O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


IV BO‘lIM ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY


Download 0.53 Mb.
bet32/145
Sana22.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1286694
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   145
Bog'liq
195ZPnZOCenxEeQeOox6bzWyCkhoXF1V

IV BO‘lIM


ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY
AKTIVLAR HISOBI


4.1. ASOSIY VOSITALARNING IQTISODIY MAZMUNI HAMDA ULARNING TURKUMLANISHI


Asosiy vositalar – deb, o‘zining tabiiy ko‘rinishini uzoq muddat saqlab turadigan, asta-sekin eskiradigan va ishlab chiqariladigan mahsulot qiymatiga o‘z qiymatini o‘tkazadigan mehnat vositalariga aytiladi.

Asosiy vositalarga 1-yildan ortiq muddatda foydalanishda bo‘la-digan, natural ko‘rinishini o‘zgartirmay ishlab chiqarish va noishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat foydalanishda bo‘ladigan mehnat vositalari kiradi. Obyektlarni asosiy vositalar qatoriga o‘tkazish tartibi va uning tarkibi 5-Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BXMS) asosida tartibga solinadi.


Asosiy vositalar quyidagi tarmoqlar va faoliyat turlariga bo‘linadi:





  1. Sanoat




  1. Qishloq xo‘jaligi




  1. Transport




  1. Aloqa




  1. Qurilish




  1. Savdo va hokazolar

Belgilangan tipli tasniflashga binoan asosiy vositalar turlari bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:


I. Yer va uni obodonlashtirish





  1. Binolar III. Inshootlar

IV. Uzatuvchi moslamalar

V. Mashina va asbob-uskunalar Shu jumladan:


a) kuch mashinalari va asbob-uskunalar; b) ish mashinalari va asbob-uskunalar;


d) o‘lchov va tartibga keltiruvchi priborlar, moslamalar, laboratoriya


asbob-uskunalari;


e) hisoblash texnikasi;



3 – Buxgalteriya hisobi 65



  1. boshqa mashina va asbob-uskunalar; VI. Transport vositalari

VII. Instrumentlar


VIII. Ishlab chiqarish inventarlari va ashyolari IX. Xo‘jalik inventarlari


X. Ish va mahsuldor hayvonlar XI. Ko‘p yillik o‘simliklar


XII. Yer holatini yaxshilash bo‘yicha kapital sarflar (inshootlardan


tashqari)


XIII. Boshqa asosiy vositalar




Yer amaldagi qonunchilikka binoan korxonaga mulki tarzida berilgan yer maydonidir. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 17-moddasiga binoan, «Yuridik shaxslar Yer kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishlari mumkin». Yerning qiymatiga uni xarid qilishda ko‘chmas mulk agentliklariga to‘lanadigan komission to‘lovlar, advokatlik xizmati uchun haq, xarid qilishdagi soliq to‘lovlari, drenaj qiymati, yerni tozalash va boshqa xarajatlar qo‘shiladi.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling