O‘rta maxsus kasb-hunar


Mashg‘ulotning kirish-tayyorgarlik qismi vazifalari va


Download 0.83 Mb.
bet65/93
Sana06.11.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1750403
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   93
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Mashg‘ulotning kirish-tayyorgarlik qismi vazifalari va mazmuni. Sport mashg‘ulotining birinchi qismiga qo‘yilgan vazifalar va uning asosiy qismidagi mashqlar mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bir holda u kirish, ikkinchi bir holda kirish-tayyorgarlik xarakterida bo‘lishi mumkin. Mashg‘ulotning bu qismi vazifasi bolalarda unga nisbatan qiziqish va emotsional kayfiyat paydo qilishdan, diqqatning tayyorgarlik darajasini tekshirishdan, ayrim harakat ko‘nikmalarini aniqlashtirishdan, bola organizmini asta-sekin mashg‘ulotning asosiy qismida kechadigan birmuncha faol faoliyatga tayyorlashdan iborat.
Shu maqsadda bolalarga to‘g‘ri qomatni tarbiyalashga, yas- sitovonlikning oldini olishga yordam beradigan, fazoda hamda jamoada mo‘ljal olish bilan bog‘liq, bajarilishi ko‘p vaqtni ta- lab qilmaydigan tanish mashqlar va ularning variantlarini baja- rish taklif etiladi.
Bunday mashqlarga quyidagilar kiradi: saflanish mashqlari
— turlicha saflanishlar vaqayta saflanishlar; turli topshiriqlar bilan bajariladigan (yo‘nalishi ko‘rsatilgan burilishlar, boshlov chilarni almashtirish va boshqalar) yurish va yugurish; tarqalib yengil yugurish hamda keyinchalik katta va kichik davra, ket- ma-ket va hokazo bo‘lib saflanish; turli ko‘rinishdagi va yassi- tovonlikning oldini olish maqsadidagi yurishlar – tovonda, oyoq uchida, poldagi qalin shnur ustida, narvonda yurish va boshqa mashqlar.
Kirish qismi bolalarning kolonnaga uchto‘rttadan bo‘lib, doira bo‘lib saflanishi, tarqalishi va hokazolar bilan yakunla- nadi. Bu bolalarni mashg‘ulotning asosiy qismi boshlanishidagi umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘rgatishga o‘tish uchun xiz- mat qiladi. Bu qism kichik guruhlarda 2 minutdan 4 minutga- cha, o‘rta guruhlarda 3 minutdan 5 minutgacha, katta guruhlarda 4 minutdan 6 minutgacha davom etadi.
Agar mashg‘ulotning birinchi qismi kirish-tayyorlov qismi sifatida rejalashtirilsa, uning boshlanishida yuqorida ko‘rsatilgan kirish qismi uchun mo‘ljallangan mashqlar beriladi. Biroq shundan so‘ng mashg‘ulotning shu qismida faqat takroriy va variatsiyali mashqlardan iborat o‘rgatish talab qilmaydigan umumrivojlantiruvchi mashqlar beriladi. Ularning vazifasi bola organizmini mashg‘ulotning asosiy qismidagi birmuncha yuqori jismoniy yuklamaga tayyorlashdir. Bunda yetarli jismoniy yuklamaga ega bo‘lgan murakkab koordinatsiyali asosiy harakatlar yoki faol xarakterdagi sport mashqlari rejalashtiriladi. Bunday holda mashg‘ulotning asosiy qismi bolalarni asosiy harakatlarga o‘rgatishdan boshlanadi.
Kirish – tayyorgarlik qismi kichik guruhlarda 3 dan 4 minut gacha, o‘rta guruhlarda 4 dan 6 minutgacha, katta guruhlarda 5 dan 10 minutgacha davom etadi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling