O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


Download 1 Mb.
bet22/78
Sana18.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1584470
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78
Bog'liq
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi

Tayanch so’z va iboralar:


Kosmonavtika, kosmik apparat, kosmik fazo, kosmik uchishlar nazariyasi, raketa texnikasi, yer atmosferasining zichligi, temperturasi, magnitosfera, radiasion poyaslari , mexanika qonunlari, sun’iy yo’ldoshlar, orbital stansiyalar, samoviy obektlar, kosmik texnika , kosmik sharoitlar, aviatsion texnika, K.E.Siolkovskiy , yerning tortishish kuchi , konstruktorlik labarotoriyasi, bosh konstruktor S.P.Korolyov , Yerning sun’iy yo’ldoshi , Apollon-11, Voyadjer -1, Voyadjer – 2 , avtomatik stansiyalari, Butun olam tortishish kuchi , aerodinoamik kuch , ellektr va magnit kuchlari.

Kosmonavtika predmeti


Kosmonavtika  «kosmos» va grekcha «nautika»- kema boshqarish san’ati so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, raketa va kosmik apparatlardan foydalanib, insoniyat ehtiyoji uchun kosmik fazo va Yerdan tashqi samo ob’ektlarini o’zlashtirishni ta’minlaydigan fan va texnika bo‘limlarining uyushmasidir. Kosmonavtika, shuningdek, kosmik uchishlar nazariyasi (traektoriyalarni hisoblash va boshqalar), uchuvchi raketalar, raketa dvigatellari, boshqarishning bort tizimlari, kosmik apparatlar, uchirish qurilmalari, ilmiy priborlar, yerdan turib boshqarish tizimi, telemetriya, orbital stansiyalarni jihozlash va boshqa yana bir qancha tashkiliy tizimlarni tuzishni o’z ichiga oladi.
Kosmosni bevosita o’rganishning inson faoliyati sferasidan o’rin olishi, jaxon fan-texnika taraqqiyoti tarixida muxim bosqich bo’lib, kelgusida u jamiyat rivojiga katta ta’sir ko’rsatishi mukarrar.
Kosmonavtika barcha tabiiy fanlar (astronomiya, fizika, biologiya) va matematika bilan uzviy bog’langan. Kosmik raketa texnikasi mavjud texnika fanlarining yutug’iga tayanadi. Kosmik apparat kosmosda maqsadga muvofiq harakatlanishi va mo’ljallangan fazoning nuqtasiga yoki kosmik ob’ektga aniq vaqtda yetib borishi uchun hisob- kitobni olimlar, texnik xodimlar astronomik jismlarga tayangan holda amalga oshiradilar. Osmon jismlarigacha masofalar, ularning o’lchamlari, massalari va boshqa fizik parametrlari haqida astronomlar allaqachon talay bilimlar to‘plaganlar. Bu ma’lumotlar kosmosga uchishda juda qo‘l keladi.
Yer atmosferasining zichligi, temperaturasi, magnitosferasi radiasion poyaslari haqida ma’lumotga ega bo’lmay turib, birorta kosmonavt Yer atrofida bevosita uchirilmagan, shuningdek, Oy tabiatini bilmay turib, unga yo’llanmagan bulur edi.
Mexanika qonunlarisiz KA lar, sun’iy yo’ldoshlar, orbital stansiyalarni Yer atrofi zonasiga, planetalarga uchirishning iloji yo’q edi. Kosmik apparatlarni Quyosh sistemasi jismlariga muvaffaqiyatli uchirishlar, planetalar, ularning yo’ldoshlariga tegishli ma’lumotlarni (o’lchamlari, masofalari, massalari va boshqalarni) aniqligini tasdiqlashdan tashqari astronomiya qo‘llayotgan metodlarning naqadar to’g’riligiga ham ishonch xosil kildirdi.
Kosmonavtika astronomiya fanining rivojlantirishga katta xissa qo’shib kelmokda. Kosmik apparatlar, stansiyalar bortidan samoviy ob’ektlarni optik va kuzga ko’rinmas nurlarda (ultrabinafsha, infrakizil, rentgen va radionurlarda) o’rganish imkonini berib, oxirgi o’n yilliklarda bizning Koinot ob’ektlari va ularning sistemalari haqidagi bilimlarimizni misli qurilmagan holda boyitdi.
Kosmosga uchiriluvchi apparatlarni konstruksiyalarini ishlab chiqish va ularning harakatlarini boshqarish va ulardan informasiya olishda olimlar, injener texnik xodimlar fizik qonunlarga tayanadilar. Quvvatli raketa dvigatellarini ko’rishda raketa texnikasi ehtiyojlarini qondirish uchun yonish va yonish maxsulotlarining oqimi fizikasiga tegishli talay fundamental tadqiqot ishlarini bajarishga to’g’ri keldi. Kosmonavtika ximik bilimlarga ham keng tayanadi. Kosmik texnika moddalarning turli ximik xossalariga yuqori talab kuyadi. Xususan, issikka chidamli, yemirilmaydigan va boshqa xossalari bo’yicha yuqori ko’rsatkichlarga ega materiallar, yokilgi maxsulotlari ximiyasiga kosmonavtikaning extiyoji juda katta. Yokilgi maxsulotlarini keng sanoat masshtabida olishning effektiv texnologiyasini ishlab chiqishda ximiklarning roli bekiyos.
Kosmonavtika sohasida izlanishlarni matematikasiz tasavvur etib bo’lmaydi. Murakkab matematik izlanishlar, kosmosga uchiriladigan apparatlarni konstruksiyalash, tayyorlash va uchirishni amalga oshirish jarayonlarida qo‘llaniladi. Umuman aytganda, kosmonavtikaga oid birorta tadqiqotni hisob-kitobsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Oxirgi yillarda kosmonavtika o’nlab biologik eksperimentlarni rejalashtirdi va amalga oshirdi. Turli kosmik sharoitlarda (vakuum, vaznsizlik, radiasiya va boshqalar) inson organizmidagi o’zgarishlar bo’yicha yuzlab mediko-biologik eksperimentlar, ularning salbiy ta’sirlaridan insoniyatni ogox qildi. ko’plab texnika fanlarining tajribasi kosmonavtikada keng qo‘llaniladi. Ayniqsa, kosmonavtikaning rivojida aviasion texnika yutuqlari keng qo‘llaniladi.
Zamonaviy kosmik texnikani ishga tushirish, turli sohalarda ishlaydigan yuzlab olimlar, injener-texnik xodimlarning ijodiy ishlarini uyg’unlashtirish asosida amalga oshirildi.
Kosmonavtikaning otasi, uning ilmiy asoschisi sifatida kalugalik K. E. Siolkovskiy tan olingan. U birinchi marta, raketa harakati tezligi formulasini keltirib chiqargan olim hisoblanadi. K. E. Siolkovskiy birinchilardan bo’lib, Yer tortish maydonida raketa harakatining hisob-kitobini qilib, raketalarni kosmik tezliklarga erishtirish imkoni borligini asosladi. Bu tezliklar yordamida raketa Yer tortish kuchini yengib, uning sun’iy yo’ldoshi orbitasiga ko’tarila olishini, xatto Oyga va planetalararo sayoxatga yo’l ola olishini o’z hisob-kitobida aniq ko’rsatdi.
K. E. Siolkovskiy, Yer atrofida orbital stansiyalarni ko’rish va undan boshqa planetalarga uchishda baza sifatida foydalanish mumkinligi haqidagi fikrni ham berdi. Nazariy kosmonavtikaning asoslari, uning 1903 yilda chop etilgan “Olam fazosini reaktiv priborlarda tatkik etish” kitobida bayon qilingan. Shundan ancha keyin boshqa bir qancha olimlar, jumladan R’Eno Peltri (Fransiya), R. Goddard (AKSh), G. Obert (Germaniya) kosmik uchish loyihalariga real xol sifatida qarab. uni rivojlantirdilar.
XX asrning 20-30 yillari aloxida olimlar guruhi va jamiyatlar raketa dvigatellarini konstruksiyalash va sinashga boshladilar. Sobiq SSSR da tutunsiz poroxli raketalarni qurish bo’yicha birinchi tajriba- konstruktorlik laboratoriyasi N. I. Tixomirov taklifi bilan 1921 yilda ishga tushirildi. Keyinchalik bu laboratoriya kengaytirilib, 1928 yildan Gazodinamik laboratoriya (GDL) degan nom oldi. Unda B. S. Petropavlovskiy, G. E. Langemak va V. P. Glushko va boshqa konstruktor olimlar bor edi.
Raketa qurilishi bo’yicha katta ishlarni raketa harakatlarini o’rganish guruhi (GIRD) olib bordi. 1932 yilda Moskvada tuzilgan GIRD boshlig’i qilib S. P. Korolev tayinlandi. GIRD ning Mosvka va Leningrad guruhlarida V. P. Vetchinkin, F. A. Sander, M. K. Tixonravov, Yu. A. Pobedonossev N. A. Rikin, Ya. I. Perelman va boshqa shu kabi tanikli olimlar va injenerlar ishladi. Garchi poroxli raketalar insonga ancha eskidan ma’lum bo’lsa-da, biroq kishilar suyuq yoqilg’ili raketalarni qurish bo’yicha tajribaga hali ega emas edilar. Shuning uchun ham bu xildagi raketalarning tajriba variantida yasash uchun yillar ketdi.
Birinchi suyuq yoqilg’ili raketa “GIRD 09” 1933 yili 17 avgustda Moskva etagidagi Nexabino qishlog’i yaqinidan uchirildi. Dastlabki suyuq yoqilg’ili uchirilgan raketalar harakatlarining tahlili, kelajakdagi kosmosni shturm qiladigan quvvatli raketalarning qurish mumkinligini ko’rsatdi.
1957 yili uchiruvchi raketa qurish bo’yicha murakkab ish yakunlandi. Bu ish amaliy kosmonavtikaning asoschisi, bosh konstruktor S. P. Korolev va zamonaviy kosmonavtikaning nazariy asoschisi M. V. Keldish tomonidan amalga oshirildi. Natijada 4 oktyabr kuni (1957 y. ) bu raketa yordamida Yerning sun’iy yo’ldoshi uchirildi.
Shundan sung Yer atmosferasi, ionosfera va magnitosferasini hamda planetamiz Yerni kosmosdan o’rganish uchun yuzlab sun’iy yo’ldoshlar, bortida noyob ilmiy apparaturalari bilan kosmosga yo’l oldi.
1959 yildan Yerning tabiiy yo’ldoshi- Oy kosmik apparatlar tomonidan «nishon»ga olina boshladi. 1969 yili AQSh astronavtlari “Appolon - 11” da Oy sathiga qo’nib, insonning asriy orzusini ruyobga chiqardi. 1960 yillarning boshidan planetalararo avtomatik stansiyalar qo’shni planetalarni (dastlab Venera va Marsni, keyinroq Merkuriyni) tadqiq qila boshladilar.
1972, 1973 yillari AQSh «Katta tur» programmasi bo’yicha gigant planetalarni tadqiq etishni boshladi. 1977 yilda uchirilgan (mazkur programma bo’yicha) AQShning «Voyadjer -1» va «Voyadjer – 2» avtomatik stansiyalarining «oyog’i» Neptungacha (1989 y) borib yetdi. Kosmosni KA yordamida tadqiq qilish ning yangi erasi, osmon jismlarini, kosmik fazoni o’rganishda inqilobiy davrni boshdan kechirmoqda.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling