O‘rta maxsus ta’lim


O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni


Download 145.5 Kb.
bet2/7
Sana30.10.2023
Hajmi145.5 Kb.
#1735412
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
фан дастури mutaxasislikka kirish

O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni

Ushbu fan talabalarda egallaydigan mutaxassislik bo‘yicha umumiy kasbiy qarashlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Fan oliy dargoxda bilim olishi jarayonida talabalarni mutaxassislik faoliyati turlari, uning jahon va respublikamizda tutgan o‘rni hamda roli, ta’lim muassasining tarixi, tuzilmasi, uni boshqarish tizimidagi bo‘g‘inlar, ulardan har birining o‘quv jarayonida tutgan o‘rni, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yetuk olimlar erishgan zamonaviy yutuqlar, shuningdek, soha bo‘yicha zaruriy nazariy tasavvur va amaliy ko‘nikmalar shakllantirishga imkon beradi.


«Mutaxassislikka kirish» kursi barcha umumkasbiy va mutaxasislik fanlarining asoslari haqida umumiy tushunchalar beradi. Shuningdek, soxalar bo‘yicha xorijiy va maxalliy ilmiy tadqiqot muassasalari bilan olib borilayotgan hamkorliklar va erishilgan natijalar xaqida boshlangich ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jixatdan uzviyligi «Mutaxassislikka kirish» fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs xisoblanib, 1-kursning 1-semestrida o‘qitiladi.
.
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi

Fanni o‘qitishdan maqsad - bo‘lib talabalarni yem-xashak ekinlari yetishtirish, o‘simlikshunoslik va agronomiyaning vujudga kelishi va ularning taraqqiyoti hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asoslari bilan tanishtirish, egallanajak mutaxassisligi bo‘yicha umumiy kasbiy qarashlarni shakllantirish hisoblanadi.


Fanni vazifasi – bo‘lib talabalarda mutaxassislik faoliyati turlari, yem-xashak ekinlari yetishtirish texnologiyalari, agronomiya fani asoschilari, agronomiyaning jaxon va respublikamizda tutgan o‘rni hamda ro‘li, respublika qishloq xo‘jaligining xozirgi axvoli va rivojlantirish istiqbollari, soxada amalga oshirilayotgan isloxotlar, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy vositasi bo‘lgan tuproq va uning unumdorligi, iqlim sharoitlari va uni boshqarish, keng tarqalgan madaniy o‘simliklar, respublikada ekinlarnni joylashtirish xolati haqida va erishgan zamonaviy yutuqlar, resurs tejamkor texnolgiyalardan keng foydalangan xolda arzon va sifatli qishloq xo‘jalik maxsulotlari yetishtirish kabi agronomiyaga taalluqli masalalar bo‘yicha zaruriy nazariy tasavvur va amaliy ko‘nikmalar shakillantirish xisoblanadi.
«Mutaxassislikka kirish» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
-fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiya, respublikada ekinlarni joylashtirish xolati, respublika qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga oid qonun va huquqiy-me’yoriy xujjatlar, agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, hozirgi zamon taraqqiyotida butun jahon, shu jumladan O‘zbekiston taraqqiyoti strategiyasida jamiyat va tabiatning o‘zaro munosabatining asosiy xususiyatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
-respublika ta’lim tizimi, turlari, bosqichlari va shakllari, mutaxassislik faoliyati turlari va ob’ektlarini, agronomiya fanining jahon va respublikamizda tutgan o‘rni hamda ro‘lini; -respublika qishloq xo‘jaligining hozirgi ahvoli va rivojlantirish istiqbollarini, ta’lim muassasining tarixi, tuzilmasi, uni boshqarish tizimidagi bo‘g‘inlar, ularning o‘quv jarayonida tutgan o‘rni va vazifalarini, soha bo‘yicha yetuk olimlar va ular erishgan zamonaviy yutuqlarni, o‘quv va ilmiy adabiyotlardan foydalanish, agrar fani yutuqlaridan mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirish jarayonida foydalanish, qishloq xo‘jaligi ixtisosliklaridan maqbulini tanlay olish va unga o‘zining asosiy faoliyatini yo‘naltira olishni bilish;
-resurs tejamkor texnolgiyalardan keng foydalangan xolda arzon va sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtirish, axborot-resurs markazi, bibliografik manbalar, zamonaviy axborot texnologiyalaridan maqsadli va samarali foydalanish, agrar soxadagi ilmiy yechimlarni umumlashtirish, tahlil etish, tegishli xulosalar chiqarish va undan ta’lim jarayonida foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.



Download 145.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling