O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


-m o d d a. Buxgalteriya hisobi registrlari


Download 0.53 Mb.
bet131/145
Sana22.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1286694
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   145
Bog'liq
195ZPnZOCenxEeQeOox6bzWyCkhoXF1V

10-m o d d a. Buxgalteriya hisobi registrlari

Buxgalteriya hisobi registrlari ikkiyoqlama yozuv qoidalariga muvo-fiq yuritiladigan jurnallar, qaydnomalar, daftarlar, tasdiqlangan blankalar (shakllar)dir.


Registrlar texnika vositalaridan foydalanishda olingan mashinogram-ma ko‘rinishidagi yozuvlar yo‘li bilan, shuningdek, magnit tasmalari, disklar, disketlar va boshqa mashinalarda bajarilishi mumkin. Registrlarni shakllantirish tartibi buxgalteriya hisobi standartlari bilan belgilanadi.


Buxgalteriya hisobi registrlariga tasdiqlanmagan tuzatishlarning kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.




11-m o d d a. Aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish

Buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining to‘g‘riligi hamda aniqligi aktivlar va majburiyatlarni majburiy suratda inventarizatsiya qilish orqali tasdiqlanadi. Inventarizatsiya obyektlari, uni o‘tkazish tartibi va muddatlari inventarizatsiya bo‘yicha buxgalteriya hisobi standartiga muvofiq belgilanadi.




12-m o d d a. Aktivlar va majburiyatlarni baholash

Oborot aktivlarni baholash quyidagi ikki bahoning eng pasti bo‘yicha – balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarxi bo‘yicha – (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) yoki bozor bahosi bo‘yicha (sof sotish qiymati) amalga oshiriladi.


Asosiy mablag‘lar va nomoddiy aktivlar ularning to‘liq boshlang‘ich qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Asosiy mablaglar va nomoddiy aktivlar qiymatini hisobdan chiqarish ularning qiymati to‘liq to‘langunga yoki obyekt safdan chiqib ketgunga qadar bo‘lgan eskirishini (amortizatsiyani) hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Amortizatsiya ajratmalari obyekt foydalanishga topshirilganidan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi. Yerning qiymati amortizatsiya qilinmaydi.


Moliyaviy qo‘yilmalar buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq hisobga olinadi.


Majburiyatlar taraflarning kelishuviga ko‘ra pul bilan aks ettiriladi. Sud qarori bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlar tegishli summada


aks ettiriladi.


Potensial majburiyatlar dastlabki haqiqiy bahosi bo‘yicha aks ettiriladi.


Buxgalteriya hisobi milliy valuta – so‘mda kiritiladi.



254


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling