I
Ijara – (arab) – mustaqil xo‘jalik yuritish yoki boshqa biror faoliyatni amalga oshirish maqsadida yer, suv, korxona va boshqa mulkka egalik qilish hamda vaqtincha foydalanish uchun to‘lanadigan muayyan haq. I. mulkka egalik huquqini o‘zgartirmaydi.
Ijara – ijarachi bilan ijaraga oluvchi o‘rtasida tomonlarning teng huquqliligi shartnomasi asosida tuzilgan kelishuv, shartnoma. ISh quyidagilarni ko‘zda tutadi;
ijaraga olinayotgan mulk tizimi va qiymatini; 2) ijara to‘lovi miqdorini; 3) ijara muddatini; 4) ijaraga berilgan mulkni ta’mirlash va to‘la tiklash bo‘yicha tomonlar majburiyatini; 5) mulkni shartnomada kelishilgan holda ijarachiga yetkazishni.
Ikkiyoq- – bu xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobining schyotlarida qayd lama yozuv qilish usulidir. Bunda har bir xo‘jalik operatsiyasi bir vaqtning o‘zida
ikki marta ikkita schyotda aks ettiriladi.
Import – mahsulotni xorijiy sheriklardan sotib olish va mamlakatga olib kirish. operatsiyalari
Import – (lat.importo–kiritaman)– 1) mamlakat ichiga foydalanish yoki sotish
uchun chetdan olib kelingan xorijiy mahsulotlar; 2) kapital I.–
xorijdan mamlakatga kelayotgan kapital (kredit, zayom va boshqa);
3) chetdan olib kelingan mahsulotlarning umumiy soni va qiymati.
Inventa- – bu korxonada qanday mablag‘lar borligini va uning hisob ma’lumotlar
rizatsiya bilan to‘g‘ri kelishini tekshirish hisoblanadi. Inventarizatsiyaning
asosiy maqsadi bo‘lib, buxgalteriya hisobi va nazorat ko‘rsat-
kichlarining ishonchliligini ta’minlash hisoblanadi. Inventarizatsiya
qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.
Investitsiya – (nem.investitlion, lat. investere–kiyintirmoq)–investor tomonidan biror
bir faoliyatni amalga oshirish uchun kapital mablag‘larni, sarmoyalarni
joriy qilish, foyda olish maqsadida sarf qilish. I. mamlakat ichida
(ichki investitsiya) va xorijiy mamlakatlarda (tashqi investitsiya)
amalga oshirilishi mumkin. Moliya I.si–qimmatbaho qog‘ozlarni xarid
qilish, pul mablag‘larini jamg‘arish va boshqalarni, real I.- moddiy
ishlab chiqarishga sarflangan sarmoyalarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |