O‘rta maxsus ta’lim


-Mavzu Ekin maydonlari ratsional strukturasi


Download 145.5 Kb.
bet5/7
Sana30.10.2023
Hajmi145.5 Kb.
#1735412
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
фан дастури mutaxasislikka kirish

9-Mavzu Ekin maydonlari ratsional strukturasi

Ekin maydonlari strukturasining tabiat muhofazasi va tuproqni himoyalashga yo‘naltirilishi, xududlarni ichki xo‘jalik sharoitlariga ko‘ra tashkillashtirish, tuproq-iqlim sharoitlari va xo‘jalikda yerdan foydalanishni rejalashtirish xususiyatlari to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlar beriladi.




8-Modul. Ekologik toza mahsulot yetishtirish


10-Mavzu Ekologik toza mahsulot yetishtirish

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan andoza talablar, mahsulotning kimyoviy tarkibi va sifatiga ta’sir etuvchi omillar, og‘ir metallar, nitratlar miqdori, mahsulot sifatini nazorat qilish va oshirish to‘g‘risida bilim va ma’lumotlar beriladi.




9-Modul. Oziq-ovqat xavfsizligi


11-Mavzu. Oziq-ovqat xavfsizligi

Bugungi kundagi jahon bo‘yicha oziq-ovqat muammosi, uning oqibatlari, oziq-ovqat muammosini ijobiy hal etish yo‘llari, ekinlar hosildorligini oshirish, sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.




10-Modul. Qishloq xo‘jaligining respublika iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati


12-Mavzu. Qishloq xo‘jaligining respublika iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati

Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari, uning rivojlanish xolati, qishloq xo‘jaligidagi islohatlar, muammolar va kelajakdagi vazifalar, respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligining tutgan o‘rni to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.


IV. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar


Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi.


1. Qishloq xo‘jaligining rivojlanish tarixi.
2. O‘zbekiston va jahon qishloq xo‘jaligi sohasini qiyosiy o‘rganish.
3. Agronomiya sohasini rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.
4. Dala ekinlarini kelib chiqish markazlari va sistematikasini o‘rganish.
5. Donli ekinlar klassifikatsiyasi.
6. Noan’anaviy ekinlarning morfologiyasi va biologik xususiyatlarini o‘rganish.
7. Maxsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish.
8. Oziq-ovqat xavfsizligini ijobiy hal etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
9. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini, hosil strukturasini, hosilni bashorat qilishni o‘rganish.
10. Xashaki donli ekinlarning rivojlanish fazalari ozuqaviylik qiymati.
11. Don-dukkakli ekinlarning rivojlanish fazalari ozuqaviylik qiymati.
12. Tuganak mevali xashaki ekinlar klassifikatsiyasi ozuqaviylik qiymati, yangi navlari
13. Ildizmevali xashaki ekinlar ozuqaviylik qiymati,hosildorligi va navlari
14. Ekiladigan g’alladosh o‘tlar ahamiyati klassifikatsiyasi ozuqaviylik qiymati
15. Ekiladigan dukkakli o‘tlar ahamiyati klassifikatsiyasi ozuqaviylik qiymati
16. Yaylovshunoslik asoslari, yaylov o‘simliklari.
17. Cho‘l ozuqabob ekinlarining ozuqa chiqimi va qiymatini qiyosiy baholash.

Amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilinadi:


-amaliy mashg‘ulotlarining maqsadini aniq belgilab olish; o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyati bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish imkoniyatlariga talabalarda qiziqish uyg‘otish;
-talabada natijani mustaqil ravishda qo‘lga kiritish imkoniyatini ta’minlash;
talabani nazariy-metodik jihatdan tayyorlash;
-amaliy mashg‘ulotlari nafaqat aniq mavzu bo‘yicha bilimlarni yakunlash, balki talabalarni tarbiyalash manbai hamdir.



Download 145.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling