O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi
Download 0.53 Mb.
|
195ZPnZOCenxEeQeOox6bzWyCkhoXF1V
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jo‘natilgan mol (tovar)lar
- 9.2. TAYYOR MAHSULOTNI BAHOLASH VA UNING NOMENKLATURASI
Ombordagi mahsulot deganda, ishlab chiqarishning barcha ishlov operatsiyalaridan o‘tib, texnika nazorati bo‘limi tomonidan omborga
154
benuqson deb qabul qilingan va asosan sotishga mo‘ljallangan tovar mahsuloti tushuniladi. Jo‘natilgan mol (tovar)lar deb, xaridorlarga yoki iste’molchilarga jo‘natilgan, lekin uning uchun xaridorlar tomonidan hali puli to‘lanmagan yo‘ldagi mahsulotga aytiladi. Mas’ul saqlashga qabul qilingan mol (tovar)lar deb, xaridorlarga jo‘natilgan tovar mahsulot har xil sabablarga ko‘ra (sifatiga ko‘ra xari-dorning talabini qondirmaydigan, xaridorlarga adashib borib qolgan, ya’ni bir korxonaning o‘rniga ikkinchi korxonaga shartnomadan tashqari borib qolgan tovarlar va shu kabilar) sotib olish uchun qabul qilinmay qolgan bo‘lishi mumkin. Bunday mahsulotni tegishli korxonalar o‘z javobgarligiga qabul qilib olib, darhol bu mollarni yuboruvchi korxonaga xabar qiladilar. Shuning uchun bunday mollar mas’ul saqlashga qabul qilingan mollar deb yuritiladi. Bunga qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmada qo‘yilgan tayyor mahsulotni ham kiritish mumkin. Chunki ko‘rgazmada qo‘yilgan tayyor mahsulot ham korxonada ishlab chiqarilgan va sotilishi kerak bo‘lgan mahsulotlardir. 9.2. TAYYOR MAHSULOTNI BAHOLASH VA UNING NOMENKLATURASI Mahsulot (ish, xizmat) odatda ma’lum bir qiymatda baholanadi va sotiladi. Baho – qiymatning puldagi ifodasi. Uning asosini u yoki bu mahsulotni tayyorlash bilan bog‘liq ijtimoiy zaruriy mehnat tashkil qiladi. Tayyor mahsulot (ish, xizmat)ning sotish qiymatini belgilashda «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMAdan foydalaniladi. 4-sonli BHMAning 7-bandiga binoan tayyor mahsulotlar eng kam bahoda baholanishi kerak: tannarxda yoki sof sotilish qiymatida. Hisobot davri oxirida mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tan-narxini aniqlash mumkin. Lekin mahsulotlarning ishlab chiqarilishi har kuni sodir bo‘ladi, shu sababdan mahsulotni joriy hisobda shartli baholash kerak. Tayyor mahsulotlarning tezkor hisobi ishlab chiqarish reja tannarxida yoki shartnoma bahosida yoxud chakana bahoda yuritiladi. Ushbu standartda mahsulot (ish, xizmatlar)ning sotilishi (21–22-bandlar) tartibi quyidagicha bayon qilingan: Materiallar va mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishda 155
foydalanadigan boshqa xomashyo, agar ulardan tayyorlangan mahsulot bozor (kundalik) narxida sotilsa, qiymatidan past narxda arzon-lashtirilmaydi. Biroq agar omborda mavjud bo‘lgan narxdagi materialdan tayyorlangan tayyor mahsulotning tannarxi sotish sof qiymatidan oshib ketsa, materiallar sotish sof qiymatigacha arzonlashtiriladi. Bunday vaziyatlarda materiallar qiymatini o‘lchashning mavjud shakllaridagi eng yaxshisi bo‘lishi mumkin. Sotishning sof qiymati – ishlab chiqarishni tugallash va mahsulotni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan butlash xarajatlarini chiqarib tashlagan holda TMZni sotishning hisob-kitob narxi sanaladi. Demak, mazkur BHMAdagi baholashga muvofiq, agar korxona ishlab chiqargan mahsulotining tannarxi mahsulotni sotish rejasidan yoki bozordagi joriy narxlaridan oshib ketsa, korxona o‘zining mahsulotini sotish sof qiymatigacha arzonlashtirishi mumkin. Lekin quyidagi hollarda tayyor mahsulot sotishning sof qiymatidan arzon baholanishi mumkin: zaxiralarni sotish narxi arzonlashganda; zaxiralarga zarar yetganda; d) zaxiralar to‘la va qisman eskirganda. Korxonalarda mahsulotning reja va haqiqiy tannarxini hisobot davri yakunida tartibga solish kerak. Haqiqiy tannarx hisobot davri oxirida aniqlanadi. Reja tannarx esa oldindan belgilanadi. Hisobot davri oxirida haqiqiy tannarx reja tannarxdan kam yoki ko‘p bo‘lishi mumkin. Tayyor mahsulotlar qaysi schyotlarda hisobga olingan bo‘lsa, og‘i-shishlar ham shu schyotlarda tejalgan bo‘lsa – qizil storno usulida, ortiqcha xarajat bo‘lsa – oddiy siyohda aks ettiriladi. Tayyor mahsulot harakati hisobini to‘g‘ri tashkil qilish korxona tomonidan ishlab chiqiladigan buyum turlari nomining ro‘yxati – nomenklaturasidan foydalanish katta ahamiyatga ega. Uni tuzish asosida tayyor mahsulotni turkumlash, ya’ni ushbu korxonada ishlab chiqa-riladigan bir mahsulot turini boshqa mahsulotdan ajratib turuvchi ma’lum belgilari yotadi. Nomenklatura ro‘yxatini tuzishda asos qilib quyidagi belgilar olinadi: model, fason, artikul, marka va hokazo. Har bir mahsulot turiga nomenklatura raqami biriktiriladi va u har xil sonlardan iborat bo‘ladi. Mahsulot nomenklaturasidan (ro‘yxatdan) korxonaning quyidagi xizmatlarida foydalaniladi: – dispetcherlik xizmati turi mahsulot ishlab chiqarish grafigining bajarilishini nazorat qiladi; – sexlar ishlab chiqarilgan mahsulot assortimentini qilishda, omborga tayyor mahsulotni topshirishda yuk xati yozish uchun foydalanadi; 156
– marketing bo‘limi – jo‘natish bo‘limi shartnomalarini bajarish imkoniyatlarini nazorat qilish uchun; – buxgalteriya – tayyor mahsulotning analitik hisobini yuritishda umumiy ma’lumotlar va hisobotlar tuzish uchun foydalaniladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling