O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi
Quyosh haqida umumiy ma’lumotlar
Download 1 Mb.
|
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi
Quyosh haqida umumiy ma’lumotlar.
Quyoshning kundalik ko’rinma harakatiga biz shu qadar ko’nikib qolganmizki, go’yo u abadiydek tuyuladi. Haqiqatan shundaymi, Quyosh so’nmaydigan osmon jismimi? Quyosh qisqa vaqtda g’oyib bo’lsa planetamizda qanday o’zgarishlar ro’y bergan bo’lar edi? Bunda zum o’tmay yerni qorong’ulik qolardi, chunki Quyoshning yorug’ligini qaytarish hisobiga ko’rinadigan Oy va planetalar ham osmonda ko’rinmay qolib, faqat yulduzlargina hira shu’lalari bilan Yerni yoritardi, holos. Shuningdek, butun Yer yuzini izg’irin sovuq “iskanjasiga” olardi. Bir haftaga qolmay tropiklar qor bilan qoplanar daryolar oqishdan to’htab, dengiz va okeanlar sekin-asta tubigacha muzlar, shamol ham “uvullash”ini bas qilardi. Hullas, hammayoqni vahimali qorong’ulik va qahraton sovuq egallardi. Bunday sharoitda odamzod zapas yoqilg’ilar hisobiga umrini bir oz cho’zsa-da, biroq u halokatdan qochib qutula olmas edi. Shuning uchun ham hayotimizning manbay bo’lmish Quyosh har jihatdan diqqatga sazovor osmon jismi hisoblanadi. Qadimda atrof-muhitni ilmiy tushuntirishga ojiz bo’lgan odamlar tabiat kuchlari oldida tiz cho’kishgan, unda sig’inishga. Bundan Quyosh istisno emas edi. Misrliklar Quyoshga, issiqlik va hayot in’om qiluvchi Ra hudosi nomini berib sig’inishganda, grek va rimliklar Quyoshni nur, muzika va poeziya hudolari-Feba, Gelios va Apollon sifatida sig’inishdi. Keyingi yillarda Quyoshning massasi, harorati va fizik tabiatini o’rganish borasida yig’ilgan ma’lumotlar, Quyosh to’g’risida yetarli darajada aniq tasavvur hosil qilish imkonini berdi. Yerdagi ko’pgina fizik va biologik hodisalpr Quyosh ta’siri tufayli sodir bo’lar ekan. Garchi oddiy ko’z bilan qaraganda, Quyosh sokin osmon jismidek ko’rinsa-da, aslida u yirik va quvvatli fizik jarayonlarni “boshidan kechirayotgan“ yulduzlardan biri hisoblanadi. Shu tufayli Quyoshni o’rganish, har jihatdan barcha tabiiyot fanlari uchun, ayniqsa fizika fani juda katta ahamiyat kasb etadi. Quyosh milliardlab yulduzlarning bir vakili, kattaligi va haroratiga ko’ra o’rtacha yulduzdir. Biroq planetamiz-Er boshqa yulduzlarga nisbatan Quyoshga millionlab marta yaqin bo’lganidan, yulduzlardan farq qilib, u kattagina burchakk (32) ostida ko’rinadi. Yer ham bashqa sayyoralar (Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturnlar) qatorda Quyosh atrofida aylanma harakat qiladi. Astronomiyada Yerdan Quyoshgacha bo’lgan masofa ((149, 5 million kilometr) uzunlik o’lchovi birligi sifatida qabul qilingan va bir astronomik birlik (1a. b. ) deb yuritiladi. Nur bu masofani salkam 8, 5 minutda bosib o’tadi. Quyoshning diametri million 400 ming kilometr bo’lib, Yer diametridan tahminan 110 marta katta. Boshqacha aytganda, Quyosh hajmiga 1 million 300 mingdan ortiq hajmidagi jism sig’adi. Quyosh sirtidagi harorat 5800 atrofida bo’lib bu harorat markazga tomon ortib boradi va u yerda tahminan 16 million gradusga yetadi. Quyosh chiqarayotgan nurlanish energiyasi miqdorining qanchalik kattaligini quyidagi misoldan yaqqol ko’rish mumkin. Quyoshning 1 sekund davomida chiqarayotgan energiyasi miqdorining qanchalik kattaligini quyidagi misoldan yaqqol ko’rish mumkin. Quyoshning 1 sekund davomida chiqarayotgan energiyasi, 12 ming trillion tonna ko’mirni yoqqanda ajraladigan energiya miqdoriga tengdir. Garchi uning Yerga tushayotgan energiyasining miqdori ham kam bo’lmasa-da, u Quyoshdan ajralayoetgan butun energiyaning atigi 2 milliarddan bir qisminigina tashkil qiladi. Quyosh ulkan haroratli olov shardan iborat bo’lib, uni tashkil qilgan gaz, oddiy gazlarga nisbatan o’z hususiyatlari bilan keskin farq qiladi va plazma deb yuritiladi. Plazma holatida modda ionlashgan atomlar va erkin elektronlardan iborat bo’ladi. Bunday moddada neytral atomlarning ko’p yoki kamligi uning temperaturasiga bog’liq. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling