O‘rta maxsus kasb-hunar


-§. Kichik va o‘rta guruhlarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o’tkazish


Download 0.83 Mb.
bet69/93
Sana06.11.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1750403
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   93
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

3-§. Kichik va o‘rta guruhlarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o’tkazish


O‘zbekistonning issiq iqlimli sharoitida jismoniy tarbiya bo‘yicha barcha ishlarni ochiq havoda olib borish maqsadga muvofiq. Ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, harakatli o‘yinlar, uyqudan so‘ng o‘tkaziladigan sport mashg‘ulotlari, o‘yin-kulgulari birinchi va ikkinchi kichik guruhlarda jismoniy tarbiya bo‘yicha ikkita mashg‘ulot o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlarni tashkil etish vaqtida zarur gigiyenik shart-sharoitlar: xonaning shamollagani va latta bilan artib chiqilganligi singari talablarning bajarilganligi hisobga olinadi. Birinchi kichik guruhda bolalarni ikkita kichik guruhga bo‘lib o‘tkaziladi. Ikkinchi kichik guruhda guruhlarga bo‘linmay mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar bahor va


yoz oyida ochiq havoda, maydonda o‘tkaziladi.
Tarbiyachi mashg‘ulot o‘tkazish uchun oldindan tayyorgarlik ko‘radi: reja-konspekt tuzadi, kerakli inventarlarni va o‘yinchoqlarni tanlaydi.
Kichik guruhlarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida o‘rgatish vositalari o‘z xususiyatiga ega. Bu yoshdagi bolalar o‘rganadigan harakatlarni maxsus o‘rgatish yo‘li bilan emas, balki ko‘p martadan, qayta-qayta takrorlash orqaligina
o‘zlashtirib olishadi. Individual ishlar, ayniqsa, yaxshi natija beradi, biroq tarbiyachi barcha bolalarning yetarli darajada harakat faolligini ta’minlashi kerak. Shuning uchun u bolalar faollgini yoppasiga tashkil etishni mo‘ljallaydi. Bunda har bir bola o‘zicha mustaqil harakat qiladi. Odatda asosiy harakatlarni mashq qilish uchun harakatning bir ikki turi tanlanadi. Shulardan bittasi eng murakkabi yoki ko‘proq kuch talab qilinadigan mashq, ikkinchisi undan yengilroq bo‘lib butun guruh bilan, yoki yarim guruh bilan bir yo‘la o‘tkazish mumkin.
Masalan, narvondan o‘rmalab chiqish mashqini polda o‘tirgan holda koptokni bir-biriga yumalatish mashqi bilan, koptokni uzoqqa dumalatish, koptok tashlash mashqlari bilan qo‘shib olib borish qulayroqdir.
Hatto eng qiyin mashqlarni o‘rganish uchun ham kamida 3–4 bolani baravar uyushtirib ularning o‘rtasidagi vazifalarni belgilab berish yaxshi natija beradi. Masalan, ikkita bola qum to‘ldirilgan xaltachalarni savatga tashlaydi, uchinchisi uni yig‘ib keladi yoki bittasi narvondan ko‘tariladi, tarbiyachi uni kuzatib, ayni vaqtda u mashq bajarish uchun navbati kelgan bola bilan gaplashib turadi. Bajarilishi uncha qiyin bo‘lmasa, mashqlarni 5–6 kishi baravaridan yoki 10–12 kishidan iborat butun bir kichik guruh birdan bajarishi ham mumkin. (buyumlarni uzoqqa irg‘itish, arg‘amchi ostidan emaklab o‘tish, barcha umumrivojlantiruvchi mashqlar va boshqalar).
Tarbiyachi mashqni bajarayotgan bolalarnigina emas, balki butun shug‘ullanuvchi guruhni nazorat qilib boradi, ayni vaqtda shug‘ullanmayotgan bolalar mashg‘ulot paytida enaganing na- zorati ostida bo‘ladilar.
Tarbiyachi dastlab butun guruhga topshiriqni juda qisqa tushuntirib va ko‘rsatib beradi. Bunda u bolalarning diqqat- e’tiborini hozir ular bajaradigan ish faoliyatini tashkil etish, uyushtirishga qaratadi. Shundan keyin mashq davomida har bir bolaning harakatini izohlab uni rag‘batlantirib turgan vaqtida mashg‘ulotning mazmunini yana qayta-qayta tushuntiraveradi. Mashg‘ulotning asosiy qismi harakatli o‘yin bilan yakunlanadi.
Mashg‘ulotning yakunlovchi qismida nafas olish mashqlari elementi bilan vazmin yurish mashqlarini bajarish, yoki kam harakatli o‘yinlar o‘tkaziladi. Qiynalmasdan bajaradigan erkin va sokin harakatlar mashg‘ulotni yakunlash uchun juda qulaydir.
Birinchi va ikkinchi kichik guruhda haftasiga ikki marta mashg‘ulot o‘tkaziladi. Bu mashg‘ulotlarning ikkalasi ham bir xil material asosida tashkil etiladi. Shunday qilib bir hafta uchun bitta mashg‘ulot rejasi tuziladi.
Bolalarning bajarishi qiyin bo‘lgan murakkabroq mashg‘u- lotlari oradan bir ikki oy o‘tgandan keyin yana takrorlanadi. Bunday hollarda asosiy harakatlarni o‘rganish uchun mo‘lj allangan mashqlarni asoslash maqsadga muvofiqdir. Mashg‘ulotning kirish va xulosa qismiga ayrim o‘zgarishlar kiritish mumkin. Mashg‘ulotning kirish qismi xilma-xil va his-hayajon uyg‘otuvchi harakatlarga boy bo‘lishi muhim ahamiyatga egadir. Quyida kichik va o‘rta guruh bolalariga asosiy va umumrivojlantiruvchi mashqlardan tuzilgan mashgulot namunasi beriladi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling