O‘rta maxsus kasb-hunar


Download 0.83 Mb.
bet72/93
Sana06.11.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1750403
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   93
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Mashg‘ulot namunasi


Mashg‘ulotning vazifasi: kolonnada o‘z joyini tez topib olishga o‘rgatish; to‘pni ikki qo‘llab boshdan oshirib otishga o‘rgatish (bunda koptokni ikki qo‘llab baravar irg‘itilayotgan vaqtda bosh orqasida qo‘llarning bukilmasligiga e’tibor berishi kerak).
Jihozlar: koptoklar (bolalarning soniga qarab), kegli

  1. qism. Bir-birining ketidan ketma-ket bo‘lib yurish. Qo‘l-larni belga qo‘yib, tizzalarni baland ko‘tarib yurish (“Toychalar”). Oldinga qadamba-qadam. Ishora bo‘yicha tarqalishib yugurib ketish (20 sekund yugurish), navbatdagi ishora bo‘yicha tezda kolonnadan o‘z joyini topib turish, oldinga yurishda davom etish (2 marta).

Tarbiyachi to‘rdagi koptoklarni ag‘daradi, bolalarning har biri bittadan koptokni oladi va 3 ta zvenoga bo‘linib, qayta saf- lanadi. Bir-biridan uzoqlashib turishadi.

  1. qism. Koptoklar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar.

  1. D.h.: tik turish, oyoqlarni zich qilib juftlash, koptokni past tomonda ushlab turish.

B.: koptokni yuqoriga ko‘tarish, kerishish, koptokka
tikilish; koptokni pastga tushirish (5–6 marta).

  1. D.h.: tik turish, oyoqlar juftlangan, koptok pastda.

B.: koptokni oldinga ko‘tarish, o‘ngga burilish, to‘g‘ri tu- rish, koptokni pastga tushirish. Koptokni oldinga ko‘tarish chapga burilish, to‘g‘ri turish, koptokni pastga tushirish (har bir tomonga to‘rt martadan).

  1. D.h.: to‘g‘ri turish, oyoqlarni kengroq ochish, oyoqlar parallel holda koptok pastda ushlab turiladi.

B.: oldinga engashish, koptokni ikki qo‘l bilan polga urish;
rostlanish (5–6 marta).

  1. D.h.: to‘g‘ri turish, oyoqlar yelka kengligida, koptok past- da.

B.: cho‘qqayib o‘tirib, koptokni oldinga uzatish; rostlanish koptokni pastga tushirish.

  1. D.h.: o‘tirib orqaga suyanish, oyoqlarni rostlab uzatish. B.: koptokni oyoq kaftlari orasida ko‘tarib, oyoqni o‘ziga tortib yig‘ish, koptokni tushirib yubormasdan yana oyoqni

rostlab uzatish (2–3 marta).

  1. D.h.: chalqanchasiga yotish, qo‘llar boshdan yuqoriga ko‘tarilib pol ustida uzatilgan, koptokni ikki qo‘llab ushlab tu- rish.

B.: chalqancha yotgan holdan o‘girilib qorin bilan yotish va
buning aksini bajarish (3–4 marta).

  1. Tarbiyachining sanog‘i bilan hamma birgalikda qo‘lda koptok ushlab turgan joyda irg‘itib sakrash (10 ta irg‘itib ikki marta takrorlash);

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling