Dastur nomi
|
Diplom oldi amaliyoti
|
Ajratilgan soat
|
252 soat
|
Mavzular soni
|
21
|
Dasturning maqsadi
|
“Qurilish materiallari”;
“Geodeziya” va “Bino va inshootlarni barpo etish”;
”Qurilish jarayonlari texnologiyasi” fanlaridan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash;
“G‘isht va tosh terish ishlari” bo‘yicha dastlabki kasbiy amaliy ko‘nikamalarni shakllantirish.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
Bino va inshootlar qurilishida devorlarni qulf-kalit qilib terish qoidalarini;
devor, ustun, pardadevor;
tutun va ventilyasiya kanallari, arka va gumbazlar terishni;
g‘isht-tosh teruvchilarning ish o‘rinlarini tashkil etishni;
so‘ri va havozalarda ishlash qoidalarini;
g‘isht-tosh terimining sifatini tekshirishni;
g‘isht-tosh terishda texnika xavfsizligi qoidalarini;
g‘isht-toshdan terilgan bino qismlarini ta’mirlash ishlarini va gidroizolyatsiyalashni bajara oladi.
|
Bilimlar
|
bino va inshootlar devorlarini pishiq g‘ishtdan qulf-kalit qilib terish qoidalari;
pishiq g‘isht, devor terishda ishlatiladigan tabiiy toshlarning hususiyatlari;
sopol plitka, devor qoplashda ishlatiladigan tabiiy toshlarning hususiyatlari;
g‘isht-tosh terish ishlarini bajarish jarayonida texnika xavfsizligi bo‘yicha;
bir va ikki kvartirali hovliga ega bo‘lgan turar-joy binolarining hajmiy-tarhiy yechimlari;
ko‘p kvartirali bloklashgan turar-joy binolarining hajmiy-tarhiy echimlari;
qurilish jarayonlarini texnologiyasi;
qurilishda ishlab chiqarishni texnologik loyihalash;
qurilish jarayonlari texnologiyasini asosiy hujjati- texnologik xarita;
texnologik xarita tuzish.
|
Ko‘nikmalar
|
devor, ustun, pardadevor terishni;
devorni sun’iy va tabiiy toshdan tayyorlangan materiallar bilan qoplashni;
g‘isht-tosh terimining sifatini tekshirishni;
g‘isht-toshdan terilgan bino qismlarini ta’mirlash ishlarini;
g‘isht-toshdan terilgan bino qismlarini gidroizolyatsiyalash ishlarini mustaqil bajara oladi;
|
|