O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


Yulduzlarning rangi va temperaturasi


Download 1 Mb.
bet55/78
Sana18.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1584470
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   78
Bog'liq
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi

Yulduzlarning rangi va temperaturasi
Yulduzli osmonga diqqat bilan qaragan kishi yulduzlar bir-birlaridan ranglari bilan farqlanishini oson payqaydi. Ma'lumki, temir qizdirilayotganda, u dastlab to'q qizilrangga, keyin tempera­turasi orta boshlagach, zarg'aldoq, sariq va oxirida oqrangga kiradi. Shunga o'xshab, yulduzlarning rangi ham ularning sirt temperatu-ralari haqida ma'lumot beradi. Xususan, Quyoshimiz sariqrangdagi yulduz hisoblanadi, sirtida temperaturasi 6000 К atrofida. To'q qizilrangda ko'rinadigan yulduzlarning temperaturasi 2500—3000 K, zarg'aldoq rangdagilariniki 3500—4000 K, oqrangdagi yulduzlar­ning temperaturasi esa 17000—18000 К atrofida bo'ladi. Osmon-da ko'rinadigan yulduzlar ichida eng «qaynog'i» ko'k — havorang tusda bo'lib, ularning temperaturalari 25000-50000 К orasida bo'ladi.
Yulduzlarning temperaturasini aniqlashning bir necha xil usuli mavjud bo'lib, ulardan biriga ko'ra, u yulduzlarning spektrida energiyaning taqsimlanishidan topiladi. Bunda nurlanish energiya
sining maksimumi to'g'ri kelgan to'lqin uzunligiga tayangan holda Vinning ushbu siljish qonunidan foydalaniladi (109-rasm):
Xmaxr=0,29gradsm.
Shuningdek, yulduz spektrining turli uchastkalaridagi nurla-nish energiyasining farqiga ko'ra, astronomlar ularning aniq rangini belgilaydilar va so'ngra yulduzning topilgan bu rang ko'rsatgichi asosida ham yulduzlarning temperaturalarini aniqlaydilar. Yulduz -larning rangi ko'krangga yaqinlashgan sayin ularning tempera-turalari ortib boradi. Bunday usullar bilan topilgan yulduz tempera-turasi faqat uning sirtiga taalluqli bo'lib, ularning ichki qismiga tegishli temperaturalari yulduzlarning spektri, massasi, zichligi va aniqlangan ichki bosimiga ko'ra nazariy hisoblashlar yordamida topiladi. Bunday yo'l bilan topilgan yulduzlarning ichki qismiga xos temperaturalar bir necha milliondan o'nlab million gradusgacha (markazida) boradi. Quyoshning markazida temperatura 16 million gradusni tashkil etadi. Qaynoq yulduzlarda esa u 100 million gradusgacha boradi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling