O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi
Download 0.53 Mb.
|
195ZPnZOCenxEeQeOox6bzWyCkhoXF1V
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo‘jalik shartnomasi
- 9.6. MAHSULOT SOTISHNI HISOBGA OLISH
- 9.7. QO‘SHIMCHA QIYMAT SOLIG‘INI HISOBGA OLISH
- Yuridik shaxslar deganda
Fronko-stantsiya jo‘natish – bunda mol yetkazib beruvchi to‘lov talabnomasiga faqat temiryo‘l tarifi va mahsulotni vagonga ortish xarajatlarini qo‘shadi.
Belgilangan stansiyagacha Fronko vagon – shunday narxki, bunda mol yetkazib beruvchi to‘lov talabnomasiga faqat temir yo‘l tarifi sum-masini qo‘shadi. Belgilangan stansiyagacha Fronko – bunda jo‘natish bo‘yicha barcha 159
hujjatlar temiryo‘l tarifi qo‘shilgan holda mol yetkazib beruvchi tomonidan to‘lanadi. Xo‘jalik shartnomasi – bu korxonaning xo‘jalik munosabatlari o‘rnatish haqidagi o‘zaro kelishuvidir. Shartnoma tomonlar majburiyati va huquqlarini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi. 9.5. MAHSULOT SOTISH BILAN BOG‘LIQ BO‘LGAN DAVR XARAJATLARINI HISOBGA OLISH Mahsulotlarni sotish uchun qator xarajatlar qilinadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ular korxonalarda sodir bo‘ladigan xarajatlarning asosiy salmog‘ini tashkil etadi. Shuning uchun ham mahsulot sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni to‘g‘ri, aniq va o‘z vaqtida hisobga olish har bir korxonaning moliyaviy natijalarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mahsulot realizatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni hisobga olish «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga asosan amalga oshiriladi. Ushbu Nizomga ko‘ra quyidagi xarajatlar mahsulot sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar tarkibiga kiradi: mahsulotni o‘rash, saqlash, ortish, joyiga tashish (agar bu xarajatlar xaridorlar tomonidan mahsulot narxidan tashqari alohida to‘lanmasa) me’yor chegarasida reklama xarajatlari, jumladan ko‘rgazmada, yarmarkada qatnashish bevosita xaridorga yoki vositachi tashklotlarga shartnomalar, bitimlar va shunga o‘xshash boshqa hujjatlarga muvofiq tekinga beriladigan, qaytarilmaydigan mahsulot namunalarining qiymati va shunga o‘xshash boshqa xarajatlar hamda bozordagi talab va taklifni, bozorga tovarlar chiqarishni, kuzatish xarajatlari me’yor chegarasida va boshqa yondan ortiq yuqorida sanab o‘tilmagan xarajatlar. Mahsulot sotish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olish va hisobdan chiqarishni sintetik schyotlarda quyidagicha aks ettirish mumkin:
160 9.6. MAHSULOT SOTISHNI HISOBGA OLISH Korxona mablag‘ining aylanish jarayoni mahsulot sotilishi bilan tugatiladi. Korxona faoliyatini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri bu tovar mahsulotining sotilishi ko‘rsatkichidir. Hisobot oyida mahsulot sotish bilan bog‘liq muomalalar bo‘yicha sotilgan mahsulot turlarining soni, mahsulot ishlab chiqarish tannarxi va sotishdan olingan moliyaviy natijani aniqlash buxgalteriya hisobining muhim vazifasi hisoblanadi. Respublika Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi sessiyasida tasdiqlangan va 1998-yil 1-yanvardan boshlab amalda qo‘llash uchun tavsiya etilgan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 10-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi Davlat Soliq Qo‘mitasining 1998-yil 4-yanvardagi «Korxona va tashkilotlarni soliqqa tortish tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida» xatiga binoan yuridik shaxslar daromadidan olinadigan soliq hisoblash usuliga ko‘ra amalga oshiriladi. Bunga ko‘ra korxona va muassasalar jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar yuzasidan ushbu mahsulot, ish va xizmatlar qiymatini to‘lash vaqti hamda haqiqatdan pul kelib tushishidan qat’i nazar jo‘natilgan mahsulot ish va xizmatlar qiymatidan davlat budjetiga soliq hisoblashlari va uni buxgalteriya hisobida o‘sha hisobot davrida aks ettirishlari lozim. Mahsulot uchun pul xaridorlardan hisob-kitob schyotiga kelib tushgan sanadan sotildi deb hisoblanadi. Mahsulotni sotishdan olingan daromadlar 9010-schyotda, tovarlarni sotishdan olingan daromadlar 9020-schyotda, bajarilgan va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar 9030-schyotda hisobga olinadi. Agar mahsulot (ish, xizmatlar) topshirish (jo‘natish) sotish amalga oshirilgan bo‘lsa, unda 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»dan foydalaniladi. Bu schyot aktiv bo‘lib, uning qoldig‘i buyurtmachiga topshirilgan lekin puli to‘lanmagan mahsulot, ish va xizmatlarning jo‘natish qiymati, kredit bo‘yicha oborot hamda hisobot oyida xaridorlar tomonidan to‘langan summani bildiradi. 11-jurnal orderning analitik ma’lumotlari bo‘yicha foyda summasiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi. D 9020 K D 9110 K 6 – Buxgalteriya hisobi 161 9.7. QO‘SHIMCHA QIYMAT SOLIG‘INI HISOBGA OLISH O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Davlat Soliq Qo‘mitasi 1997-yil 5-dekabrda ishlab chiqariladigan, sotiladigan tovarlar (ish, xizmat) bo‘yicha QQSni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida yo‘riq-noma ishlab chiqdi va 1998-yil 1-yanvardan amalda qo‘llash uchun tavsiya etdi. Mazkur yo‘riqnomada umumiy qoidalar soliq to‘lovchilar, soliqqa tortish obyektlari, soliqqa tortish oborotlarini aniqlash, korrek-tirovka qilish, soliq imtiyozlari, stavkalari hamda budjetga to‘lanishi kerak bo‘lgan QQS summasini aniqlash tartibi, schyot-faktura, soliqni to‘lash muddati va xarajatlarni taqdim qilish, soliq to‘lovchilarning mas’uliyati, soliq idoralarining nazorati batafsil bayon qilinadi. Yuridik shaxslar deganda – soliqqa tortish maqsadida mulkka ega bo‘lgan korxona, birlashma tashkilotlarning hamma turlari xo‘jalik yurituvchi yoki mulkni tezkor boshqaruvchi, bu mulkka o‘zining majburiyati bo‘yicha javob beruvchi hamda mustaqil balansga va hisob schyotiga ega bo‘lgan korxonalar tushuniladi. QQS 20% stavkada to‘lanadi. Budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan QQSning summasi sotilgan tovarlar, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisoblangani QQS summasidan, ishlab chiqariladigan va muomala xarajatlariga qo‘shiladigan tovarlar (ish, xizmat) qiymati uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan soliq summasining ayirmasiga teng. QQSning hisoblanishi va budjetga to‘lanishi schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling