Tiklash qiymati – asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarish qiyma-tidan, ya’ni ularni ma’lum muddatga harakatdagi bozor baholari bo‘yicha qurish yoki sotib olishdan iborat.
Asosiy vositalarning qoldiq qiymati – ularning dastlabki qiy-matidan eskirish summasining ayirmasiga teng.
Tugatish qiymati – asosiy vositalarning foydali xizmat muddati oxirida – tugatilishi natijasida tugatish bilan bog‘liq bo‘lgan, kutilayotgan xarajatlarni chiqarib tashlagandan so‘ng olinadigan aktivlarning taxminiy qiymati. Asosiy vositalar bo‘yicha buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:
asosiy vositalarning harakati bilan bog‘liq operatsiyalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirish hamda tegishli hisob registrlarida umum-lashtirish;
asosiy vositalarning eskirishi va amortizatsiya summalarini to‘g‘ri hisoblash;
asosiy vositalarning ta’mir mablag‘laridan to‘g‘ri va oqilona foy-dalanishni nazorat qilish;
asosiy vositalardan samarali foydalanishni nazorat qilish;
asosiy vositalarning xavfsizligini saqlashni nazorat qilish;
ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘la foydalanish hisobiga mahsulot ishlab chiqarishni oshirishning ichki zaxiralarini aniqlash.
Asosiy vositalarning harakatini hisobga olishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
OS–1 shakl. Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi. OS–2 shakl. Ta’mir qilingan, tiklangan va takomillashtirilgan
obyektlarning qabul qilish-topshirish dalolatnomasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |