O‘rta maxsus kasb-hunar


Download 0.83 Mb.
bet70/93
Sana06.11.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1750403
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   93
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Mashg‘ulot namunasi


Mashg‘ulotning vazifasi: turgan joyda sakrash mashqlari- da yumshoq, yengil sakrab harakat qilishga o‘rgatish. Umum- rivojlantiruvchi mashqlarga orgatish.
Kerakli jihozlar: bolalarning hammasiga yetarli kubiklar,
ikkita arqoncha (2–2,5 m), yoy (duga) – 40 sm.

  1. Polga (shaxmat tartibda) qo‘yib chiqilgan kubiklar orasidan yurish va tarqalib yugurish. Kubiklar atrofidan ketma- ket saflanib yurish, kubiklarga yaqinlashish, tarbiyachi turgan tomonga qarab turish, kubikni qo‘lga olish.

    1. 1. D.h. – to‘g‘ri turish, oyoqlar yelka kengligida, kubiklarni ushlagan holda qo‘llarni pastga tushirib turish.

1–2 kubikni yuqori ko‘tarish, uni bosh ustida silkitish. 3–4 rostlanish, qo‘llar bilan kubikni tushirib, orqaga yashirish. 5–6 kubikni orqaga yashirib turib bir qo‘ldan ikkinchi qo‘lga olish. Dastlabki holatga qaytish (6 marta).

  1. D.h. – oyoqlar yelka kengligida, kubik qo‘llarda.

1–2 engashish, kubikni o‘z oldiga polga qo‘yish, 3–4 engashish, kubikni po‘ldan olish va rostlanish. Dastlabki holatga qaytish. (5–6 marta).

  1. D.h. – oyoqlar yelka kengligida, kubik qo‘llarda.

1— 2 cho‘qqayib o‘tirish, kubikni o‘zidan nariroqqa qo‘yish (old tamonga). 3–4 O‘rnidan turish, yana cho‘qqayib o‘tirish, 5–6 kubikni olish. Dastlabki holatga qaytish 4–5 marta.

  1. Kubikni polga qo‘yish. Kubik ustidan sakrab o‘tish. (6–8

marta).
Asosiy xolat: 1. Hamma birgalikda, bir-birining orqasidan ergashib yurish (chilvirlar, reykalar orasidan, taxtachalar usti- dan yurib o‘tish. 2. Yoy ostidan emaklab o‘tish. 3. “Ariqchadan” hatlab o‘tish (3–4 marta).

  1. “O‘z uychangni topib ol” nomli harakatli o‘yin (zalning turli tomonlarida birnecha bola uchun uychalar bo‘ladi, ayiq polvon rolini o‘ynayotgan bola berkinib turadi).

    1. Tarbiyachi berkitgan o‘yinchoqni izlash, o‘yinchoq topilgandan so‘ng bolalar tarbiyachi boshchiligida unga ergashgan holda sekin yurib, zaldan chiqib ketadilar.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling