O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


Download 1 Mb.
bet32/78
Sana18.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1584470
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78
Bog'liq
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi

Radioteleskoplar
Asrimizning 30-yillarida ko’plab osmon jismlari, jumladan gaz-chang tumanliklar radiodiapazonda nurlanishlari ma’lum bo’ldi. Natijada ularni qayd qilish maqsadida turli ko’rinishdagi radioteleskoplar qurila boshladi.
Ko’pchilik quvvatli radioteleskoplarning antennalari oddiy reflektorga o’xshaydi (54 va 55 rasmlar). Faqat bunda teleskopning botiq sferik ko’zgusi metaldan yasalib, manbadan kelayotgan ko’pincha juda yirik, diametri o’nlarcha metr keladigan qilib quriladi.
Radioteleskopning fokusida yig’ilgan to’lqin, maxsus to’lqin uzatgichlar yordamida kuchaytirgichga uzatilib, unda kuchaytiriladi va so’ngra kuchaytirilgan radiosignallar radioapparaturalarda yozma qayd qilinadi.
Ayni paytda planetamizda o’tasezgir radioteleskoplar ishlaydi. Kuzgusining diametri 65 m (Avstraliya), 76 m (Angliya), 100 m (Germaniya), 300 m (AQSh) va 600 m (Rossiya) keladigan radioteleskoplar Koinotning tabiiy radiostansiyalaridan astronomlarga “axborot” beradilar.
O’zbekiston xududida Jizzax viloyatining Zomin tumanida, tog’ etagining Supa degan joyida, metall ko’zgusining diametri 70 metr keladigan yirik radioteleskop jadal sur’atlarda qurilmoqda.
Bu teleskoplar Koinotning “radiobashara”sini ko’rishga imkon beradi (56-rasm).


Ulug’bek rasadxonasi
Osmon jismlarini o’rganishda, bizning ajdod - bobokalonlarimizning ham xizmatlari katta bo’lgan. Ulardan biri - Amir Temurning nabirasi Ulug’bek (57-rasm), XV asrning o’rtalarida Mavarounnaxrning taniqli astronomlarini Samarqandga to’plab, u yerda osmonni tekshiradigan astronomik rasadxona, jumladan eng yirik kuzatish asbobi-sekstantni qurish bo’yicha maslahat qildi.
Olimlar bir ovozdan bu fikrni quvvatlashgach, Obi raxmat daryosining bo’yida Kuxaq degan tepalik o’stida radiusini 40, 2 metrga teng bo’lgan astronomik kuzatish asbobini qurish boshlandi.
Bu asbob yordamida Quyosh, Oy va planetalarning yulduzlar oralab harakatlari, minglab yulduzlarning o’rinlari (koordinatalari) aniqlandi. Yuzlab shaharlarining koordinatalari topildi.
Mazkur asbob yoyi aylana uzunligining 1/6 qismini, aniqrog’i 70 ni tashkil qilib, salkam 50 metrga teng edi.
Astronomik bu asbob Yer sirtida 11 metrcha chuqurlikdan boshlanib, mazkur sirtdan balandligi esa qariyb 30 metr keladi. Asbobni 1 gradusga teng yoyining uzunligi 70, 2 santimetrga to’g’ri kelib, o’lchash aniqligi 10 sekundli yoyga teng edi.
Ulkan bu kuzatish asbobi yuz yillar davomida Samarqand «boshidan kechirgan» urushlar oqibatida nurab vayron qilindi va keyinchalik izsiz yo’qoldi. 1908 yili arxeolog V’yatkin tomonidan uning o’rni aniqlanib, tuproqdan tozalangach, uning qoldiq - Yer osti qismi ochildi (58-rasm).
Samarqandda o’rnatilgan bu yirik «teleskop»ning tashqi ko’rinishi, aslida qanday bo’lganligi hozirgacha aniq bo’lmay, olimlar orasida tortishuv hanuzgacha davom etadi.
Ulug’bek rasadxonasi, o’rta asrda Sharqda mavjud bo’lgan rasadxonalar ichida eng yirigi bo’lib, o’lchash aniqligi va hashamatligi bilan ajralib turardi. Samarkand rasadxonasida Ulug’bekdan tashqari o’rta asrning eng taniqli astronomlaridan G’iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Muyiniddin Koshiy, Ali Qushchilar ishladilar.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling