O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi м. E. Jumayev bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi


Predmetlarning o‘Ichamlarini taqqoslashga o‘rgatish


Download 2.5 Mb.
bet18/84
Sana27.10.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1727729
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   84
Bog'liq
12bolalardamatematikpdf

Predmetlarning o‘Ichamlarini taqqoslashga o‘rgatish. Birinchi faslda va ikkinchi fasl boshida narsalaming o’lchamlarini taqqoslashni mashq qildirish uchun mashg'ulotlarning oz qismi ajratiladi, bunda mashg'ulotlar sanashri o‘rgatish ishi bilan boshlanadi. Mashq- larning maqsadi — o'lchamlari har xil va bir xil bo'lgan 2 narsani uzunligiga, eniga, balandligiga, qalinligiga va umumiy hajmiga qarab ustma-ust va yonma-yon qo'yish hamda ko‘z bilan chamalash usullaridan foydalanib taqqoslash ko'nikmasini mustahkamlashdir.
Pedagog namoyish qilinadigan materialning narsalari hajmi o'rtasidagi farqni 5-4 sm. gacha, tarqatma materialda esa 3-2 sm. gacha asta-sekin qisqar.irib boradi. Bolalar doim uchratib turadigan narsalar: harflar, tasrrialar, taxtachalar, qog'oz varaqlari, quti- chalar, minorachalar, qalamlar va boshqalardan foydalaniladi.
Tarbiyachi bolalarga turli kattalikdagi predmetlarni yonma- yon, ustma-ust qo'yish usullaridan qanday foydalanish kerakligini eslatadi.
Bolalar narsalaming katta-kichikligini ko‘z bilan chamalab, ulami yonma-yon qo'yib, o‘z taxminlari qanchalik to‘g‘ri ekanligini tekshiradilar.
Ular nutqida faqatgina narsa o'lchamlarining munosabatlari (,,uzunroq-qisqaroq“ va boshqalar) emas, balki bu munosabatlarni aniqlash usullari ham o‘z aksini topishi kerak. Bolalarga quyidagi savollarni berish foydali „Qaysi tasma enliroqiigini qanday bilish mumkin? Ulami qanday qilib yonma-yon qo'yish kerak? Havo rang sharfcha oq sharfchaga qaraganda enliroq ekanligini qanday bilsa bo‘ladi?“ va hokazo. Bolalar tegishli taxminiy harakatlardan birmuncha ongli ravishda foydalanadilar.
Bolalarni birdaniga 2 o‘lchovni—uzunlik va kenglikni ko'rib chiqib, predmetlar o'lchamini taqqoslashga va tahlil qilishga o'rgatishga birinchi marta kirisha boshlaydi.
O‘rta guruhda yassi narsalaming uzunligi va kengligini taqqoslash bilan cheklaniladi. Uzunlik yoki kenglik bir-biridan faqat uzunligi yoki kengligi bilan farq qiladigan har xil katta-kichiklikka ega bo‘lgan 2 narsani taqqoslash natijasida aniqlanadi.
Bu ishni amalga cshirishda harakat vositasidan keng foyda­lanish, masalan, narsalaming uzunligini taqqoslashda qo'lini ular- ning bo‘yi bo'ylab yurgizish, kengligini taqqoslashda — ko'nda-
langiga, balandligini taqqoslashda esa narsa ostidan to yuqori chekkasigacha, ya'ni qo‘lni pastdan yuqoriga yurgazishni taklif qilish zarur. Bolalar diqqati qaysi narsa bo‘ylab—uzun narsa bo‘yichami yoki qisqa narsa bo‘yicha „uzoqroq yuguradi“, ana shunga jalb etiladi. Bolalar qo‘llarini ikki tomonga yozib yoki barmoqlarini kerib narsaning uzunligi (kengligi va hokazo) qanday ekanligini ko‘rsatadilar. Tarbiyachi ularning diqqatini qo‘llar yoki barmoqlar orasining ochilish darajasiga: katta ochilganligiga, ozgina, sal-pal ochilganligiga jalb etadi. Harakat vositalaridan foydalanib, bolalarning narsalar o‘lchamini aniqroq idrok etishlariga xizmat qiladi.
Bolalar narsalarning uzunligi va kengligini taqqoslaydilar, kengligi teng, lekin uzunligi har xil narsalarni, uzunligi teng bo‘lsa ham kengligi teng bo‘lmagan narsalarni, uzunligi va kengligi teng narsalarni topadilar.
Mazkur ish uchun 3 ta maxsus mashg‘ulot bag‘ishlanadi. Mana shu mashg‘ulotlarda parallel ravishda ,,Dastur“ning boshqa bo‘limlari (,,Kattalik“, ,,Shakl“) ham mustahkamlanadi.


  1. Download 2.5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling