O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi
Download 1 Mb.
|
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi
Yulduzlar yorqinligi
Ko'pchilik yulduzlar ko'rinma ravshanliklari bilan bir-birlariga o'xshasa-da, aslida tabiatlari bilan bir-biridan keskin farq qilishi aniqlangan. Buning sabablaridan biri — ularning turli masofalarda yotishi bo'lsa, ikkinchisi - ularning turli quwat bilan nurlanish-laridandir. Yulduzning nurlanish quvvati uning yorqinligi deyilib, u yulduzdan bir sekundda chiqadigan to'la nurlanish energiyasi bilan xarakterlanadi. Yulduzlarning yorqinligi, ko'pincha Quyosh yorqinligi birligida ifodalanadi. Quyoshning undan kelayotgan nurlanish energiyasiga ko'ra topilgan yorqinligi 3,8 • 1026 W ni tashkil etadi. Ko'rinma yulduz kattaligi mQ bo'lgan Quyoshni (1 a.b. maso-fada) ma'lum r a.b. masofaga eltgandan keyingi ko'rinma yulduz kattaligi m' ga ortib, ular orasida quyidagicha munosabat mavjud: m' = mQ + 51grab. Xuddi shunday masofada (rab) joylashgan yulduzning ko'rinma yulduz kattaligi in, va Quyoshning ko'rinma yulduz kattaligi m' orasidagi farq, yulduz Quyoshga nisbatan qancha marta ko'p nurlanish energiyasiga, boshqacha aytganda, yulduz va Quyoshning yorqinliklarining nisbati -ц- qanchaga tengligi ushbu formula yordamida topiladi: Demak, bu nisbat -r- Quyosh va yulduzning ko'rinma yulduz kattaliklari va yulduzgacha bo'lgan masofaga (astronomik birliklarda ifodalangan) bog'liq bo'lar ekan. Agar Quyosh va ixtiyoriy yulduz absolut yulduz kattaliklarida (Me va Л/„) berilgan bo'lsa, u holda ularning yorqinliklari nisba-tining logarifmi ushbu ifodadan topiladi: Yulduzlarning yorqinliklarini o'rganishdan ma'lum bo'ldiki, ularning yorqinliklari 0,0001 Quyosh yorqinligidan to bir necha o'n ming Quyosh yorqinligigacha chegarada o'zgarar ekan. Juda katta yorqinlikka ega bo'lgan yulduzlar ichida gigantlar va o'tagigantlar alohida o'rin tutadi. Gigantlarning asosiy qismi nisbatan past sirt temperaturasiga (3,4 • 103 K) ega bo'lib, qizilrangda bo'lganidan ularga qizil gigantlar deb nom berilgan. Aldebaran (Savr yulduz turkumining eng yorug' yulduzi), Arktur (Ho'kiz-boqar yulduz turkumidagi eng ravshan yulduz) kabi yulduzlar gigantlarning tipik vakillaridan hisoblanadi. O'tagigantlar esa yorqinliklari Quyoshnikidan o'n ming marta-lab ortiq bo'lgan yulduzlar bo'lib, ularning rangi turlicha bo'ladi. Ko'krangdagi o'tagigantlarga misol qilib Rigelni (arabcha «Rij-al-Javzo» ning buzilgan talaffuzi — «Pahlavonning oyog'i» — Orion yulduz turkumining betasi); qizil o'tagigantlarga — Antaresni (Aqrab yulduz turkumidagi eng ravshan yulduz), Betelgeyzeni (arabcha «Ibt-al-Javzo» ning buzilgan talaffuzi — «Pahlavonning o'ng yelkasi» — Orionning eng ravshan yulduzi) keltirish mumkin. Turli yorqinlikdagi yulduzlarning spektrlari ham bir-birlaridan biroz farq qiladi. Shu tufayli, ba'zan spektrdagi chiziqlarga ko'ra ham uning yorqinligini baholash mumkin. Shu yo'l bilan yorqinliklari aniqlangan yulduzlarning ko'rinma yulduz kattaliklari yordamida ulargacha masofalarni aniqlash mumkin bo'ladi. Yul-duzlargacha masofalarni aniqlashning bu usuli spektral parallaks usuli deb yuritiladi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling