O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi м. E. Jumayev bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi


Turli vositalar (eshitish, sezish, harakat) yordamida idrok etiladigan to‘plamlarni sanash


Download 2.5 Mb.
bet17/84
Sana27.10.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1727729
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   84
Bog'liq
12bolalardamatematikpdf

Turli vositalar (eshitish, sezish, harakat) yordamida idrok etiladigan to‘plamlarni sanash. Ko‘rib idrok qilish (aniq ko‘rsatilgan to‘plamlar) bilan bir qatorda, bolalarga eshitib, ushlab ko‘rib hisobini olib borishga o'rgatish muhim ahamiyatga ega. Tovushlami, harakatlarni hisoblash, ushlab ko‘rib sanash faoliyatini umumlash- tirish uchun xizmat qiladi, uni bolalarning turli sharoitlarda mustaqil qo‘llanishlari uchun shart-sharoit yaratiladi.
Musiqa asboblari ushlab ko‘rib sanash va tovushlarni sanash mashqlarini bolalarga ko ‘zlarini yummasdan bajarish taklif qilinadi. Bu mashqlarni ko‘z yumib bajarish bolalarni sanashdan chalg‘itadi. Tarbiyachi bolalarning qo‘l harakatlarini ko‘rmasdan faqat eshitishlari uchun tovushlarni parda orqasida turib hosil qiladi.
Bolalar xaltachalarga solib qo‘yilgan narsalarni paypaslab sanab chiqadilar. Buning uchun turli xil qo‘llanmalardan foydalaniladi. Masalan, kartochkalardagi tugmachalarni, taxtachadagi teshiklarni, xaltacha ichidagi yoki salfetka tagidagi o‘yinchoqlarni va hokazolarni sanash mumkin. Binobarin, tovushlar ham turli
xil musiqa asboblari yordamida hosil qilinadi. Topshiriqlarning xilma- xil bo‘lishi bolalardagi qiziqishni bo‘shashtirmay saqlab turadi.
Bolalarga harakatlami hisoblashni mashq qildirishda harakatning ko‘rsatilgan miqdorini namuna bo‘yicha yoki aytilgan songa qarab takrorlash taklif qilinadi: „Boltacha bilan necha marta urilgan bo‘lsa, shuncha marta taqillat“, „To‘rt marta o‘tirib tur“. Tarbiyachi bolalarga o‘ng (chap) oyoq bilan depsinish, chap (o‘ng) qo‘lni ko‘tarish, oldinga engashish va shu kabi harakatlarni taklif qilib, harakat- larning xususiyatini asta-sekin murakkablashtirib boradi. Biroq, to‘rt yashar bolalarga haddan tashqari murakkab harakatlarni taklif qilmaslik kerak, chunki bunday harakatlar kichkintoylar diqqatini hisoblashdan chetga tortadi.
Turli vositalar yordamida idrok etilgan to‘plamlar taqqosla- nadi, bu narsa vositalar o‘rtasida o‘zaro aloqa paydo bo‘lishiga yordam beradi va son haqidagi bilimlarni umumlashtirishni ta'minlaydi. Masalan, bolalarga ular qancha tovush eshitgan bo‘lsalar, kartochka ustida qancha tugma bo'lsa yoki qancha o‘yinchoq turgan bo‘lsa, shuncha marta qo‘l ko‘tarishlari taklif qilinadi.
Bu ish narsalarni sanab ajratish mashqlari bilan birga olib boriladi va ko‘pincha ular bilan bog‘langan holda o‘tkaziladi.


  1. §. Kattalik


Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling