O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov
Download 2.16 Mb.
|
BUXG KITOBLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- AVECO usuli
- FIFO usulida
- LIFO usulida
Boshqa materiallar - yuqoridagi satrlarda ko'rsatib o‘tilmagan boshqa materiallar shu guruhga kiradi. Ularga chiqitlar, yaroqsiz materiallar, braklar, metalalom va boshqalar misol bo‘ladi.
Materiallami buxgalteriya hisobida to‘g‘ri baholash muhim aha- miyatga ega hisoblanadi. Ishlab chiqarish zaxiralarini baholash «Tovar- moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMA ga asoslangan bo‘hshi lozim. Ushbu standartga muvofiq materiallar eng kam bahoda, ya’ni tannarxi bo‘yicha yoki sof sotish qiymatida hisobga olinishi lozim. Chunki buxgalteriya hisobining ehtiyotkorlik tamoyilini aks ettirishning biri bo‘lib past baholash qoidasi hisoblanadi: tannarx bo‘yicha yoki sotishning sof qiymati. «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMA ga asosan, tovar moddiy zaxiralaming tannarxi barcha sotib olish xarajatlarini va tovar- moddiy zaxiralami manzilga yetkazib berish hamda tegishli holatga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan transport-tayyorlov xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqariladigan materiallaming haqiqiy tannarxini aniqlash, ulami baholashning quyidagi usullarini qo‘Uash orqali amalga oshirish mumkin: 0‘rtacha tannarx bo‘yicha yoki AVECO usuli. 0‘rtacha chamalangan baholar bo'yicha, birinchi tushum - birinchi xarajat, FIFO usuli. O'rtacha chamalangan baholar bo'yicha, oxirgi tushum - oxirgi xarajat, LIFO usuli. AVECO usuli materiallaming o'rtacha narxlariga asoslangan. Bu usul bo'yicha har bir birlikning qiymati davr boshlarida o‘xshash birliklaming o'rtacha o'lchanadigan qiymatidan va davr mobaynida sotib olingan va ishlab chiqarilgan o'xshash birliklar qiymatidan bel- gilanadi. O'rtacha qiymat davriy asosda yoki xo'jalik yurituvchi subyekt- da mavjud bo'lgan vaziyatga ko'ra, har bir qo'shimcha yetkazib berish davomida hisoblanishi mumkin. FIFO usulida ishlab chiqarish uchun dastlab sotib olingan materiallar partiyasi bo'yicha baholanadi, so'ngra ikkinchi partiya bahosi bo'yicha va hokazo. FIFO usulida xomashyo, materiallar va tovarlar kelib tushish tartibi bo'yicha baholanadi. Bu shundan dalolat beradiki, materiallar tannarxining qismi sifatida nisbati oldingi bahoda haqiqatda ushbu materiallar yuqori yoki past narxda sotib olinganligidan qat’i nazar, sarflanadi. Materiallaming bahosi ulaming joriy bahosini aks ettiradi. Inflyatsiya davrida FIFO usuli qo'llanilsa, sof foydaning eng yuqori darajasiga erishiladi. LIFO usulida materiallar ishlab chiqarishga avval oxirgi, so'ngra avvalgi partiya tannarxi bo'yicha yoziladi va hokazo. Zaxirada qolgan materiallar qiymati hisobot davrining oxirida birinchi sotib olingan material tannarxi bo'yicha hisoblanadi. LIFO usulidan foydalanish inflyatsiya davrida eng past foydani, deflyatsiya, ya’ni narxlaming pasayishi vaqtida eng yuqori foydani keltiradi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling