O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


Download 0.53 Mb.
bet73/145
Sana22.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1286694
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   145
Bog'liq
195ZPnZOCenxEeQeOox6bzWyCkhoXF1V

9.3. TAYYOR MAHSULOTNI OMBORDA VA


BUXGALTERIYADA HISOBGA OLISH

Texnika nazorati bo‘limi tomonidan qabul qilingan, tayyor holga keltirilgan mahsulotlar omborga topshiriladi. Bu jarayon ko‘pchilik korxonalarda topshirish nakladnoyi yoki mahsulot topshirish vedomosti orqali rasmiylashtiriladi. Hujjatlarda topshiruvchi, uning topshirish muddati, mahsulotning nomenklatura raqami, nomi, soni, reja tannarxi va tegishli moddiy javobgar shaxslarning imzosi qo‘yiladi.


Qabul hujjatlari asosida buxgalteriya mahsulot topshirish vedo-mostini yuritadi. Omborlarda mahsulot harakatining miqdor ko‘rsat-kichlaridagi hisobi varaqalarda yuritiladi. Varaqaga har bir kirim va chiqim, hujjatlari asosida mahsulot xarajati bilan bog‘liq operatsiyalar yozib boriladi.


Tayyor mahsulotlar ombordagi hisobi operativ buxgalteriya usuli bo‘yicha tashkil qilinadi, ya’ni har bir buyum nomenklatura raqamiga ombor materiallari hisobi kartochkasi ochiladi. (¹ M-17-shakli). Ombor hisobining to‘g‘ri yuritilganligi ombor hisobi kartochkasiga buxgalterning imzo qo‘yishi bilan tasdiqlanadi.


Moddiy javobgar shaxs ombor hisobi ko‘rsatkichlari asosida har oyda tayyor mahsulotlar qoldiq hisobi vedomostini to‘ldiradi. Bu yerda hisobi baholari bo‘yicha qoldiqlar taksirovka qilinadi va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari (16-vedomostning 1-bo‘limi) bilan solishtiriladi.


Mahsulot kirimi va chiqimi bilan bog‘liq operatsiyalar rasmiy-lashtirilgan dastlabki hujjatlar ombor varaqalariga yozilganidan keyin buxgalteriyaga topshiriladi. Bu yerda hujjatlar tekshiriladi, guruhlanadi va ular asosida tegishli hisob registrlari tuziladi. Tayyor mahsulot harakatining pul shaklida ifodalangan hisobi ombor hisobi ma’lumotlari asosida buxgalteriyada yuritiladi.


Tayyor mahsulotning sintetik hisobi quyidagi schyotlarda yuritiladi:




2810-«Ombordagi tayyor mahsulot».


2820-«Ko‘rgazmadagi tayyor mahsulot».



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling