O‘rta maxsus kasb-hunar


-§. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining tavsifi va


Download 0.83 Mb.
bet64/93
Sana06.11.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1750403
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   93
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

2-§. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining tavsifi va


ularning tuzilishi

Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bolalarni jismoniy mashqlarga muntazam o‘rgatishning asosiy shaklidir.


Mashg‘ulotlarning ahamiyati harakatlar madaniyatining mujassam shakllanishi, sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir. Bu vazifalarning bajarilishi jismoniy kamoloti, organizmning funksional takomillashuvi, bola sog‘lig‘ining mustahkam- lanishi, ular tomonidan to‘g‘ri harakat ko‘nikmalarining egallanishini, jismoniy sifatlar hamda jismoniy tarbiya va sportga nisbatan emotsional ijobiy munosabatni, shaxsni har tomonlama yaxshi rivojlantirilishini ta’minlaydi.
Mashg‘ulotlarda sog‘lomlashtirish vazifalarini amalga oshi rishga bolalarning har tomonlama harakat faoliyati yo‘li bilan erishiladi. Ular organizmdagi barcha fuksional jarayonni, uning optimal gigiyenik va chiniqtiruvchi sharoitlarda hayotiy faoli- yatni kuchaytirishga yordam beradi.
Ta’limiy-tarbiyaviy vazifalar mashg‘ulotlar jarayonida bolaning ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish, fizkultura va sport sohasiga oid ba’zi turlar bilimlar va atamalarni ma’lum qilish, to‘g‘ri harakat ko‘nikmalari hamda jismoniy sifatlarni tarbiyalash yo‘li bilan hal etiladi.
Mashg‘ulotlar xushchaqchaq, intizomli, atrof-muhitda yaxshi harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va l shonch bilan, maqsadga yo‘nalgan holda faoliyat ko‘rsata oladigan shuningdek, axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta oladigan kishilarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Jismoniy mashg‘ulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq havoda o‘tkaziladi. Yoz paytida barcha mashg‘ulotlar (yomg‘irli kunlardan tashqari) ochiq havoda, sport maydonchasida o‘tkaziladi. Binoda va ochiq havodagi mashqlar o‘zaro aloqadadir: ular barcha sog‘lomlashtirish va ta’limiy-tarbiyaviy vazifalarning kompleks tarzda hal etilishini ta’minlaydilar. Mashg‘ulotlarni o‘tkazish sharoiti ularning ba’zi o‘ziga xos xususiyatini belgilaydi. Binoda sog‘lomlashtirish- gigiyenik shartlarga rioya qilgan holda o‘tkaziladigan (deraza fortochkalari ochiq, yengil kiyim va poyabzal) mashg‘ulotlar harakatlarning to‘g‘ri, go‘zal va aniq bo‘lishini ta’minlaydi, umumiy harakat madaniyatini tarbiyalaydi. Ular turli predmetlar bilan va musiqa jo‘rligida o‘tkazish mumkin.
Ochiq havodagi mashg‘ulotlar yuqori sog‘lomlashtirish samarasiga ega, ular harakatlarni keng joy da bajarishga im- kon beradi, jismoniy yuklamani kuchaytiradi, sport o‘yinlari, estafetalarni o‘tkazishga keng imkoniyat yaratadi. Biroq qalin kiyim va poyabzal harakatlarining aniq, ifodali, chiroyli bo‘lishiga xalaqit beradi.
Mashg‘ulotlar strukturasi jismoniy mashqlarning bolalar tomonidan izchil bajarilishidan iboratdir. U qo‘yilgan vazifalar, asab tizimining ish qobiliyati va bola organizmining har bir alohida yosh bosqichdagi xususiyatlari bilan belgilanadi. Mashg‘ulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning ruhiyati (psixologiyasi)ni nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir. Ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligi shunga bog‘liq.
Harakat faoliyati jarayonida yurak qisqarishi chastotasi ko‘r- satkichlarini o‘rganish mashg‘ulot boshlanishida uning asta- sekin osha borishini, so‘ng kuchaya borib, mashg‘ulotlarning asosiy qismida yuqori darajaga yetishini va mashg‘ulot so‘ngi-
da asta-sekin pasayishini ko‘rsatdi. Bunday izchillik bir to- mondan, qon aylanish tizimining faoliyati va organizm ish qobiliyati bilan; ikkinchi tomondan diqqat-e’tiborni qaratish, reaksiya tezligi kabi psixik jarayonlarning kechishi va shu bilan bog‘liq ravishda harakatlarning juda aniqligi bilan belgilanadi. Sport mashg‘ulotlari o‘zaro bog‘liq uch qismdan: kirish- tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi qismdan iborat. Ta’limiy- tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalari mashg‘ulotning har bir qismi uchun baravar muhim ahamiyatga ega. Mazkur vazifalarni bajarish bolalarga har tomonlama ta’sir etishni
ta’minlaydi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling