O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


Download 1 Mb.
bet36/78
Sana18.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1584470
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   78
Bog'liq
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi

Quyosh chaqnashlari
Quyoshda kuzatiladigan eng kuchli jarayonlardan biri hromosfera chaqnashlaridir (64-rasm). Bir necha minut davom etgan chaqnashdan ajraladigvn energiya miqdori-soatiga 100 trilliondan ming kvadrillion kilovatt (10 - 10 kVt) gacha yetadi. Bu degan so’z, bitta kuchli Quyosh chaqnashi davomida ajralayotgan energiya, Yerdagi butun yoqilg’i zapaslarining yonishidan ajralgan energiyaga miqdoriga teng demaqdir. Hromosfera chaqnashlari Quyosh dog’lari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, assosan Quyoshning dog’li sohalari yaqinida uchraydi. Bu jarayon paytida, vodorod yoki boshqa atomlarning ma’lum bir spektral chizig’i to’lqin uzunligida kuzatiladigan hromosferada, bu soha ravshanligi va maydonining keskin oshuvi kuzatiladi. Shuningdek, Quyoshning rentgen nurlanishi,
turli radiodiapozonda radiosignallarning keskin intensivlashuvi hamda
hamma diapozonda Quyoshning nurlanish hodisalari kuzatilishining sababi ham hromosfera chaqnashlaridandir. Ba’zan quvvatli hromosfera chaqnashlari, juda katta tezlikdan protonlar oqimini vujudga keltiradi. Bu protonlar energiyasi 10-100 megaeletronvolt (MeV) gacha yetib, kosmonavtlar hayoti uchun katta havf tug’diradi. Chunki bunday quvvatli protonlar kosmik kema devori bilan to’qnashganda, kema ichiga bemalol kira oladigan va tirik organizm uchun katta havf tug’diradigan hamma nurlarini vujudga keltiradi. Chaqnashdagi gaz harakatini spektral chiziqlar orqali o’rganish, korpuskulyar zarrachalarning Quyoshdan tashqariga otilish tezligi-sekundiga 500 dan 1000 kilometrgacha yetishini ma’lum qildi. Quyoshdan ko’tarilgan siyrak korpuskulyar zarrachalarning oqimi-Quyosh shamoli deb yuritiladi. Bunday «shamol» 1, 5-2 kunda Yer orbitasigacha yetib keladi. Yerga yetib Quyosh shamoli, turli geofizik hodisalarga sabab bo’ladi va sezilarli darajada biosferaga ham ta’sir qiladi. Bu to’g’rida keyinroq batafsilroq to’htaymiz.
Quyosh energiyasining manbai.
Tabiyatning energiya uchun universal qonunidan ma’lumki, energiya saqlanish hususiyatiga ega: u yo’q bo’lmaydi va aksincha, yo’qdan vujudga ham kelmaydi. Modomiki, shunday ekan, tunda porlayotgan minglab yulduzlar va Quyoshmizning energiya manbai nimada degan savol tug’iladi. Quyoshning aniqlangan «yoshi» esa salkam 5 milliard yilni ko’rsatadi.
Yulduzlar energiyasining manbai masalasi, astronom olimlarni ko’pdan beri qiziqtirib keladi. Bu to’g’rida turli fikrlar, gipotezalar mavjud. Faqat 1938-1939 yillardagina astrofiziklardan A. Edington, K. Beyszekker va G. Byoteler yulduzlarning energiya manbai bo’la oladigan yadroviy reaksiyalarining nazariy hisob-kitobini ishlab chiqdilar.
Ma’lumki, atom yadrosini tashkil qiluvchi proton va neytronlar o’zaro juda katta tortishish kuchi (bu kuch yadro kuchi deb yuritiladi) bilan bog’langan bo’ladi va bog’lanish energiyasi ham juda katta bo’ladi. Agar bordi-yu, shunday bog’lanishdagi atom yadrosiga yana bir proton yoki neytron kirsa, u yangi yadro hosil qiladi va yadrodan sezilari energiyaning ajralib chiqishiga sabab bo’ladi. Chunki yadro zarrachalariga qo’shilgan yangi zarracha yadro kuchi orqali ular bilan bog’lanadi. Natijada paydo bo’lgan ortiqcha energiya yadrodan proton yoki neytron bilan yohud elektron yoki pozitron bilan chiqib ketadi. Bunday hodisaga yadro reaksiyasi deyiladi. Biroq yangi proton yoki neytronning yadroga kirish osonlikcha bo’lmaydi. Buning uchun kelib qo’shiladigan zarracha etom yadrosiga, yadro kuchlari ta’siriga beriladigan darajasida yaqin masofaga kelishi (proton uchun esa yadroning itarish kuchini ham yetgan holda) zarur bo’ladi. Demak, qo’shiluvchi proton yoki neytron yadro tomon juda katta tezlik bilan (ya’ni energiya bilan) yaqinlashishi lozim. Nazariy hisoblashlar yulduzlar (jumladan Quyosh) markazidagi bir necha million gradusli temperatura protonlarga huddi shunday tezliklar bera olishi, u yerda termoyadro reaksiyasi uchun qulay sharoit borligi ma’lum bo’ldi. Neytronlar esa bunday yuqori temperaturada turg’unligini yo’qotib yarim soatga yetar-etmas proton, elektron va neytrinoga parchalanib ketadi va yadro reaksiyalarida deyarli ishtirok etmaydi.
Yulduzlar markazidagi reaksiya (to’rtta protonning birikib bitta geliy atomi yadrosini hosil qilish)ning uzluksiz takrorlanishi, yulduzning nurlanishi tufayli kosmik fazoga tarqalayotgan energiyasini to’ldirib turadi. Har bir protonning massasi, atom birliklarida 1, 00813 ni tashkil qilib, to’rtta protonniki 4, 03252 bo’ladi. Geliy atomi yadrosi massasi 4, 00389 ekanligini e’tiborga olsaq, bu yadroni hosil qiluvchi protonlar atom og’irligining 0, 02863 birligiga (4, 03252-4, 003852-0, 02863) teng massasi, ajraladigan bog’lanish energiyasiga ekvivalent massa bo’lib, u massa defekti deb yuritiladi. Bitta geliy yadrosi hosil bo’lishida ajralgan energiya, mashhur Eynshteyn formulasiga ko’ra:
Ye=ms2= 1, 6710-24  0, 02863 (31010)2 = 4, 3105 erg
ga teng bo’ladi. Bu yerda s=31010 sm/c - yorug’lik tezligi, m-massa defektidir.
Hozirgi paytda to’rt protondan geliy yadrosi hosil bo’lishi haqida ikki ketma-ketlik reaksiyasi ma’lum bo’lib, ulardan birinchisi proton-protonli Quyosh markazida ro’y beradigani, ikkinchisi esa uglerod-azotli sikl deb yuritiladi.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling