O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


-«Komissiyaga berilgan tayyor mahsulot». 2810


Download 0.53 Mb.
bet74/145
Sana22.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1286694
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   145
Bog'liq
195ZPnZOCenxEeQeOox6bzWyCkhoXF1V

2830-«Komissiyaga berilgan tayyor mahsulot».


2810-«Ombordagi tayyor mahsulot» schyoti korxonaning omborida

157


mavjud bo‘lgan tayyor mahsulot miqdorini bildiradi. Ushbu schyotning debeti 2010, 2110, 2310 va boshqa schyotlarning krediti bilan korres-pondensiyada korxona omboriga qabul qilingan tayyor mahsulotlar qiymatini ifodalaydi.

Hisob-kitobning jurnal order shaklida tayyor mahsulotlar analitik hisobi 16-vedomostda yuritiladi. Bu vedomost 4 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, 1-bo‘lim «Tayyor mahsulotlarning pul shaklidagi harakati» deb nomlanadi. Unda mahsulotlarning hisobot oyi boshiga qoldig‘i, omborga qabul qilingani, xaridorlarga jo‘natilgani va hisobot oyi oxiridagi qoldig‘i, qabul qilingan bahoda hamda haqiqiy tannarxda ko‘rsatiladi.


2-bo‘lim «Jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlar» deb nomlanib unda jo‘natilgan mahsulotlar analitik hisobi xaridor korxonalar nomiga yozilgan har bir talabnomasi bo‘yicha alohida yuritiladi.


3-bo‘lim «To‘langan va to‘lanmagan schyotlar» haqida umumiy ma`lumotlar deb nomlanib, unda jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar ko‘rsatilgan.


4-bo‘limda soliq bo‘yicha soliq idoralari bilan hisob-kitob ma’lumot-lari keltiriladi.


16-qaydnoma. «Tayyor mahsulotning pul shaklidagi harakati».





Ko‘rsatkichlar

Bahosi bo‘yicha

Tannarx bo‘yicha

Yozuv uchun










asos













Oy boshiga ko‘ra qoldiq






















Ishlab chiqarishdan










qabul qilish






















Qoldiq bilan jami haqiqiy










tannarxning hisob bahosi-










ga nisbati, %






















Hisobot oyidagi ortib










jo‘natilgan mahsulot






















Oy oxiridagi qoldiq






















Hisobot davri oxirida 16-qaydnomaning oylik jami summasi 11-jurnal-orderga ko‘chiriladi. Bu jurnal-order ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, 1-bo‘limda tayyor mahsulot, realizatsiya bilan bog‘liq xarajatlar schyoti, jo‘natilgan tovarlar, sotish, xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitob



158


schyotlarining krediti bo‘yicha yozuvlar keltiriladi. Ikkinchi bo‘limda mahsulot sotish bo‘yicha analitik hisob ma’lumotlari keltiriladi.

16-qaydnoma va 11-jurnal-order asosida tuziladigan tovarni sotish haqidagi hisobotda quyidagi ko‘rsatkichlar gayd etiladi: sotilgan mah-sulotning reja tannarxi, reja va haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farq, sotish bilan bog‘liq xarajatlar schyoti, soliq, sotishdan olingan tushum va oxirgi moliyaviy natija, ya’ni foyda yoki zarar summasi.




9.4. TAYYOR MAHSULOTNI JO‘NATISHNI


HISOBGA OLISH

Ombordan tayyor mahsulotlar xaridorlarga korxonaning sotish bo‘limi buyrug‘iga asosan jo‘natiladi. Mahsulotni sotish xaridor kor-xonalar bilan tuzilgan shartnoma va jo‘natish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.


Korxona buxgalteriyasi schyot, to‘lov talabnoma hujjatini yozib, tovar sotuvchi korxonaga xizmat ko‘rsatgan bankka topshiradi.




To‘lov talabnoma – mol yetkazib beruvchining schyot-fakturaga mos ravishda ortib jo‘natilgan mahsulot qiymati uchun xaridorning hisob-kitob raqamidan pulni o‘tkazib berish to‘g‘risida bankka bergan buyrug‘idir. Unda ortib jo‘natilgan mahsulot qiymati va sotish bahosi, soni, assortimenti qayd qilinadi (bu holatda schyot-faktura albatta, to‘lov talabnomasiga ilova qilinishi lozim).

Mol yetkazib beruvchi bilan xaridor o‘rtasida joy to‘g‘risida to‘xtalib o‘tiladiki, bunda mahsulotni ortib jo‘natish bilan bog‘liq xarajatlarni mol yetkazib beruvchi o‘z zimmasiga oladi.


Fronko joyning quyidagi turlari mavjud:




Fronko ombor mol yetkazib beruvchi – bunda mahsulot ortib jo‘natish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni mol yetkazib beruvchi korxona to‘lov talabnomasiga qo‘shadi (bunga ortib topshirish ishlarining qiymati, temiryo‘l tarifi va yetkazib berish xarajatlari kiradi).



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling