O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


Meteorlar («uchar yulduzlar») va meteor «yomg'irlari»


Download 1 Mb.
bet50/78
Sana18.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1584470
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78
Bog'liq
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi

Meteorlar («uchar yulduzlar») va meteor «yomg'irlari»
Tunda chiroyli iz qoldirib «uchgan yulduz»larni kim ko'rmagan deysiz? Biroq bu «uchar yulduz»larning haqiqiy yulduzlarga hech aloqasi yo'qligini har kim ham bilmasa kerak. Aslida ular — osmonning «daydi» mayda tosh zarrachalaridir. Ularning katta-liklari millimetrning ulushlarida, massalari esa milligrammlarda o'lchanadi. Ular Yerga yaqinlashgach, planetamiz atmosferasiga sekundiga 10 kilometrdan 70—80 kilometrgacha tezlik bilan kiradilar. Shubhasiz, bunday katta tezlikdagi tosh zarrachasi atmosfera molekulalari bilan ishqalanib cho'g'lanadi va uchish davomida juda tez yemiriladi. Fanda meteorlar deb yuritiluvchi «uchar yulduz»lar yo'lining uzunligi bu osmon jismlarining kattaliklari bilan bog'liq bo'lishi o'z-o'zidan tushunarli.
Meteor zarralar qanday vujudga keladi, ularning manbalari qayerda, degan tabiiy savol tug'iladi. Gap shundaki, ayrim kome­talar, Quyosh sistemasining boshqa osmon jismlaridan farq qilib, vaqt o'tishi bilan parchalanadi. Kometa har daf 'a Quyosh yaqinidan o'tayotib, yadrosiga tegishli bir qism gaz va changni yo'qotadi. Kometa yadrosida bu gaz va changlarning zaxirasi chegaralan-ganligini e'tiborga olsak, ma'lum davrdan so'ng «dumli yulduz»lar boshsiz va dumsiz qolishlarini tushunish qiyin bo'lmaydi. Perige-liydan o'tayotgan kometaning dumsiz va komasiz bo'lishi uning «qariligi»dan darak beradi. Ma'lum kometa qancha vaqtdan so'ng o'z yadrosidagi gazni sarflab bo'lishini hisoblash mumkin bo'lib, xuddi shu xildagi hisoblashni rus olimi S.V.Orlov Galley kometasi uchun bajardi. Uning hisoblashlari bu kometa Quyosh atrofida 330 marta aylangandan so'ng, ya'ni qariyb 25 ming yildan so'ng gaz zaxirasidan ajralajagini ma'lum qildi.
Astronom S.K.Vsexsvyatskiy o'z tadqiqotlari asosida, davriy kometa har daf a Quyosh yaqinidan yangidan o'tayotganda uning ravshanligining kamayishini aniqladi. Bunday dalil ham nisbatan qisqa vaqt ichida kometaning gaz zaxirasi kamayib ketishidan darak beradi. Aslida kometa gaz zaxirasidan ajralgandan keyin ham changli dum hosil qilib, «sochli» degan nomni anchaga oqlab yura-di. Kometaning butunlay parchalanib ko'zdan yo'qolishi boshqa bir jarayonning — mexanik parchalanishning oqibatida bo'ladi. Mexanik parchalanish Quyosh yaqinidan o'tayotgan juda ko'p kometalarda kuzatilgan. Xususan, 1846- yilda kuzatilgan Biela kometasi Quyosh yaqinidan o'tayotib ikki bo'lakka ajralgan. Navbatdagi 1857- yili ko'rinishida, bu bo'laklarning biri ikkinchi-sidan ikki million kilometrga uzoqlashgan va shundan keyin to shu paytgacha, har qancha urinishlarga qaramay, bu kometa hech kim tomonidan kuzatilmagan. 1872- yili mazkur kometaning Yerga juda yaqin oraliqda o'tish paytida kometa o'rnida kuchli «meteor yorrig'iri» kuzatilgan (104-rasm).
1950-yili olim D.D.Dubyago parchalangan kometa yadrola-rining meteor oqimlarining vujudga kelishidagi rolini chuqur o'rganib chiqdi. Uning hisob-kitobining ko'rsatishicha, kometa yadrosini «tashlab qochgan» meteor zarralarining buluti Quyosh beradigan ko'tarilish kuchi ta'sirida ham cho'zilib, ham kengaya boradi va bir necha ming yillardan so'ng kometa orbitasi bo'ylab bir tekis taqsimlanib qoladi. Parcha­langan kometalarning qoldiqlari kelgu-sida meteor oqimlarini tug'dirish dalil-larida yaxshi tasdiqlandi. Buning uchun parchalangan kometa orbitasi va yillik davr bilan kuzatiladigan meteor oqim­larining yulduzlar ichidagi o'rnini solishtirish kifoya. Shunday solishtirish natijasida har yili avgust oyida kuchayadigan «meteor yomg'irlari»dan biri — Perseid meteor oqimi, «1862 III» deb nomlangan parchalangan kometa yadrosining zarrachalari tomonidan hosil qilinishi aniqlandi. Mashhur Galley kometasi ham ikkita — Orionid deb nom olgan Orion yulduz turkumidagi va may oyida kuzatila-digan Akvarid yulduz turkumlaridagi meteor oqimlarini vujudga keltiradi. Shu xildagi «meteor yomg'iri»dan o'nga yaqini fanga ma'lum.
105- rasmda har yili 8—12- oktabr kunlari tunda Ajdarho yulduz turkumida proyeksiyalanib ko'rinadigan chiroyli Drakonid «meteor yomg'iri» tasvirlangan.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling