O‘rta maxsus kasb-hunar
Download 0.83 Mb.
|
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
O‘rta guruh. O‘rta guruhda jismoniy tarbiya bo‘yicha har haftada ikki marta mashg‘ulot o‘tkaziladi. Mashg‘ulot 20 minut davom etadi. Mashg‘ulotlar ertalabki soatlarda zalda o‘tkaziladi. Xonani mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun enaga bilan tarbiyachi belgilangan gigiyenik talablarga binoan tayyorlaydi (xona shamollatiladi, pol ho‘l latta bilan artiladi va hokazo).
Tarbiyachi kerakli inventarlarni oldindan tayyorlab qo‘yadi, ularni tarbiyachi shunday joylashtiradiki, toki bolalar uni joy-joyiga qo‘yib chiqishga va vaqtlarini ketkazmay ularga yaqinlashtirishlari, qo‘llariga olib foydalanishlari va yana joyiga olib borib qo‘yishlari uchun qulay bo‘lsin. Tarbiyachi mashg‘ulot o‘tkazish uchun tayyorgarlik ko‘rishi, inventarlarni tarqatib chiqib, yana yig‘ishtirib olish ishlariga bolalarni navbat bilan jalb qilib, ularda mehnatsevarlik fazilatlarni tarbiyalab boradi. O‘rta guruhda bolalar tomonidan bajariladigan harakatlarga pedagogning talabi o‘zgaradi. Bu guruhda harakat texnikasini o‘rganishga endigina kirishilayotgan bo‘ladi. Shuning uchun harakatlarning ko‘rsatib berilgan namunalarga binoan to‘g‘ri bajarilishi hamisha tarbiyachining diqqat markazida turadi. Muayyan o‘quv vazifalariga muvofiq ravishda mashqlarni izchillik bilan tanlab olingan tarbiyachi endi harakatlarni muvofiqlashga nisbatan yuksak aniqlikka va mashqlarning si- fatli bajarilishiga olib boradi. Bolalarda mashqlarni hamma uchun umumiy sur’atda, hamma bilan kelishilgan holda bajarish, turli saflanishlarda yo‘nalishlar bo‘yicha chap va o‘ng tomonlarga erkin ravishda mo‘ljal ola bilish mahorati rivojlanadi. Harakatlarni o‘rganish va ularni muayyan darajada sifatli bajarilishga erishish uchun harakat qilish mashg‘ulot sur’atini ma’lum darajada pasaytiradi. Bu mashg‘ulotni tushuntirib va ko‘rsatib berilayotganda xatolarga e’tiborni qaratib, ularni tuzatayotgan vaqtidagi, shuningdek, topshiriqni bajarish uchun bolalar o‘z navbatini kutib behuda o‘tkazayotgan vaqt bilan bog‘liqdir. Ko‘pchilik asosiy harakatlarni dastlabki vaqtlardagi o‘rganilishi uchun bolalarni navbatma-navbat va individual tarzda o‘rgatish, ko‘proq navbatama-navbat qilib mashq bajartirish g‘oyat ahamiyatlidir. Bu tarbiyachiga har bir bolaning harakatini nazorat qilib turish hamda unga kerakli yordamni berib, unga dalda berib turishga imkoniyat beradi. Bunda bolalar o‘quv jarayonida faol ishtirok etadilar, o‘rtoqlarining harakatini kuzatib turishga, ularni tahlil qilishga o‘rganadilar. Mashg‘ulotlar zichligi yuksak darajada bo‘lgandagina, bolalarning harakat faolligi yetarli bo‘lgandagina mashg‘ulot- ning ijobiy ta’siriga erishish mumkin. Bunga mashqlarni yoppasiga va guruh-guruh bo‘lib bajarilishi hammadan ko‘proq yordam beradi. Shuning uchun ularni mashg‘ulotlarga kiritish lozim. Bir mashg‘ulotning o‘zida har xil harakatlarning asosiy yangi qismlarini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan bir nechta murakkab o‘quv vazifasini hal etishga urinmaslik kerak. Yaxshisi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir-ikkita yangi harakatlarni o‘rganishni bolalarga oldindan tanish bo‘lgan topshiriqlarni takrorlash va mustahkamlash bilan qo‘shib olib borgan ma’qul. Harakatlarni juda ko‘p marta takrorlash bir mashg‘ulotda, shuningdek, bir qator mashg‘ulotlarda mustahkamlash va malakalarni takomillashtirib borish mumkinligi uchun ham shunday qilish muhimdir. Mashg‘ulotlarda bolalar harakat faolligini oshirish, mashqlarni bajarish shartlarini murakkablashtirish, olingan harakatlarni mustahkamlash maqsadida bir nechta har xil mashqlardan tuzilgan uyg‘un mashqlar keng qo‘llaniladi. Masalan: poldan 2-3 m gacha emaklab borish, yarim aylana ostiga emaklab kirish, o‘rindan turish 2-3 qadam tashlash va polda yotgan holda ustidan hatlab o‘tish, ikki oyoqlab “Quyon” bo‘lib sakrash, shu taqlidda polda tashlab qo‘yilgan to‘ldirma to‘pga qadar borish, uning yaqinida to‘xtash, qo‘lga olish va to‘pni boshdan yuqoriga ko‘tarish, rostlanish, to‘pga tikilish, uni avvalgi joyiga qo‘yish, sokin qadam tashlab kolonnaning oxiriga kelib turish. O‘rta guruhda izchillik bilan bajarish uchun har xil asosiy harakatlardan iborat bo‘lgan, bolalarga tanish 3-4 tadan ortiq bo‘lmagan mashqlar birlashtiriladi. Topshiriqni 2-3 zveno bir vaqtda bajaradi. Zvenolardagi bolalar bir-birlarining oyoqlaridan oqim tarzida ketma-ket kelib, to tarbiyachi mashqni to‘xtatish to‘g‘risida ko‘satma bermaguncha harakat qilaveradilar. O‘rta guruhda o‘qitish usullari o‘z xususiyatlariga ega. Dastlabki malakalarni egallab olish uchun harakatlarni to‘g‘ri bajarilish usulini namoyish etib ko‘rsatish talab qilinadi. Tarbiyachi mashqlarni namoyish qilib ko‘rsatar ekan, u bu harakatlarni yo‘l- yo‘lakay izohlab, tushuntirib boradi. Murakkabroq harakatlarni (yoki harakatlar yig‘indisini), agar ular birnecha oddiy mashqlarning yig‘indisidan iborat bo‘lib, izchillik bilan bajarishni talab etsa, tarbiyachi izoh paytida mashg‘ulotning mana shu tarkibiy qismlariga urg‘u berib tushuntiradi. Izohda harakatlar izchilligi ta’kidlab o‘tiladi. Masalan: “Skameykaning oxiriga yaqinlashib kelaman: uning ustiga chiqib turaman, endi esa burilaman va yon tomonim bilan turib olaman. Qo‘llarimni belimga qo‘yib, oldinga qarab turaman. Shundan keyin o‘ng oyog‘im bilan yon tomonga bitta qadam tashlayman – oyoq uchlarini uzatamanda, keyin chap oyog‘imni ham ko‘tarib, unga juftlab qo‘yaman. Shunday qilib men skameykaning oxirigacha boraman, to‘xtayman, qo‘llarimni pastga tushuraman va shundan keyingina yerga sakrab tushaman”. Bunday izohlash vaqtida o‘zlashtirilishi mashg‘ulotning aniq o‘quv vazifasida ko‘zda tutilgan harakat- larning qismlariga alohida e’tibor beriladi: “Oyoqlarni to‘g‘ri tuting, iyagingizni ko‘krakka tushirmang, yelkalaringizni kerib turing, belingizni bukmang”. Mashq ko‘rsatib berilayotgan vaqtda tarbiyachi harakatlar maromini aytib turadi: “Engashing, engashing, yana engashing, yana ham engashing”. Harakat sur’ati sanoq orqali ham boshqarilib turiladi. Takroriy ko‘rsatishni bolalardan birortasi bajarishi mumkin. Tarbiyachi harakatlarning to‘g‘ri bajarilishini kuzatib turadi, ular ning izchilligini aytib beradi, bolalardan harakatlarni va ularning qismlarini aytib berishni so‘raydi. Tarbiyachi har bir harakat yoki bir necha harakatlar yig‘indisini o‘zlashtirib olinmaguncha mashqni qayta-qayta ko‘rsatib, izohlab beraveradi. Keyinchalik umumiy malaka hosil qilingandan keyin bolalar topshiriqni erkin holda o‘zlari mashq ko‘rsatishga bolalardan biri jalb etila- di. Shunday qilib, mashqlar bolalar tomonidan qanday o‘zlash- tirilishiga qarab, turlicha tushuntiriladi va turlicha namoyish etib ko‘rsatiladi. Mashg‘ulotlarda taqlidiy harakatlar hamon ancha katta o‘rin egallashda davom etadi. Tarbiyachi bolalarni o‘zlari taqlid qila- yotgan tasvirlarni rang-barang qilishga o‘rgatadi, tevarak- atrof- dagi hayotdan yana ham to‘laroq taassurot olishga, shuningdek, ertaklar, hikoyalar o‘qish vaqtida, rasmlar tomosha qilganda ol- gan bilim va tushunchalardan foydalanishga chaqiradi. 5 yoshgaqadamqo‘yganbolalardatopshiriqnichiroyli,to‘g‘ri bajarish istagi shakllanadi. Bola topshiriqni muvafaqqiyatli ba- jarganida o‘zida qoniqish paydo qiladigan bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar mashqlarni oxirigacha bajarishmaydi. Lekin ayni paytda bolalar hamma ishni o‘zlari mustaqil ravishda bajarishga harakat qilib, beriladigan yordamdan voz kechadilar. Biroq ular tarbiyachining doimiy rag‘batlantirib va qo‘llab-quvvatlab turishiga muhtojdirlar. Tarbiyachi har bir bolaning individual tomonlarini hisob- ga olgan holda unga ko‘proq diqqat-e’tibor bilan qarashi kerak. Agar bola harakatlarni bajarishga qiynalsa, berilayotgan izohlar- ga yaxshi tushunmasa, harakatlarni u bilan birgalikda bajarish lozim. Bunda tarbiyachi bola gavdasining ma’lum bir qismini ushlab turadi, uning (qo‘l, bosh, oyoq va boshqa) harakatlarini o‘z qo‘l harakati bilan boshqarib boradi. Tarbiyachi bolaga top- shiriq ma’nosiga yetib olishda yordamlashib, mashq ma’nosini izohlab yordam beradi. Agar bolani o‘zi yordam berishni so‘rasa, bunday bevosita qo‘llab-quvvatlash ayniqsa muhimdir. Ba’zan bolani maqtab, unga biroz dalda berib qo‘yishning o‘zi kifoya qiladi. O‘rta guruhda jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulot rejasi mashg‘ulotning tuzilishiga nisbatan qo‘yiladigan umumiy talablarga binoan tuziladi. Mashg‘ulotning kirish qismida mashqlarni rang-barang qilishga urinib, uni vaqt jihatdan (3 minutdan ortiq) cho‘zib yubormaslik kerak. Harakatli o‘yinlar mashg‘ulotning asosiy qismi mazmunidagi majburiy qism hisoblanadi. O‘yinni shunday tashkil etish kerakki, bolalar o‘yin o‘tkazish vaqtida eng ko‘p fiziologik va emotsional yuklama olsinlar, ko‘proq harakat qilsinlar va kamroq turib qolsinlar. Mashg‘ulotning yakunlovchi qismi xilma-xil mashqlardan iborat bo‘lishi kerak. Mashg‘ulotni sokin yurish bilan, qo‘shiq aytib yurish bilan, kam harakatli o‘yin bilan, o‘tkazilgan mashg‘ulot xususida tarbiyachining suhbati bilan va shu singari boshqa tadbirlar bilan yakunlash mumkin. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling