O‘rta maxsus kasb-hunar


Download 0.83 Mb.
bet88/93
Sana06.11.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1750403
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Nazorat uchun savollar


  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning mustaqil harakat faolligini oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida qanday shart-sharoit yaratish mumkin?

  2. Bolalar harakat faolligini oshirish uchun tarbiyachi qan- day vositalardan foydalanadi?



      1. §. Maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada jismoniy tarbiya bayramlarini o‘tkazish metodlari


Hozirgi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi tizimida bolalar faol dam olishining eng maqbul va sa- marali shakli sifatida namoyon bo‘lgan sport bayramlari mus- tahkam o‘rin egallaydi.


Sport bayramlari bolalarning har tomonlama rivojlanishi va tarbiyasi uchun katta ahamiyatga ega. Bayram vaqtida bolalar turli xil harakat faoliyatida – mashqlar, harakatli o‘yinlar va sport o‘yinlari, estafeta, raqslar attraksionda qiziqib ishtirok etadilar. Katta emotsional ko‘tarinki ruh bilan harakat qilib musobaqa sharoitida eng yaxshi natijalarga erishishga intilib, bolalar jismonan takomillashadilar. Tengdoshlari jamoasida
mustaqillik va tashabbuskorlikni namoyon bo‘lishi bolalar bilan ilgari o‘zlashtirilgan harakat ko‘nikma va malakalarning faol qo‘llanishiga, epchillik, tezlik, chidamlilik va boshqa foydali sifatlar hamda qobilyatlarni rivojlantirishga yordam beradi.
Bayramlarga qatnashish va ularga tayyorlanish davomida bolalar katta emotsional va estetik qoniqish hosil qiladilar, umu- miy quvonchli kechinmalar bolalar va kattalarni birlashtiradi, ularning xotirasida saqlanib qoladi.
O‘rtoqlar bilan birgalikdagi faoliyat o‘yinlar, bayram va boshqa musobaqa turlari o‘tadigan joylarning chiroyli jihoz- lanishi, ajoyib kiyimlar, rang-barang emblemalar, musiqani yangrashi, bayramni tantanali ochilishi va yopilishi bolalarda go‘zallik hissi, yaxshi did, tasavvurini rivojlanishiga ta’sir qiladi. Bularning barchasi bolalar ijodini rag‘batlantiradi. Sport bayramlari bola shaxsiyatining shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar o‘rtoqlari yutug‘i va mag‘lubiyatlarini birgalikda boshdan kechirishga, ular yutuqlariga xursand bo‘la olishlariga, o‘zaro yaxshi, do‘stona munosabatlarini qo‘llab-quvvatlashga, o‘zidan kichiklarga g‘amxo‘r bo‘lishiga o‘rganadi. Ularda nafaqat individual, balki jamoa yutuqlariga erishishga intilish tarbiyalanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi sport bayramlari dasturidagi ko‘rsatmalarga muvofiq ravishda tashkil qilinadi. Ularning yil mobaynidagi soni (o‘rta guruhda bir yilda ikki marta, katta va tayyorlov guruhlarda-uch marta), o‘tkazish davrlari davomiyligi (60 minut, 1 soat, 30 minut), bolalarning yoshi, bayram o‘tkazish sharti, vazifalari va mazmuniga muvofiq farqlanadi.
Yil boshida sport bayramlari o‘tkazilishini aniq belgilash maqsadga muvofiqdir. Bu esa sport bayramlarini, “Navro‘z”, “Mustaqillik” va boshqa umumxalq tantanalari kunlari bilan qo‘shib olib borish imkonini beradi. Bayram dasturini tuzish- da turli yil fasllari o‘rtasidagi bog‘lanishni e’tiborga olish zarur. Sport bayramlarini yozgi sog‘lomlashtirish davrida tashkil qilish qulay. Bunday bayramda barcha bolalarning faol harakati bayramni nishonlashning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyatining muhim omilidir. Ochiq havoda tashkil qilingan sport bayramlari
bolalarni sog‘lomlashtirish va chiniqtirish uchun juda katta foyda keltiradi. Bayram vaqtida bolalarning kiygan kiyimlari yuqori harakatlanish faoliyatiga mos bo‘lishi kerak.
Sport bayramlarini xonada o‘tkazish uchun qoidalarga rioya qilish, bolalarning ochiq havoda bo‘lish vaqtini bayramlar hisobiga qisqartirishga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Umumxalq bayramlarini va boshqa bayramlarni o‘tkazishda yaqinda joylashgan sport inshootlari, maydon, manej, sport zallari, basseyn va boshqalardan keng foydalanish tavsiya etiladi. Bu esa bolalar qalbida bir umr muhrlanib qoladi.
Bayramlarni tashkil qilishga bo‘lgan muhim talablardan yana biri ularni turli yil fasllarida o‘tkazishdir. Shunga ko‘ra, ular turli xil tabiiy shart-sharoitlarda o‘tkazilishi mumkin. Bayramning o‘tkazilish joyi ko‘p holda uning mavzusi, tuzilishi, tayyorlov ishlari va jihozlanishning o‘ziga xosligiga bog‘liqdir. Bayram dasturini tuzishda, mavzusini aniqlashda, mazmuni va jihozlanishni tanlashda iqlim-geografik, iqtisodiy, ijtimoiy sharoitlarning o‘ziga xosligi, O‘zbekiston Respublikasi, viloyat, tuman, milliy an’analari xususiyatlarini hisobga olish maqsadga muvofiq.
Sport bayramini muvaffaqiyatli o‘tkazishni ta’minlash uchun unga o‘z vaqtida tayyorgarlik olib borilishi kerak. Bayramlar soni, ularni o‘tkazish muddatlari maktabgacha ta’lim muassasasi ish rejasida belgilanadi.



      1. Download 0.83 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling