O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


Download 0.53 Mb.
bet34/145
Sana22.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1286694
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   145
Bog'liq
195ZPnZOCenxEeQeOox6bzWyCkhoXF1V

Transport vositalari kishilar hamda yuk va turli maqsadlardagi narsalarni tashishga mo‘ljallangan harakat vositalari (temiryo‘l, suv, avtomobil, kommunal transporti va muhim neft quvur yo‘llari)dir.


Asbob va uskunalar qo‘l mehnati jarayonida ishlatiladigan yoki ish qismlarini kuchaytirish, oshirish uchun mashinaga biriktiriladigan vositalar (elektrodrellar, vibratorlar)dir.


Ishlab chiqarish inventarlari ishlab chiqarish jarayonini yengil-lashtirishda ishlatiladi. Ularning tarkibiga bak, konteyner, inventar idishlari kiradi.


Xo‘jalik inventari idora (ofis) ishlarini va xo‘jalikni yuritishda zarur bo‘lgan mehnat vositalaridir.


Ish hayvonlari va mahsuldor chorva har bir yetilgan mol (ot, ho‘kiz, sigir)lar bo‘lib, alohida inventar obyekti sifatida hisobda aks ettiriladi.


Ko‘p yillik daraxtlar alohida xiyobon, park, bog‘dagi miqdori va yoshidan qat’i nazar ekilgan daraxtlar guruhidir.


Boshqa asosiy vositalarga kutubxona vositalari, ijaraga olingan asosiy vositalar, konservatsiyadagi asosiy vositalar va boshqalar kiradi.

67


4.2. ASOSIY VOSITALARNING BAHOLANISHI VA HISOB VAZIFALARI

Asosiy vositalar harakatdagi, zaxiradagi va foydalanilmaydigan obyektlarga u yoki bu korxonaga qarashliligi nuqtayi nazaridan kor-xonaning o‘ziga qarashli va ijaraga olingan obyektlarda bo‘ladi.


Asosiy vositalarni hisobga olishning zaruriy sharti bo‘lib ularni baholash yagona prinsipi hisoblanadi. Asosiy vositalar to‘rt xil baholanadi: (5-BHMA 11–14-bandlari).





  1. Dastlabki qiymati.




  1. Tiklash qiymati.




  1. Qoldiq qiymati.




  1. Tugatish qiymati.

Obyektlarning dastlabki qiymati – bu asosiy vositalarni qurish yoki sotib olish boyicha qilingan haqiqiy xarajatlar yig‘indisidir. Bunga to‘langan soliqlar, to‘lovlar, keltirish va montaj qilish, o‘rnatish, foyda-lanishga topshirish va boshqa xarajatlar kiradi.





Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling