O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


Download 0.53 Mb.
bet38/145
Sana22.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1286694
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   145
Bog'liq
195ZPnZOCenxEeQeOox6bzWyCkhoXF1V

To‘g‘ri chiziqli usul asosiy vositani foydali ishlatishning butun davri mobaynida eskirishning doimiy summalarini hisoblab yozishdan iborat.


Kamayib boruvchi qoldiq usuli bo‘yicha, muntazam hisoblab yozilayotgan summalar foydali ishlatish muddati davomida kamayadi.


Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblab yozish usuliga binoan amortizatsiya miqdori faqat asosiy vosita qancha marta ishlatilishiga yoki qancha mahsulot birligi ishlab chiqarilishi kuti-layotganiga bog‘liq bo‘ladi.


Kumulyativ usulda amortizatsiya summasi hisoblash koeffit-sientining maxraji bo‘lgan obyektning xizmat muddati yig‘indisi bilan aniqlanadi. Bu koffitsientning suratida obyektning xizmat muddati oxirigacha qoladigan yillar soni teskari tartibda ko‘rsatiladi.

Amortizatsiyani hisoblashda uning tugatilish qiymatiga e’tibor berish lozim. Agar boshqa summani ishonchli tarzda hisob-kitob qilish mumkin bo‘lmasa, asosiy vositaning qoldiq qiymati nolga teng bo‘ladi.




To‘g‘ri chiziqli usulda amortizatsiyani hisoblash. To‘g‘ri chiziqli usul deb tugatilgan qiymati ayrilgan asosiy vositalar obyekti qiymatini davrlar bo‘yicha foydalanish muddati davomida teng nisbatda hisoblash usuliga aytiladi. Amortizatsiya summasi amortizatsiyalanayotgan qiymatni (tugatish qiymati ayrilgan obyektning dastlabki qiymatini) ko‘zda tutilgan foydalanish davrlari soniga bo‘lish yo‘li bilan topiladi:

73


Yillik amortizatsiya

=

dastlabki qiymati–

/

xizmat qilish




summasi

tugatilish qiymati

muddati













Misol. «Imkoniyat» hissadorlik jamiyatida asosiy vositaga eskirish hisoblash bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud:


– asosiy vositaning balans qiymati – 50000 ming so‘m;


– tugatilish qiymati – 2000 ming so‘m;


– xizmat muddati – 5 yil.


Yillik amortizatsiya summasi = (50000–2000)/5= 9600 ming so‘m.





Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling