O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


IX BO‘LIM TAYYOR MAHSULOT VA UNI SOTISHNING HISOBI


Download 0.53 Mb.
bet71/145
Sana22.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1286694
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   145
Bog'liq
195ZPnZOCenxEeQeOox6bzWyCkhoXF1V

IX BO‘LIM


TAYYOR MAHSULOT VA UNI SOTISHNING HISOBI


9.1. TAYYOR MAHSULOT VA UNI HISOBGA


OLISH VAZIFALARI


Tayyor mahsulot deb, barcha ishlov operatsiyalaridan o‘tib tayyor holga keltirilgan, belgilangan davlat standarti yoki texnik talablarga javob beradigan, korxona texnik nazorati xodimlari tomonidan qabul qilingan mahsulotga aytiladi. Uning tarkibiga buyurtmachi korxonalar uchun bajarilgan ish, xizmatlar hamda ushbu korxonaga qarashli ishlab chiqarishdan tashqari xo‘jaliklar uchun bajarilgan ish va xizmatlar kiritiladi.

Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish tizimida tayyor mahsulot, uni ortib jo‘natish va realizatsiyasi hisobi alohida o‘rin tutib, ularning vazifalariga quyidagilar kiradi:





  1. Tayyor mahsulot xarajati bilan bog‘liq hamma xo‘jalik opera-tsiyalarini hisobda o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirish.




  1. Ombordagi zaxiralar holatini va butligini saqlash.




  1. Ish va xizmatlarning bajarish hajmi, tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha uzluksiz nazorat o‘rnatish, ortib jo‘natilgan va yuborilgan mahsulotlar (ish, xizmatlar) bo‘yicha hujjatlarni o‘z vaqtida to‘g‘ri rasmiylashtirish, xaridorlar bilan hisob-kitoblarni aniq tashkil etish.




  1. Sotilgan mahsulotning assortimenti va hajmi bo‘yicha shartnoma mol yetkazib berish rejasining baholanishini nazorat qilish.




  1. Sotilgan mahsulot uchun olingan tushumni, mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan (davr xarajatlari) haqiqiy xarajatlarni o‘z vaqtida aniq hisob-kitob qilish, foyda summasini aniqlash.

Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi korxonaning bir maromda ishlashiga, ombor xo‘jaligi va mahsulot sotishni to‘g‘ri tashkil qilishga, hujjatlarni vaqtida rasmiylashtirishga bog‘liq.

Tayyor mahsulotni hisobga olish shu mahsulotning ishlab chiqarish-dan olinishi, uning harakati, sotilishi va xaridorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni aks ettiradi.





Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling