3. Korxonaning xo‘jalik mahsulotlarini o‘rnatish haqidagi o‘zaro kelishuvi
qanday shartnomada belgilanadi?
A. Hamkorlik shartnomasida
B. Xo‘jalik shartnomasida
C. Mehnat shartnomasida
D. Olib-sotish shartnomasida
Tayyor mahsulot nechanchi sonli BHMAga asosan tartibga solinadi?
A. 10-sonli BHMA B. 4-sonli BHMA C. 5-sonli BHMA D. 20-sonli BHMA
Omborda mahsulot harakati hisobvaraqlarda qanday yuritiladi?
A. Natura ko‘rsatkichlarida
B. Ulgurji bahosida
C. Miqdor ko‘rsatkichlarida
D. Chakana bahosida yuritiladi
Tayyor mahsulotlar analitik hisobi:
A. 10-qaydnomada B. 16-qaydnomada C. 12-qaydnomada
D. 11-qaydnomada yuritiladi
Sotish xarajatlari moliyaviy natijalarga o‘tkazilganda qanday provodka
beriladi?
A. D 9010 K 2010
B. D 9900
|
K 9410
|
C. D 9110
|
K 2810
|
D. D 9210
|
K 2810
|
8. Xaridorlarga jo‘natilgan tayyor mahsulotlarga QQS hisoblanganda qanday provodka beriladi?
A. D 6410
|
K 9220
|
B. D 6410
|
K 2810
|
C. D 6410
|
K 2010
|
D. D 4010
|
K 6410
|
9. QQS summasi budjetga o‘tkazilib berilganda qanday provodka beriladi?
A. D 4010
|
K 5110
|
B. D 6010
|
K 5110
|
C. D 5110
|
K 6410
|
D. D 6410
|
K 5110
|
10. Xaridorlarga yuklab jo‘natilgan mahsulotlar harakati qaysi qaydnomada yuritiladi?
16-qaydnomada
12- qaydnomada
10- qaydnomada
1- qaydnomada
BO‘LIM MAVZULARI YUZASIDAN
AMALIY MASHG‘ULOT
1- t o p s h i r i q.
Xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish korxonasi tayyor mahsulotlar omboriga 2007-yil yanvar oyida quyidagi tayyor mahsulotlar qabul qilindi:
1.3-yanvarda 1-sexda ishlab chiqarilgan 865 dona sirlangan kastrulka qabul qilindi. Ularning 1 donasining tannarxi 1785 so‘mni tashkil qildi.
2.7-yanvarda 2-sexdan zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan 10890 dona metall qoshiq tayyor mahsulotlar omboriga topshirildi. Ularning 1 donasining tannarxi 188 so‘m.
3.14-yanvarda 1-sexda ishlab chiqarilgan ro‘zg‘orda ishlatishga mo‘ljallangan oshxona pichoqlari yig‘indisi 540 komplekt tayyor mahsulotlar omborga topshirildi. 1 ta komplektning tannarxi 1986 so‘mni tashkil qildi.
Topshiriqni bajarish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar:
Xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish korxonasi tayyor mahsulotlar omboridan 2007-yil yanvar oyida quyidagi tayyor mahsulotlar xaridorlarga sotildi:
1.10-yanvarda 364-sonli yuk xati asosida 500 dona sirlangan kastryulka «Chilonzor» markaziy universal do‘koniga 1865 so‘mdan berildi.
2.10-yanvarda 364 – sonli yuk xati asosida 4500 dona metall qoshiq «Chilonzor» markaziy universal do‘koniga 192 so‘mdan berildi.
21-yanvarda 453-sonli yuk xati asosida 320 komplekt oshxona pichoqlari yig‘indisi «Chorsu» universal do‘koniga 2036 so‘mdan berildi.
Quyidagilarni bajarish talab etiladi:
Xo‘jalik muomalalariga buxgalteriya provodkalarini tuzish.
Hisobot davri davomida omborga tayyor mahsulotning kelib tushishiga buxgalteriya provodkalarini tuzish.
Xaridorlarga tayyor mahsulot yuklab jo‘natilganligiga buxgalteriya provodkalarini tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |