O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi м. E. Jumayev bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi


§. Matematik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish


Download 2.5 Mb.
bet7/84
Sana27.10.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1727729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   84
Bog'liq
12bolalardamatematikpdf

§. Matematik tushunchalarni shakllantirish
va rivojlantirish


Birinchi mashg‘ulotlardanoq kichik guruh bolalarida o‘quv faoliyati ko‘nikmalari shakllantiriladi. Kichkintoylar o‘z o‘rinlarini egallashga, tinch o‘tirishga va tarbiyachining taklifi bilangina o‘rinlaridan turishga o‘rgatiladi. Bola pedagog (tarbiyachi)ning ko‘rsatma va tushuntirishlarini tinglashga, ko‘rsatayotgan narsasini idrok etishga va uning aytganlarini bajarishga, savollarga javob berishga o‘rganishi kerak.
Kichkintoylarda birgalikda shug‘ullanish, bir-birlariga xalaqit bermaslik, ishni bir vaqtda boshlash va tugatish, zarur bo‘lib qolganida o‘z navbatlarini sabr bilan kutish ko‘nikmalari tarbiya- lanadi. Pedagog (tarbiyachi) odobli, xulqi namunali bolalarni maqtaydi va ulaming bu fazilatlari nimada ekanligini aniq tushuntirib beradi.
Yosh bola gavdasini uzoq vaqt bir xil holatda saqlay olmaydi, bir xil ishni uzoq vaqt bajara olmaydi, shuning uchun tarbiyachi bolalarning qisqa muddatli dam olishlariga imkon beradi. „Jim o‘tir“, — deb ularni tergayvermaydi va boshqalar.
Kichik guruhda bolalar tarqatma material bilan ishlashning dastlabki ko‘nikmalarini egallaydilar. Didaktik material har bir bolaga alohida qutichada, alohida to‘plami bilan beriladi. Mashg‘ulot boshlangunga qadar u bolalar qo‘lida bo‘lishi kerak, ana shunda bolalar diqqatini o‘rganilayotgan narsalarga jalb etish osonroq bo‘ladi. Bolalarning foydalanishlari qulay bo‘lishi uchun o‘yin- choqlar va boshqa buyumlar haddan tashqari kichkina hamda og‘ir boNmasligi kerak. Kichkintoylar qo‘llanmalarni ehtiyotlik bilan ishlatishga, ishlatib bo‘lgandan keyin esa qutichaga terib, ko‘rsatilgan joyga olib borib qo‘yishga o‘rgatiladi.
Ill BOB
ILK YOSHDAGI GURUH BOLALARIGA
BUYUMLARNING SHAKLI, O‘LCHAMI, MIQDORI
MUNOSABATLAR1 HAQIDA TU
SHUNCHA BERISH VA
MATEMATIK TUSHUNCHALARINI RIVOJLANTIRISH


  1. §. Miqdor

Ikkinchi guruh bolalari bilan ishlashni narsalarning sifat belgilarini ajratib ko‘rsatish mashqidan boshlash maqsadga muvofiqdir. Narsalami aytilgan belgilariga qarab tanlash va guruhlarga ajratish vazifalarini berish ayniqsa foydalidir.
Topshiriq variant lari


  1. Download 2.5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling