O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi м. E. Jumayev bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi
Download 2.5 Mb.
|
12bolalardamatematikpdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashgulotning borishi.
Maqsad. Bolalarning I dan 5 gacha boMgan sonlarning hosil boMishi haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash; to‘g‘ri va teskari tartibdagi sonlar (2—1 dan katta, 1—2 dan kichik va hokazo) o'rtasidagi aloqalar haqidagi tushunchalarni rivojlantirish; 5 ichidagi sonlarni sanash va sanab ajrata bilish malakalarini mustahkamlab borish predmetlarni paypaslab sanashni mashq qildirish; balandligi bo‘yicha 5 ta narsa o‘rtasidagi nisbatlami aniqlay
bilish ko‘nikmasini mustahkamlash; eng baland (eng past) balandroq, yanada balandroq, pastroq, yanada pastroq, sal balandroq — so‘zlarini qo‘llash. Mashg'ulotning borishi. Pedagog (tarbiyachi) bolalarga hozir hammalari birgalikda g‘ishtchalardan zinapoya yasashlarini aytadi. U bolalardan birini chaqirib 1 ta g‘isht olib kelishni buyuradi. Bu zinapoyaning pastki pog‘onasi. U navbat bilan yana 4 ta bolani chaqiradi. Har safar keniygi pog‘ona (yuqoriga) balandroq boMishi uchun nechta g‘ishtcha olib kelish kerakligini aniqlashtiradilar. Bolalar kerakli sonda g‘ishtcha olib kelib, ularni bir-birining ustiga qo‘yadilar hamda nima qilganliklari, nechta g‘isht olib kelganliklari haqida gapirib beradilar. Har safar yangi pog‘ohaning balandligini oldingisi bilan solishtiradilar. Zinapoya tayyor bo‘lgach, har bir pog‘ona uchun nechta g‘isht sarf bo‘lganini aniqlaydilar. Hamma bolalar birgalikda (yoki tarbiyachi chaqirgan bolalar) g‘ishtchalarni sanaydilar. Qo‘shni pog‘onalar uchun ketgan g‘ishtchalar sonini solishtiradilar. Zinapoya tayyor bo‘lgach, qaysi pog‘ona baland, qaysinisi past ekanligi yaqqol ko‘rinadi. 1,2, 3 va hokazo sonlar solishtiriladi. Pedagog (tarbiyachi) pog‘onalar balandligini solishtirishga o‘tadi, bolalardan eng baland hamda eng past pog‘onalarni ko‘rsatishlarini so‘raydi. Bolalarga quyonchalar bilan birgalikda zinapoyadan chiqishini va pog‘onalaming baland-pastligini aytib: „Eng past, balandroq, yanada balandroq, eng baland, past, pastroq, yanada pastroq, eng past“ — pastga tushishni so‘raydi. „Hammasi bo‘lib nechta pog‘ona bor?“ ekanligini aytishlarini taklif etadi. So‘ngra bolalarga zinapoya nechta bo‘lsa, shuncha quyoncha olib kelishni, har bir pog‘onaga 1 tadan o‘yinchoq qo‘yishni buyuradi. Bolalar quyonchalar va pog‘onalar sonini solishtiradilar. Pedagog (tarbiyachi) bolalar bilan doiraga turib: „Chap tomonga ketdik, ketdik, ketdik...“ — deydi. Tarbiyachining o‘ng tomonida turgan bola unga kartochkasini uzatadi, o‘zi esa o‘ng tomonidagi qo‘shnisidan kartochkani oladi va hokazo. Kartochkalar asta-sekin doira bo‘ylab uzatiladi. Bolalar ,,To‘xtang“ ishorasiga binoan kartochka uzatishni to‘xtatib, kartochkani orqalariga yashiradilar hamda paypaslab undagi tugmachalarni sanaydilar. „Kimda 2 ta tugmacha? Kimda 3 ta tugmacha bor?“ — deb so‘raydi tarbiyachi. Bolalar kartochkalami ko‘rsatadilar. Sonlar tartib bilan, shuningdek tartibsiz ham aytilishi mumkin. 0‘yin 2—3 marta takror- lanadi. 4- mashg‘ulot Maqsad. Bolalarni oval shaklidagi shakllar bilan tanishtirish; doira va oval shaklidagi figuralarni farq qila bilishga, oval shakl ifodasini qo'llay bilishga o‘rgatish; predmetlami sanash va sanab ajratish malakalarini mustahkamlab borish; eng katta, kichik, kattaroq, kichikroq so‘zlarini qo‘llab predmetlar o‘lchamining kichiklashish va kattalashish tartibi bilan qo‘ya bilish ko‘nikmasini mustahkamlash. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling