O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi
Absolut ytilduz kattaligi
Download 1 Mb.
|
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi
Absolut ytilduz kattaligi
Yulduzlarning ko'rinma yulduz kattaliklari ularning to'la yor-qinliklarini (ulardan vaqt birligi ichida ajraladigan to'la nurlanish energiyasining miqdorini) solishtirishga imkon bermaydi. Chunki bir xil yorqinlikka ega bo'lgan turli masofada yotuvchi ikki yulduzning ko'rinma yulduz kattaliklari bir xil bo'lmasligi oldingi paragrafdan ma'lum. Binobarin, yulduzlarning masofalarini bilmay turib, ularning ko'rinma kattaliklariga ko'ra, yorqinliklarini solish-tirishning hech iloji yo'q. Bu masalani hal etish uchun astronomlar barcha yulduzlarni Yerdan (yoki Quyoshdan) bir xil masofaga keltirib, yulduz kattaliklarini aniqlashni va keyin shu asosda ularning haqiqiy yorqinliklarini solishtirishni maqsad qildilar. Bunday masofa sifatida astronomlar 10 parsekli masofani oldilar. Shunday qilib, yulduzlarning bizdan 10 parsek masofaga keltiril-ganda aniqlangan ko'rinma yulduz kattaliklari ularning absolut yulduz kattaliklari deb ataladigan bo'ldi va Afharfi bilan belgilandi. Bu 10 parsekli standart masofa taxminan 2 • 106 astronomik birlikka teng bo'ladi. Binobarin, Quyoshni 10 parsek masofaga eltgandan keyingi intensivligi uning 1 a.b. masofada turgandagi intensivligidan 100 marta kamayishi 5 yulduz kattaligiga to'g'ri kelishi e'tiborga olinsa, unda intensivlikning 4 • 1012 marta kamayishi yulduz katta-ligining 31,5 marta ortishiga olib keladi. Binobarin, 10 pk masofaga «eltilgan» Quyoshning ko'rinma yulduz kattaligi -26,7 + 31,5 = 4,8 ni tashkil etar ekan. Boshqacha aytganda, Quyoshning absolut yulduz kattaligi Me = +4,8 ga teng ekan. Sentavr yulduz turkumining bizga eng yaqin joylashgan rav-shan yulduzining (Proksima) ko'rinma yulduz kattaligi m — 0 bo'lib, Quyoshdan uzoqligi 1,3 pk. U 10 pk masofaga eltilganda uning intensivligi Шг j =82 =64 marta kamayadi. Bu yulduz kattali- gining 4,5 marta kamayishiga olib keladi. Demak, uning absolut yulduz kattaligi M r = 0 + 4,5 = 4,5 bo'ladi. Bundan ko'rinishicha, biror yulduzning ko'rinma yulduz kattaligi va ungacha bo'lgan masofa parseklarda ma'lum bo'lsa, uning absolut yulduz kattaligini oson aniqlash mumkin ekan. Buning uchun astronomlar ushbu maxsus hisoblash formulasini ham aniqlashgan: M= m + 5 - 5 lgr, bu yerda r — yulduzgacha parseklarda ifodalangan masofa. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling