O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi
KICHIK KORXONALARDA XARAJATLARNI HISOBGA OLISH
Download 0.53 Mb.
|
195ZPnZOCenxEeQeOox6bzWyCkhoXF1V
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.7. KICHIK KORXONALARDA MAHSULOT REALIZATSIYASI, MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI VA HISOBOTI
- BO‘LIM MAVZULARI YUZASIDAN NAZORAT SAVOLLARI
- BO‘LIM MAVZULARI YUZASIDAN TEST SAVOLLARI Kichik korxonalarda ishchilar soni necha kishidan iborat bo‘lishi kerak
- 2. Kichik korxonalarda buxgalteriya hisobi va hisoboti qaysi BHMAga asosan yuritiladi
- 4. Kichik korxonalarda asosiy ishlab chiqarish ishchilariga ish haqi hisoblanganda qanday provodka beriladi
- 5. Kichik korxonalarda kassaga hisob-kitob schyotidan ish haqi to‘lash maqsadida naqd pul olinganda qanday provodka beriladi
- 6. Kichik korxonalarda asosiy ishlab chiqarishga xomashyo va materiallar sarflanganda qanday provodka beriladi
- 7. Kichik korxonalarda asosiy ishlab chiqarishga elektr energiya xarajatlari sarflanganda qanday provodka tuziladi
- 8. Kichik korxonalarda asosiy ishlab chiqarishga mashina va uskunalarning eskirishi hisoblanganda qanday provodka tuziladi
- Kichik korxonalarda mahsulot sotilganda qanday provodka beriladi
- BO‘LIM MAVZULARI YUZASIDAN AMALIY MASHG‘ULOT 1- t o p s h i r i q.
- Sintetik Analitik
8.6. KICHIK KORXONALARDA XARAJATLARNI HISOBGA OLISH
Kichik korxonalarda hisob-kitob ishlarini 2010-«Asosiy ishlab chi-qarish», 9420-«Ma’muriy xarajatlar hisobi» schyotlarida, ayrim ishlab chiqarish oddiy texnologiya asosida 2010-schyotining subschyotlari 146
bo‘yicha yuritiladi. Kichik korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlari iqtisodiy elementlari bo‘yicha hisobga olindi va quyidagi moddalardan iborat bo‘ladi: Material xarajatlari. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi. Ijtimoiy sug‘urta ajratmalari. Mehnat haqi xarajatlari. Boshqa xarajatlar. Bularning hammasi «Xarajatlar to‘g‘risidagi Nizom»da ko‘rsatib o‘tilgan. Kichik korxonalarda xarajatlar bo‘yicha quyidagicha muoma-lalar bo‘lishi mumkin.
8.7. KICHIK KORXONALARDA MAHSULOT REALIZATSIYASI, MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI VA HISOBOTI Mahsulot sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik muomalalariga sotish jarayoni deyiladi. Kichik korxonalarda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning sintetik schyoti aktiv 9010-schyotda hisobga olinadi. Kassaga yoki hisob-kitob schyotiga mahsulotni sotishdan pul kelib tushganda realizatsiya jarayonlarining hajmi aniqlanadi. Tayyor mahsulotni sotish avvaldan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Mahsulot sotishga doir muomalalarga kichik korxonalarda schyotlar aloqasi quyidagicha belgilanadi: 147
Yuklab jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlarning schyotlari bo‘yicha sintetik hisobi 11-jurnal orderda, tahliliy ma’lumotlar esa 15 va 16-vedomostlarda yuritiladi. BO‘LIM MAVZULARI YUZASIDAN NAZORAT SAVOLLARI Kichik tadbirkorlik subyektlari deb qanday tashkiliy tuzilma tushuniladi va ular qanday mezonlar bo‘yicha ajratiladi? Sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan mikrofirmaning o‘rtacha yillik ishlovchilari soni necha kishidan oshmasligi kerak? Kichik korxonalarda buxgalteriya hisobi qanday tashkil etiladi? Kichik korxonalarda asosiy vositalar hisobi xususiyatlarini tushuntirib bering. Kichik korxonalarda materiallar hisobi qanday amalga oshiriladi? Kichik korxonalarda mehnatga haq to‘lash hisobi xususiyatlarini tushuntirib bering.
Kichik korxonalarda xarajatlar qanday hisobga olinadi? Kichik korxonalarda mahsulot realizatsiyasi qanday hisobga olinadi? Kichik korxonalarda moliyaviy natijalar qanday hisobga olinadi? Kichik korxonalarning moliyaviy hisoboti nimasi bilan farq qiladi? BO‘LIM MAVZULARI YUZASIDAN TEST SAVOLLARI Kichik korxonalarda ishchilar soni necha kishidan iborat bo‘lishi kerak? A. Sanoat sohasida 40 kishigacha B. Savdo sohasida 18 kishigacha 148
C. Sanoat sohasida 20 kishigacha D. Savdo sohasida 5 kishigacha 2. Kichik korxonalarda buxgalteriya hisobi va hisoboti qaysi BHMAga asosan yuritiladi? A. 10- son BHMA B. 15-son BHMA C. 20-son BHMA D. 21- son BHMA 3. Kichik korxonalarda asosiy vositalar hisobi qaysi vedomost va jurnal orderda yuritiladi? A. 1-vedomost va 4- jurnal order B. 2- vedomost va 3-jurnal order C. 13 - vedemost va 4- jurnal order D. 5-vedomost va 5- jurnal order 4. Kichik korxonalarda asosiy ishlab chiqarish ishchilariga ish haqi hisoblanganda qanday provodka beriladi? A. D-t 2010 K-t 6510 B. D-t 2310 K-t 6710 C. D-t 2010 K-t 6710 D. D-t 2010 K-t 2310 5. Kichik korxonalarda kassaga hisob-kitob schyotidan ish haqi to‘lash maqsadida naqd pul olinganda qanday provodka beriladi? A. D-t 5110 K-t 5010 B. D-t 5000 K-t 5500 C. D-t 5010 K-t 5110 D. D-t 5010 K-t 6710 6. Kichik korxonalarda asosiy ishlab chiqarishga xomashyo va materiallar sarflanganda qanday provodka beriladi? A. D-t 2010 K-t 6710 B. D-t 2010 K-t 1010 C. D-t 2010 K-t 1060 D. D-t 2010 K-t 1110 7. Kichik korxonalarda asosiy ishlab chiqarishga elektr energiya xarajatlari sarflanganda qanday provodka tuziladi? A. D-t 2010 K-t 1090 B. D-t 2010 K-t 1030 C. D-t 2010 K-t 6010 D. D-t 2010 K-t 6990 8. Kichik korxonalarda asosiy ishlab chiqarishga mashina va uskunalarning eskirishi hisoblanganda qanday provodka tuziladi? A. D-t 2010 K-t 0250 B. D-t 2010 K-t 0230 C. D-t 2010 K-t 0470 D. D-t 2010 K-t 0130 149
Kichik korxonalarda mahsulot sotilganda qanday provodka beriladi? A. D-t 2810 K-t 4010 B. D-t 2010 K-t 2810 C. D-t 4010 K-t 9010 D. D-t 4010 K-t 2810 Kichik korxonalarda moliyaviy hisobotning qanday shakllari tuziladi? A. Balans va moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot B. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot va pul oqimlari to‘g‘risida hisobott C. Korxona sarf-xarajatlari to‘g‘risida hisobot D. Balans, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot va debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma BO‘LIM MAVZULARI YUZASIDAN AMALIY MASHG‘ULOT 1- t o p s h i r i q. «Estello» korxonasining mart oyi boshiga qoldiq ma’lumotlari ro‘yxati.
150
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling