshash?“. Bolalar shakl belgilariga qarab xulosa qiladilar. Yil oxiriga borib ularga 2-5 qismdan iborat bo'lgan narsalarning (chinnigul o‘yinchog‘i, mashina va boshqalarning) shaklini ta’riflab berish topshiriladi. Bolalarda narsalarning shaklini ko‘z bilan chamalab, qismlarga ajratish yoki qismlardan predmetni qayta tiklash ko‘nikmalarini o‘stirish maqsadida mashg‘ulotlardan tashqari vaqtda o‘yin mashqlari o'tkaziladi. Buning uchun rasmga qarab maket yasaladi, turli kubiklardan, kesma rasmlardan, o‘yinchoqlar (qo‘ziqorin, mevalar)dan, „Narsani uning qismlariga qarab top“ va shu kabi o‘yinlardan foydalaniladi. «««•«« Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling