O’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


 Jamiyat qonunlari va uning turli ijtimoiy-tarixiy  davrlarda namoyon


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana30.06.2020
Hajmi0.91 Mb.
#122374
1   2   3   4
Bog'liq
ijtimoiy taraqqiyot qonunlari va ularning fuqarolik jamiyatida amal qilishi


1.2. Jamiyat qonunlari va uning turli ijtimoiy-tarixiy  davrlarda namoyon 

bo’lishi

 

Jamiyatning  progressiv  taraqqiyotini  aks  ettiruvchi  shunday  qonuniyatlar 

borki, har bir jamiyat o’z tarixiy taraqqiyotini bevosita shu qonunlar ta’sirida bosib 

o’tadi.  Bu  qonunlar  obyektiv  hususiyatga  ega  bo’lib,  uni  to’g’ri  anglash,  amaliy 

faoliyatni shu qonunlarga muvofiqlashtirish taraqqiyotning garovi hisoblanadi. 

Inson  hayot  kechirar  ekan  o’z-o’zidan  ma’lum  bir  obyektiv  qonunlarning  

kuchli  ta’siri  ostida  bo’ladi.  Biz  bunda  insonni  o’rab  olgan  tabiat  va  jamiyatdagi 

turli  hodisalar  va  jarayonlarning  umumiy  yo’nalishini  belgilab  beruvchi  tabiat  va 

ijtimoiy  qonunlarga  duch  kelamiz.  Insonning  biologik  mavjudligi  tabiiy  qonunlar 

ta’sirida  bo’lsa,  shaxs  sifatida  takomillashuvi  esa  ijtimioiy  qonunlar  ta’sirida 

bo’ladi. Tabiiy qonunlar  ham,  ijtimoiy  qonunlar  ham amal qilish  muddati,  hodisa 

va jarayonlarni qamrab olish darajasiga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi. 

 - Butun insoniyat tarixi davrida amal qiluvchi qonunlar. Ular hyech qachon 

o’z  kuchi  yo’qotmaslik  sifatiga  ko’ra  tabiat  qonunlariga  yaqin  turadi.  Bu  qonun 

mavjudligi  jamiyat  mavjudligi  bilan  bog’liq,  jamiyat  yo’qolsa  bu  qonunlar  ham 

yo’qoladi. 

-  Ayrim  ijtimoiy  –  tarixiy  davrlarda  namoyon  bo’lib  ma’mum  shart  –

sharoitlar  yo’qolgach  o’z  kuchini  yo’qotuvchi  qonunlar.  Bu  qonunlar  yuqoridaga 

qonunlar ta’sirida bo’lib, uning shartlariga javob bera olmagan taqdirda o’z o’rnini  

bo’shatib beradi. Bu qonunlar sivilizasion yondashuvga ko’ra sivilizasiyaning  turli 

bosqichlarida  -  yovvoyilik,  varvarlik,  agrar,  industrial,  informasion  -  kompыyuter 

davrlarida,  formasion  yondashuvga  ko’ra  -  ibtidoiy  jamoa,  quldorlik,  feodalizim, 

kapitalizm,  kommunizm  formasiyalarida  alohida  shaklda  namoyon  bo’ladi, 

to’g’rirog’i bir sivilizasiya davrida yoki birgina formasiyada amal qiladi. 

-  Alohida  davrlarda,  nisbatan  qisqa  muddatlarda  amal  qilib  obyektiv    va 

subyektiv  shart-sharoitlar  yo’qolishi  yoki  o’zgarishi  bilan  o’z    ta’sirini  yo’qotadi 

va boshqa obyektiv qonunlarga o’z o’rnini bo’shatib beradi. Bu qonunlarning amal 

qilish  muddati  ma’lum  sivilizasiya  bosqichining  ayrim  davrlarida  yoki  bir 

formasiyaning  ma’lum bir jarayonlarini qamrab oladi. Bu qonunlar asosan birgina 


 

24 


ijtimoiy-siyosiy  tuzum  sharoitida  amalda  bo’ladi.  Mavjud  ijtimoiy-siyosiy, 

ijtimoiy-iqtisodiy  tuzum  va  shart-  sharoitlar  yo’qolishi  yoki  o’zgarishi  bilan  o’z 

faoliyatini yo’qotadi. 

Biz  jamiyat  qonunlarining  bunday  bo’linish  tamoyilarini  umumiy,  hususiy 

va  yakka  qonunlar  nomi  bilan  ataymiz.  Bu  qonunlar  iyerarxik  bo’ysunish 

tamoyiliga    amal  qiladi,  ya’ni  umumiy  qonunlarning  yo’qolishi  (jamiyatning 

yo’qolishi)  hususiy  va  yakka  qonunlarning  yo’qolishi  esa  o’z  navbatida  hususiy 

qonunlarning  o’z kuchini yo’qotishiga olib keladi. 

Ijtimoiy  qonunlar  jarayonlarni  qamrab  olish  darajasiga  ko’ra  yoki  ijtimoiy 

hayot  sohalari  va  ijtimoiy  munosabatlarni  qamrab  olish  darajasiga  qarab  ham 

ma’lum turlarga bo’linadi. Bular: 

- Butun ijtimoiy hayotni qamrab oluvchi qonunlar. Bu qonunlar jamiyatning 

ham  moddiy,  ham  ma’naviy  hayotini  va  ijtimoiy  munosabatlarning  barcha 

jarayonlarini  qamrab  oladi.  Biz  bunda  ko’proq  dialektika  qonunlari  ta’sirida 

bo’lamiz. 

-  Jamiyat  hayotining  ma’lum  sohasida  amalda  bo’ladigan  qonunlar.  Bu 

qonunlar  yo  moddiy  hayotni,  yoki  ma’naviy  hayotni  qamrab  oladi,  ya’ni  jamiyat 

hayotini bir sohasida namoyon bo’ladi. 

- Jamiyat hayotining ma’lum hususiy sohasini qamrab oluvchi qonunlar. Bu 

qonunlar  moddiy  hayotning  birgina  sohasida:  ijtimoiy  yoki  iqtisodiy  sohada 

namoyon  bo’ladi.  Ma’naviy  hayotning:  siyosiy,  ahloqiy,  mafkuraviy,  ma’naviy, 

diniy sohalari va munosabatlarining faqat bbirginasida namoyon bo’ladi. 

Bu  konunlar  xam  iyerarxik  buysunish  tamoyiliga  amal  kiladi.  Bu  konunlar 

o’rtasidagi  aloqadorlik  xam  ma’lum  qonuniyatga  buysinadi.  Biz  bunda  “qonunlar 

qonuni”ga  yani  dialektika  konunlariga  duch  kelamiz.  Yuqorida  amal  kilish 

muddatiga  va  ijtimoiy    jarayonlarni  qamrab  olish  darajasiga  ko’ra  tasniflangan 

qonunlarning  o’zaro  aloqadorligini  aniqlash  mushkil  masala.  Bu  jarayonni    ham 

dialektika  qonunlari    “nazorat”  qiladi.  Ammo  masalaning  murakkab  tomoni 

shundaki  qonunlar  ichida  “xukmdor”  bo’lgan  dialektika  qonunlariga  ko’ra  barcha 

ijtimoiy  hodisalar  kabi  ularning  umumiy,  zaruriy  va  muhim  aloqalarini  va 



 

25 


yunalishini  aks  ettiruvchi  ijtimoiy  qonunlar  ham  o’zgarib  boradi.  Ammo  biz  bu 

qonunning  natijisini  o’ziga  nisbatan  ham  qo’llashimiz  mumkin.  Bunda  natija 

qanday  bo’ladi?  Dialektika  qonunlari  ham  o’zgaradimi?  Bu  kabi  savollarga 

gnoseologik nuqtai nazardan kelib chiqib shunday javob berishimiz mumkin:  

Bu qonun obyektiv hususiyatga ega bo’lib, uning o’zgarishi subyektiv talqin qilish 

va  tushunish  bilan  bog’liq.  Masalan,  Gegel’  dialektika  qonunlarini  jamiyatga 

nisbatan  qo’llar  ekan,  bunda  idealistik  nuqtai  nazardan  yondashadi.  Undan 

dialektikani    “meros”  qilib  olgan    Marks  esa  uning  aksi  sifatida  materialistik 

pozisiyada    turdi.  Vaholanki,  dialektika  qonunlarini  chegaralab,  ma’lum  bir 

omillari  doirasidagina  tushunish  ham  bu  qonun  shartlariga  to’g’ri  kelmaydi. 

Chunki,  dialektika  qonunlari  universal  harakterga  ega.  U  jamiyatda  ham,  tabiatda 

ham doimo mavjud. Umakon va zamonda chegara bilmaydi. 

Shuning  uchun  biz  jamiyat  qonunlarining  namoyon  bo’lish  shakllarini 

o’rganishimizda birinchi navbatda dialektika qonunlari bilan hisoblashmog’imiz va 

undan usul sifatida foydalanishimizga to’g’ri keladi. 

Inson  jamiyat  deb  atalmish  ijtimoiy  makonda  yashar  ekan,  doimo  ma’lum 

normalar,  qoidalar  ta’sirida  bo’ladi.  Jamiyat  ham  o’z  navbatida  qandaydir 

qonunuyatlar  asosida  taraqqiy  etadi.  Inson  faoliyatini,  hatti-harakatlarini  nazorat 

qiluvchi normalar - ahloqiy va huquqiy normalardir.  

Aksariyat  holatlarda  bu 

normalar qonun deb ham ataladi.  

 

 



Ammo  biz  qonun  shaklidagi 

normalar bilan obyektiv qonunlarni  farqlashimiz lozim. Ularning farqlari, 

birinchidan, jamiyat qonunlari obyektivdir. Uni inson hohish irodasi asosida, 

subyektiv  tarzda  o’zgartirib  bo’lmaydi.  Huquqiy  qonunlar  esa  “o’z  subyektlariga 

ega”

1

. Ular ijtimoiy - siyosiy tizimning yuqori tuzilmalarida ishlab chiqiladi; 



ikkinchidan, xuquqiy qonunlar asosan inson orqali jamiyatga ta’sir o’tkazsa, 

jamiyat qonunlari jamiyat orqali insonga ta’sir o’tkazish hususiyatiga ega; 

uchinchidan,  xuquqiy  qonunlar  jamiyat  qonunlariga  nisbatan  qisqa  muddat 

faoliyat ko’rsatadi va tez o’zgarib boradi. 

                                                                            

1

 Гегель Г.В.Ф. Философия права. М., 1990,  67-бет. 



 

26 


to’rtinchidan,  xuquqiy  qonunlarning  amal  qilishi  birdaniga  boshlanib, 

birdaniga  tugaydi  (Bu  asosan  mavjud  huquqiy  qonunlarni  obyektiv  raraqqiyot 

qonunlariga  to’g’ri  kelmay  qolishi  va  buning  o’z  vaqtida  jamiyat  tomonidan 

anglanishi bilan bog’liq). Jamiyat qonunlari esa tadrijiy o’zgarib boradi. 

beshinchidan, xuquqiy qonunlarga amal qilish subyektiv  majburlov apparati 

(masalan:  huquqni  himoya  qiluvchi  davlat  organlari)    yordamida  nazorat  qilinadi. 

Jamiyat qonunlariga amal qilmaslik esa jamiyatni obyektiv inqirozga olib keladi (II 

bobda bayon qilingan).  

oltinchidan, xuquqiy qonunlar obyektiv jamiyat qonunlariga muvofiq kelishi 

lozim.  Aks  holda,    huquqiy  qonunlar  real  voqyelikdan  uzoqlashib  romantik 

qonunlarga  aylanib  qoladi.  Inson  va  jamiyat  obyektiv  ravishda  quyidagi  qonunlar 

ta’siri bo’ladi:  

                                                 Dialektika qonunlari 

 

Jamiyati qonunlari (umumiy , hususiy, yakka) 

 

 

Yuridik qonunlar va axloqiy normalar 

 Bu  holat qonunning abstraktlikdan konkretlikka,  umumiylikdan  yakkalikka 

qarab borish jarayonidir. 

Jamiyat  qonunlarining  obyektiv  shart-sharoitga  to’g’ri  kelmay  o’z  kuchini 

yo’qotishi,  o’zgarib  borishi  va  o’z  o’rnini  yangisiga  bo’shatib  berishi  birdaniga 

kechmaydi. Bunda dialektikaning inkorni - inkor qonuni namoyon bo’ladi va asta-

sekinlik  bilan  miqdor  o’zgarishlarining  tub  sifat  o’zgarishlariga  o’tish  qonuni 

orqali  amalga  oshadi.  Eski  va  yangi  qonun  o’rtasidagi  almashinuvning  eng  oxiri 

“qizil  chizig’”i  bo’lgan  sakrash,  ya’ni  revolyusiya  sodir  bo’ladi.  Sakrash  tadrijiy 

taraqqiyot  natijasida,  ma’lum  bir  obyektiv  shart-sharoitlar  yetilgandagina  ro’y 

berishi  mumkin  Agar  sakrash  sun’iy  tarzda,  obyektiv  shart-sharoit  yetilmasdan 

turib,  ayrim    subyektiv  omillar  natijasida  amalga  oshirilsa  ,  keskin  o’zgarishlarga 

olib keladi  va paranormal  (g’ayritabiiy,  obyektiv emas) qonunlar asosiga  qurilgan 


 

27 


ijtimoiy  nosog’lom  jamiyatni  yuzaga  keltiradi.  Marksizm  ilgari  surgan  jamiyat 

ham  mana  shu  holatlarni  aks  ettirgan  edi  (Bu  haqda  keyingi  bobda  aniqroq 

to’xtalamiz). 

Jamiyatning  obyektiv  taraqqiyoti  qonunlari  turli  ijtimoiy  davrlarda  turli  xil 

va  turli  ko’rinishlarda  namoyon  bo’lgan.  Buni  aniqlash  uchun  jamiyatning  tarixiy 

taraqqiyot  bosqichlarini  davrlarga  bo’lib  o’rganish  maqsadga  muvofiqdir.  Bunda 

biz  hozirda  bir-biriga  qarama-qarshi  qo’yilayotgan  jamiyat  tarixiga  ilmiy-falsafiy 

yondashishning  formasion  va  sivilizasion  konsepsiyalariga  duch  kelamiz.  Bu 

muammoni  “yoki-yoki”  tamoyili  bilan  emas,  balki  ijodiy  yondashgan  holda  “va-

va”  tamoyili  orqali  hal  qilish  lozim”

1

.  Bu  ikki  konsepsiya  o’rtasidagi  bog’liqlik 



quyidagi sxema orqli aniqlanadi:  

 

   



 

 

 



 

FORMASIYa VA SIVILIZASIYa BOSQIChLARINING MUNOSABATI 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



                                                                            

1

 Крапивенский С.Э. Цивилизационный подход к концепции человека и проблема гуманизации 



общественных отношений. Волгоград: ВолГУ, 1998, 28-бет 

ЁВВОЙИЛИК ВА ВАРВАРЛИК, ЯЪНИ 

ЦИВИЛИЗАЦИЯГАЧА БЎЛГАН 

ДАВР 

ИБТИДОИЙ ЖАМОА 

ФОРМАЦИЯСИ 

АГРАР ЦИВИЛИЗАЦИЯ БОСҚИЧИ 

ҚУЛДОРЛИК 

ФОРМАЦИЯСИ 

ИНДУСТРИАЛ ЦИВИЛИЗАЦИЯ 

БОСҚИЧИ 

ФЕОДАЛИЗМ 

ФОРМАЦИЯСИ 

КАПИТАЛИЗМ 

ФОРМАЦИЯСИ 

 

28 


 

 

 



 

 

 



 

 



1-chizma

 

Yuqoridagi  holatdan  kelib  chiqib    shuni  aniqlash  mumkinki,  postindustrial 



sivilizasiya  va  kommunizm  formasiyasidan  yuqoridagi  ijtimoiy  tarihiy  davrlar 

o’zaro  bir-birini  to’ldiradi  (postindustrial  sivilizasiya  va  kommunizm  formasiyasi 

munosabati  bundan  mustasno).  Ya’ni,  bir  sivilizasiya  bosqichida  bir  necha 

formasiya bo’lishi yoki bir nechta regional sivilizasiya(jamiyat)lar bir formasiyada 

faoliyat  yuritishi  mumkin.  Garchi  formasion  yondashuv  ma’lum  kamchiliklarga 

ega  bo’lsa-da,  moddiy  ishlab  chiqarish  munosabatlarini  aks  ettiruvchi  qonunlarni 

ifodalashi bilan birmuncha ahamiyatga ega.    

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



ПОСТИНДУСТРИАЛ 

ЦИВИЛИЗАЦИЯ БОСҚИЧИ 

КОММУНИЗМ 

ФОРМАЦИЯСИ 

 

29 


 

II.BOB O’ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATINING 

RIVOJLANTIRISH SHAROITIDA IJTIMOIY TARAQQIYOT 

QONUNLARINING NAMOYON BO’LISHI 

2.1. Mustaqillik – jamiyatning o’zini-o’zi boshqarish va o’zini-o’zi tashkil 

qilish qonunlarining namoyon bo’lishida asosiy ijtimoiy-tarixiy shart-sharoit

 

 

Jamiyat  qonunlarini,  uning  taraqiyotini  “eski  ideologiya”  paradigmasi 



asosida,  hyech  qanday  taraqqiyot  variantini  hisobga  olmagan  holda  belgilash  va 

yo’naltirish    butun  Sobiq  ittifoq    davlatlarini,    hususan  O’zbekistonni  ham  erkin 

taraqqiyotdan  mahrum  etib  keldi.  Avval  Marks  tomonidan  ilgari  surilgan,  

keyinchalik    V.  Lenin  tomonidan  keng  targ’ib  etilgan  va  ijtimoiy  hayotga  tadbiq 

etilgan  taraqqiyotning  sosializm  orqali  komunizmga,  ya’ni  eng  adolatli,  farovon 

hayotni  kafolatlovchi  jamiyatga  olib  boradigan  taraqqiyotning  bir  yo’nalishli, 

yakka variantli modeli tarixning obyektiv shartlariga, zarbalariga dosh bera olmadi. 

Bu hol Rossiyaning o’zida ayanchli oqibatlarga olib kelgan bo’lsa,  uning ittifoqchi 

mamlakatlarida  (aslida  uning  mustamlakalari  edi)  buning  oqibati  ikki  hissa  ortiq 

bo’ldi.  Jamiyat  hayotining  siyosiy  sohada  ma’muriy  buyruqbozlikka,    iqtisodiy 

sohada  davlat  monopoliyasiga,    ijtimoiy  sohada  xususiy  mulkchilikning  inkori 

sifatidagi  umumiy  mulkchilikka,  ma’naviy  sohada  esa  asrlar  osha  shakllanib 

kelgan  milliy  ma’naviy  qadriyatlarni  yo’q  qilish  evaziga  joriy  etilgan  baynalmilal 

(internasional)    kommunistik  mafkura  asosiga  qurilishi  jamiyatning  erkin 

taraqqiyoti qonunlariga zid edi.  

Jamiyat  taraqqiyotining  asosida  muhim  bir  ijtimoiy  qonunlardan  biri, 

jamiyatning  o’zini  -  o’zi  boshqarish  va  o’zini-o’zi  tashkil  qilish  qonunlari  yotadi. 

Har  bir  jamiyat  tarixning  orqaga  qaytmas  rivojlanish  jarayonida  o’z  taraqqiyotini 

avvalo  shu  ikki  qonun  asosida  belgilaydi  va  yo’naltiradi.  Bu  jamiyatning  huddi 

biologiyada  odamning  va  boshqa  jonzotlarning  obyektiv  shart-sharoitlarga 

adaptasiya, ya’ni moslashuvi sifatidagi o’zini-o’zi takomillashtirib boruvchi  tabiiy  

jarayonning  ijtimoiy  shaklidir.  Ammo  jamiyatning  bunday  shakllanib  borishi  o’z-

o’zidan ro’y bermaydi. Bu jarayon, avvalo taraqqiyot subyektlari: inson va alohida 


 

30 


yetakchining  nazariy  va  amaliy  faoliyatiga,  hamda  intellektual  va  ma’naviy 

salohiyati  darajasiga  bog’liq  holda  amalga  oshadi.  Bundan  shunday  hulosaga 

kelinadiki, jamiyat  o’zini – o’zi boshqaruvchi va tashkillanuvchi substansiyadir

1

.  



 Ammo    bu    ikki    qonunning    nomoyon    bo’lishi  (realizasiyasi)    uchun  

muhim      ijtimoiy    shart-sharoitlar    kerak    bo’ladi.  Bular,  jamiyatning  siyosiy 

jihatdan  mustaqil  bo’lishligi;  jamiyatdagi  insonlar  siyosiy  jixatdan  faol  bo’lishi; 

kuchli  ijtimoiylashuv  muhitining  mavjudligi;  xuququiy  -  siyosiy  ong  va 

madaniyatning yetukligi. 

Birinchi  omil  asosiy  omil  hisoblanib,  keyingi  omillar  esa  uning  natijasi 

sifatida  nomoyon  bo’ladi.  Ayrim  hollarda  esa  qolgan  omillar  birinchi  omilni 

yuzaga keltiradi  yoki bir vaqtda o’zaro dialektik  aloqada ta’sir ko’rsatadi. 

Sobiq 

Ittifoqning 



mustabid-totalitar 

tuzumi 


hukmronligi 

davrida 


(xronologiya bo’yicha 1917-1991) bu qonunlar deyarli  amalda bo’lmadi. To’g’ri-

rog’i,  bu  ikki  muhim    ijtimoiy  qonun    Marksistik-Leninistik  nuqtai-nazardan 

baholandi.  Ya’ni,  inqilobiy  o’zgarishlarga  asosiy  urg’u  berildi  va  revolyusiya  - 

ijtimoiy  o’zini-o’zi  tashkil  qilishning  asosiy  usuli  sifatida  talqin  etildi.  Avvalo, 

jamiyat  qonunlarining  fenomenlik  hususiyati  shuki,  har  bir  jamiyat  qonuni 

subyektiv  talqin  etilishi  yoki  subyektiv  manfaatlarga  yo’naltirilishi  mumkin. 

Bunday  holatni  biz  SSSRning  totalitar  tuzumida  ham  ko’rdik.  Bu  qonunlarni 

jamiyat taraqqiyotiga to’g’ri va holisona yo’naltirilishini nazorat qiluvchi mezon - 

inson omilidir. Ya’ni har bir ijtimoiy qonun  insonning baht-saodati uchun yo’nal-

tirilmog’i kerak. Jamiyat  qonunlarini  to’g’ri  anglab olish  va amaliyotga qo’llash  

ijtimoiy  faoliyatning  insonparvarlik  (gumanistik)  tamoyilidan  kelib  chiqmog’i, 

uning  manfaatlariga  zid  kelmasligi   yoki   uni   ijtimoiy   harakatlarning  faqatgina 

obyektiga  aylantirib    qo’ymasligi    lozim.  Jamiyatning  o’zini-o’zi    tashkil  etish 

qonuni  inson    faoliyati    bilan    bog’liq    holda    kechadigan    ijtimoiy  jarayondir. 

Uning  subyekti  inson  va  xalqdir.  Avvalo,  bu  ikki  qonun  alohida  ihotalangan  

qonun emas, ya’ni  boshqa  qonunlar:  ehtiyojlarning ortib borishi qonunini, ishlab 

chiqarish  va  tehnologiyaning  takomillashib  borishi    qonuni,  moddiylik    va  

                                                                            

1

ПетровВ.П . Движущие силы и основные пути развитие человечского общества.  “Геодезия”.  М.,  2000, стр.16.



 

 

31 


ma’naviy  uyg’unligi  qonuni, taraqqiyotning fikrlar hilma-hilligi  asosida  yuzaga  

kelishi  qonuni,  aholining    jipslashishi  (ijtimoiy  gravitasiya)  qonuni,    mafaatlar 

uyg’unligi    qonuni  va  boshqa  ijtimoiy  qonunlar  bilan  o’zaro  dialektik  alokada 

yuzaga keladi.  

O’zini - o’zi boshqarish qonuniga ko’ra, jamiyat ikki sistema uyg’unligidan 

iborat: boshqaruvchi  ichki  tizimi  va  boshqariluvchi  ichki  tizim (podsistema )

1

.

 



Avvalo  bu  qonun  jamiyatning  siyosiy  hayotining  aks  ettiruvchi  qonun 

bo’lib, ijtimoiy hayotning boshqa sohalariga ham bevosita ta’sir etish hususiyatiga 

ega. Bu  qonunning asosiy mohiyati shundaki, jamiyat  boshqa-ruvchi  tizimni  o’z 

manfaati    yo’lida  yaratadi.  Boshqariluvchi    tizim    ko’p-chilikni  tashkil  etib, 

jamiyatda  “ho’jayin”  hisoblanadi.  Boshqaruvchi  tizimni  tashkil  etuvchi    “elita” 

butun  xalq,  ya’ni  boshqariluvchi  tizim  manfaatlariga  mos  tarzda  faoliyat  yuritishi 

talab  etiladi.  Bu  qonun  aslida,  insoniyat  tarihida  davlatlar  vujudga  kelmasdan 

oldin, urug’-qabilachilik davrida shakllangan. Urug’ – qabilalar orasida boshqaruv 

tizimini tashkil etish qabila oqsoqollarini “saylash” ko’rinishida amalga oshirilgan. 

Davlatlarning  vujudga  kelishi  bilan  bu  jarayon  murakkabroq    tus  oldi.  Mulkiy 

tengsizlikning    vujudga  kelishi  o’zini-o’zi  boshqarish    va  tashkil  etish 

qonunlarining ayrim individlarning subyektiv ravishda boshqaruvchi tizim “a’zosi” 

ga,    hukmronlikka  intilishi  kabi  harakatlari  bilan  integ-rallashdi.  Jamiyat  tarixida 

muhim  ahamiyatga  ega  bo’lgan  bu  ikki  qonun  turli  davrlarda  turli  ko’rinishlarda 

namoyon bo’lgan. 

Sivilizasiyalar  tarixini  boshlab  bergan  Sharq  jamiyatlari:  Qadimgi  Misr, 

Mesopotamiya,  Xitoy  sivilizasiyalarida  bu  qonunlar  passiv  ko’ri-nishda  namoyon 

bo’lgan.  Bu  sivilizasiyalarda  davlat  boshqaruvi  despotik  usulda  bo’lib 

“markazlashgan 

buyruqbozlik 

jamoa 

davlatlari” 



(“sentralizovanno 

byurokratichesko - obщinnoye gosudarstvo”)



2

 deb nomlanadi. Bu sivilizasiyalarda  

                                                                            

1

 



 Петров.В.П. Движущие силы и основные пути развитие человечского общества.  М., “Геодезия”.  2000,

 

17-бет.                



( http://filosof.historic.ru/books/item/f00/s00/z0000993/st000.shtml ) 

  

 



2 Как Восток стал Востоком,  или “от Новуходоносора до Саддама”. “Партнер”.  Дортмунд,  № 7,  2003,   

стр. 70. (www.maranat. de) 



 

32 


davlat    ma’muriy  -  buyruqbozlik  asosida  markazlashtirilgan  va  xukmdorga 

“ilohiy”lik  maqomi  berilgan.  Hokimiyatning  “muqaddas”  sanalishi  va  uning 

avloddan-avlodga  meros  tariqasida  o’tishi  jamiyatning  o’zini-o’zi  boshqarish  va 

o’zini  –o’zi  tashkil  etish  qonunlarining  passiv  axamiyatiga  ega  bo’lganligini 

ko’rsatadi.  Bu  qonunlar  ayrim    davrlarda    qo’zg’olonlar  va  sulola(dinastiya) 

almashinuvla-ri  ko’rinishida nomoyon bo’lib turgan. 

Jamiyatning  o’zini-o’zi  boshqarish  va  tashkil  etish  qonunlari  davlat 

boshqaruvi  apparatiga  ega  jamiyatlarda  nomoyon  bo’ladi.  Chunki,  jamiyat  tashqi 

tashkil  qiluvchi  kuchlarsiz,    har-har  zamonda  ro’y  beruvchi  ijtimoiy  buhron 

(kataklizm)larni  o’zida  sodir  etib,  tashkillanuvchi  uyushma,  ya’ni  davlat  sifatida 

rivojlanadi 

1



Bu  qonunlarga  ko’ra  jamiyatning  boshqaruvchi  ichki  tizimi  turli  tarixiy 

davrlarda turli ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Masalan, ilk jamiyatlarda  kohinlar,  

ruhoniylar,    quldorlar;    G’arb  jamiyatlari  -  Yunon  va  Rim  davlatlarida  quldorlar, 

strateglar,    konsullar;    O’rta  asr  jamiyatlarida  feodallar,    dvoryanlar,  

pomeshchiklar,  zodagonlar,    boyarlar;  industrial    jamiyatlarda  burjuaziya,  

kapitalistlar    ko’rinishida  tash-killangan.  Jamiyatning    bunday    boshqaruvchi  

tizimi  o’z faoliyatida butun jamiyat manfaatlarini ifoda etmog’i lozim. Aks holda, 

bunday  “elita”      boshqaruvchi    ichki    tizimni    yemiradi    va    jamiyatni  tanazzulga 

olib  keladi. O’zini-o’zi tashkil qilish qonuni orqali jamiyat parchalanib  ketmaydi  

va haosga  aylanmaydi 

2



Eramizdan  avvalgi    VII  asr    o’rtalarida      qadimgi    Yunonistonda    ro’y  



bergan  “Yunon  mo’jizasi”,  ya’ni  falsafa,  fan,  adabiyot  va  san’atning  jonlanishi   

Yevropa  sivilizasiyasining  ma’naviy  asosini  yaratdi.

Insonda  mifologik   dunyokarashning   rasionallashuvi    okibatida  jamiyat  



boshkaruvida      xam    demokratiyalashuv    ro’y    berdi.  Eramizdan  avvalgi  V  asrga 

kelib    jamiyat    tarixida    ilk    demokratik      tartibdagi    shaxar  -  davlatlar    paydo  

                                                                            

1  B. П. Петров. Движущие силы и основные пути развитие человеческого общества.  М.,   «Геодезия».   

2000,  стр. 17.     ( http://filosof.historic.ru/books/item/f00/s00/z0000993/st000.shtml ) 

 

2



ПетровВ.П.. Движущие силы и основные пути развитие человеческого общества.  М.,  «Геодезия».  2000,  стр. 18.

 

http://filosof.historic.ru/books/item/f00/s00/z0000993/st000.shtml  



 

 


 

33 


bo’ldi. Afina  demokratik  polisi  (shaxar-davlat)ining  vujudga  kelishi  boshqaruv   

tizimidagi   “mo’jiza”  edi.  Xukmdor(strateg)larning  xalq  tomonidan   saylanishi   

va    muxim    qaror-larning    xalq    tomonidan      muxokama    qilinishi    ko’rinishida  

jamiyatning      o’zini-o’zi    boshqarish    va    o’zini-o’zi    tashkil    qilish    qonunlari  

to’laroq    namoyon      bo’ldi.  Bu    qonunning    ishlashi    ma’lum    ijtimoiy      shart-

sharoitlar    bilan    bog’liq  holda    kechdi,  ya’ni:    birinchidan,  falsafa    va    fanning  

taraqqiyoti,  ilmiy  falsafiy  bilimlarning  takomillashishi;  ikkinchidan,  Mifologik  

dunyoqarashning  chekinishi,  ilmiy dunyoqarashning  shakllanishi. 

Ammo,    bunday    to’g’ridan-to’g’ri    demokratiya,    faqatgina    shahar-davlat 

ko’rinishidagi  kichik  jamiyatlar  uchun   harakterli  hususiyatdir. Chunki  tarixiy  

shart-sharoitlardan  kelib  chiqsak,   demokratiyani  bu  davrda  yirik   jamiyatlarda   

tadbiq   yetib   bo’lmasdi. Afina   polisida   saylovlar  ochiq  tarzda  va  maydonda   

o’tkazilgan.   Shahar-davlatda  faqatgina   birgina  saylov   okrugi (agora)  mavjud  

bulib,  unda  jamiyatning   tub erkin  erkak  aholisi  ishtirok  etganligini   hisobga   

olsak,    bunday      jamiyatda    o’zini-o’zi    tashkil    qilish    va    boshqarish,      butun   

jamiyat      manfatlarining      tuliq      ifodalanishi      cheklanganligini        ko’rishimiz   

mumkin.  Qullar  va    ayollar   jamiyatning   boshqaruvchi   ichki  tizimini  tashkil  

etsa-da,    ammo      boshqaruvchi      ichki      tizim    faoliyatiga    ta’sir    etish   

imkoniyatiga   ega     bo’lmaganlar. 

Antik      davr      faylasufi      Platon,    bunday      shahar-davlat    aholisi      5040 

xujalikdan    iborat      bo’lishi    va    saylovda      fuqarolar      o’zaro      bir-birini      tanish  

darajasida   bo’lishi   lozimligini   takidlaydi

1

. Demokratiyaning   bunday   sodda   



ko’rinishi   ma’lum   cheklanganlikka   qaramay   insoniyat   tarixida   ilk   adolatli   

jamiyat      boshqaruvi      edi.  Hozirgi      davrgacha    Afina      demokratiyasi      ayrim   

ijtimoiy-falsafiy oqimlar   tomonidan   ideal   jamiyat  sifatida   baholanadi. 

Ko’rinib  turibdiki,   o’zini-o’zi  boshqarish  va   o’zini-o’zi  tashkil  qilish 

qonunlari   demokratik   boshqaruv   tizimlarida    faol   harakat   qiladi.   Bu   ikki  

qonun      jamiyatning    va    uni    boshqaruvchi      ichki      tizim      bo’lgan    davlat  

apparatining   normal  va  uzoq  vaqt  faoliyat   yuritishi   kafo-latchisidir.

     


                                                                            

1

 



Афлотун. Қонунлар.  “Янги аср авлоди ”.  Т.,  2008 ,  318-бет. 

 

34 


O’zini-o’zi   tashkil   qilinishining   ikki ko’rinishi  mavjud: 

1. Obektiv  yoki  stixiyali   boshqaruvdagi  o’zini-o’zi  tashkil   qilish  bo’lib,  

boshqaruvchi    ichki      tizim    hokimiyat      almashinuvi,      dinastiya      alma-shinuvi   

ko’rinishida      yangilanadi.  Bunday      o’zini-o’zi    tashkil    qilish,      boshqaruvchi   

ichki    tizimning      roziligisiz,      boshqariluvchi      ichki      tizim-ning    talabi      bilan,   

ayrim   hollarda   zo’rlik   usuli   yordamida   amalga   oshiriladi

2.  Davlat    va      jamiyat      boshqaruvining      mavjud      siyosiy    tizimi   

o’zgarishi,  masalan  hukumatning   iste’foga   chiqishi   natijasida  ro’y   beradigan    

boshqaruvning      ongli    almashinuvidir

1

.



 

Boshqaruvchi      ichki    tizimini      o’zini  – 

o’zi tashkil   qilishga   majbur   qiluvchi  ikkita   asosiy   sabab  bor:

 

Birinchi   sabab,  jamiyat  boshqaruvchi  tizimining   masalani  noto’g’ri  hal   



qilishi,    bunga      Rossiyada    B.  Yelsin    boshqaruvi      davridagi      reformalarni   

(islohotlarni)    noto’g’ri    ishlab    chiqilishi    va    joriy      etilishini      misol    tariqasida  

kursatishimiz   mumkin. 

Ikkinchi    sabab,    qoniqarsiz      o’zini-o’zi      boshqarish  bo’lib,  bu    sabab  

kengroq      jarayonlarni      qamrab      oladi,    yani    mavjud    tuzum      butun      jamiyat   

manfaatini   ifoda   eta   olmay   qoladi  va   bunda   har  qanday    boshqaruvchi   

ichki   tizimning   faoliyati   samara   bermaydi. Bu  holatda   boshqariluvchi   ichki  

tizim   mavjud   siyosiy   va   iqtisodiy   tizimni   boshqaruvchi  ichki  tizim   orqali   

o’zgartirishi   kerak   bo’ladi. Bunga   misol   tariqasida  sobiq sho’rolar siyosiy  va  

iqtisodiy      tuzumining      boshi      berk      ko’chaga      kirib      qolishi    va      uning  

parchalanishini      keltirishimiz      mumkin.  KPSS  MK  rahbari    M.  Gorbachev   

hukumati   islohotlari   ham  amalda   natija  bermadi.  Chunki    mavjud   ijtimoiy-

siyosiy    va    iqtisodiy      muammolarni      ma’muriy      buyruqbozlikka  va  qat’iy 

rejalashtirilgan   bo-zor   iqtisodiyotiga  asoslangan  sosialistik   tuzum   ijobiy  hal  

yetish   imkoniyatiga   qodir   emas edi.

 



Darhaqiqat,  mustabid  tuzumda    tafakkur  qaramligi,  xalqning  milliy 

davlatchiligi  tarixiy  ildizlaridan  ajratib  qo’yilgani,  mafkura  yakka  hokimligi  bilan 

                                                                            

1

 



Петров.В.П.  Движущие силы и основные пути развитие человеческого общества.  М.,  “Геодезия”.  2000,  стр.18.

       


http://filosof.historic.ru/books/item/f00/s00/z0000993/st000.shtml ) 

 


 

35 


bog’liq  holatlar  fuqarolarda:      qo’rquv,  hadiksirash,  shubhalanish    kabi 

stereotiplardan    qutulishning  birdan-bir  yo’li  o’z  mustaqilligimizga  erishmoq  edi. 

Shu o’rinda Prezidentimiz I. Karimovning “Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch” 

asarida:  

“-O’zingiz  o’ylab  ko’ringlar  aziz  do’stlar,  mustabid  tuzum, 

mustamlakachilik davrida biz kim edik? 

 

-Taqdirimiz, erkimiz kimlarning qo’lida edi? 



 

-Ka’ba  deb  qayerga  sig’inar  edik?  Har  tong  “Assalom!..”  degan  madhiya 

ohanglari ostida kimlarga qulluq qilib uyg’onardik? 

 

-Tilimiz,  dinimiz  qay  ahvolda  edi?  Imom  Buxoriy,  Imom  Termiziy,  Xoja 



Bahouddun  Naqshbandlarning  muqaddas  hoklariga  e’tibor  bormidi?...”

1

  kabi 



savollarning  qo’yilishi    mustaqillikkacha  bo’lgan  davrda  fuqarolar  ongida  milliy 

davlatchilik tafakkuri holatini ko’rsatadi.   

 

 Mustaqillik  davrida    o’zbek  milliy  davlatchilik  tizimiga  asos  solindi  va 



milliy  davlatchilik  tafakkuri  shakllanishi  uchun  zarur  asoslar  yaratildi.  Shu  bilan 

birga  istiqlolning  ma’no-mohiyatini  kishilarga  to’g’ri  anglatish,  ularni  mustaqillik 

bergan imkoniyatlarni amalga oshirishga jalb qilish bilan bog’liq nazariy va amaliy 

faoliyat ham vujudga keldi. 

 

 Rivojlangan davlatlar tajribasidan ma’lumki, siyosiy asoslar mustahkamligi 



inson  tafakkuriga  bog’liqligi  tarixiy  taraqqiyot  jarayonida  ko’p  bor  o’z  isbotini 

topgan  ijtimoiy  haqiqatdir.    Bugungi  kunda  jahon  hamjamiyatining  teng  huquqli 

a’zosiga aylangan O’zbekistonda yangi mazmun va shakldagi siyosiy tizim hamda 

tuzulmalar    shakllanishi,  bir  tomondan,  mustaqillik  tafakkurining  ijtimoiy-siyosiy 

asoslarini  yaratdi

2

.  Ikkinchi  tomondan  esa,  ma’naviy  asoslar  milliy  davlatchilik 



tafakkuri  shakllanishida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ya’ni,  insonning  ruhiy 

dunyosi,  moddiy va ma’naviy uyg’unligi: “Birinchi navbatda inson, uning ehtiyoj 

va  talablari,  jismoniy  va  ma’naviy  yuksalishi  respublikada  bo’lajak  milliy-davlat 

va ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning markazida bo’lishi shart”

3



                                                                            



1

 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент:  “Маънавият”, 2008. – 6-б. 

2

 Қаранг. Каримов И.А. Буюк келажак сари. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 1997. – 15-17-б 



3

 Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 2011. –156-б. 



 

36 


 

Shu bois,  milliy davlatchilik  tafakkurining shakllanishi  mamlakatda amalga 

oshirilayotgan  ma’naviy  sohadagi  o’zgarishlarga  bog’liqdir.      O’zbekistonda 

amalga  oshirilayotgan  islohotlar,  asrlar  davomida  yaratilgan  qadriyatlarni  tiklash, 

asrab-avaylab, kelajakka yetkazish bilan  bog’liq sa’y-harakatlar katta ahamiyatga 

ega.  Bunda ayniqsa, tarix falsafasi, xalqimizning xotirasi, boy  madaniy merosdan 

to’la-to’kis foydalanish imkoniyati yaratilganini alohida ta’kidlash lozim

1

.  



 

 Mustaqil  O’zbekiston  davlati    davlat  tili,  davlat  bayrog’i,  gerbi, 

madhiyasiga  ega  bo’lishi  fuqarolar  ongida  milliy  davlatchilik  tafakkurining 

shakllanishida  ramziy  vosita  hisoblanadi.  Holbuki,  ramzlar  shunchaki  ranglar 

yig’indisidan  iborat shakllar emas, ular ayni ana shu  davlatning  va shu  mamlakat 

fuqarolarining o’zligidan kelib chiqqanligi, qolaversa davlat siyosatining mazmun-

mohiyatini o’zida mujassam etgan.   

 

Xullas,    mustaqillik  yillarida  milliy  davlatchilik  tafakkurining  huquqiy 



poydevori,  Konstitusiyaviy  asosi  yaratildi.  Buning      fuqarolar  ongida  milliy 

davlatchilik tafakkuri shakllanishida  ahamiyati  beqiyosdir.   Prezidentimiz e’tirof 

etganlaridek,  -  “Hur  O’zbekistonimizning  tarixida  birinchi  Konstitusiyani  qabul 

qilish  –  Respublikamizning  yangidan  tug’ilishidir,  huquqiy  mustaqilligimizga 

mustahkam  poydevor  qurishdir.  Konstitusiyamiz  asosiy  qonunimiz  sifatida 

davlatni  davlat  qiladigan,  millatni  millat  qiladigan  qonunlarga  asos  bo’lishi 

muqarrar”

 1



 

Prezidentimizning 

ushbu 

nazariy 


va 

amaliy 


fikrlari 

O’zbekiston 

fuqarolarining,  ayniqsa,  yoshlarning  ongi  va  qalbida  muhrlanib  qolib,  ularning 

tafakkurida “davlati bilan faxrlanish

2

” his-tuyg’ularini  uyg’otishi muqarrar. 



 

 Shunday  qilib,  suveren  O’zbekiston  Konstitusiyasi  jamiyatimizga  xalq 

manfaatlari  yo’lida  islohotlarni  izchillik  bilan  davom  ettirishda  shart-sharoit 

yaratish  uchun  huquqiy  asos  bo’lib,  u  inson  huquqlarini,  barqarorlikni  va  har  bir 

oilaning  munosib  hayot  kechirishini  ta’minlamoqda.  O’zbekiston  Konstitusiyasi 

                                                                            

1

 Қаранг.  Каримов И.А. Буюк келажак сари. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 1997.  – 19-21-б 



1

 Каримов И.А. Ўзбекистон келажаги буюк давлат. – Тошкент: ”Ўзбекистон”, 1992. – 44-б. 

2

 Қаранг.  Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент:  “Маънавият”, 2008.  – 90-б. 



 

37 


barcha  fuqarolariga  ishonchli  istiqbolni  belgilashi  milliy  davlatchilik  tafakkuri 

shakllanishiga dasturil amal vazifasini bajarmoqda.  

Ma’lumki,  Markaziy  Osiyo  xalqlari  o’zlarining  ming  yilliklar  mobaynida 

shakllangan  olamshumul  siyosatlari,  ma’naviy  barkamol  davlatchilik  an’analari 

bilan  jahon  davlatchiligi  va  siyosati  taraqqiyotiga  katta  ta’sir  ko’rsatgan. 

Xorazmshohlarning  adolat  va  insonparvarlikka  tayangan  saltanatlari,  sohibqiron 

Amir Temur turkiy ulusni birlashtirib, markazlashgan davlat tuzishi, milliy iftixori 

uchun kurashish va buyuk temuriylar saltanatiga asos solishi, Mirzo Ulug’bekning 

fan va madaniyat ravnaqiga,   Zahriddin Muhammad Bobur tomonidan turli dinlar 

va  mazhabdagi  xalqlarni  birlashtirib,  insonparvar  Hind  davlatini  vujudga  keltirish 

yo’lidagi tajribalari va yutuqlari bugungi kunda ham O’zbekiston fuqarolari ongida 

shakllanayotgan milliy davlatchilik tafakkuriga qo’shilgan beqiyos  boy merosdir. 

 

 O’zbekiston  mustaqilligi  –  qadriyatlarimizning  tiklanishi  –  milliy,  diniy, 



umuminsoniy  ma’naviy    merosni    avlodlarga  qoldirishning  birdan  bir 

imkoniyatidir.  Demak, milliy tiklanish va o’zlikni anglashning ham siyosiy asosini 

milliy  davlatchilik  tafakkuri  tashkil  etadi.  Binobarin,  milliy  davlatchilik  tafakkuri 

o’zida  davlatchiligimiz  poydevori  haqidagi  bilimlar,  davlatimizning  bugungi 

shukuhi,  salobati  va  buyuk  kelajagi  haqidagi  aniq,  ilmiy  tasavvurlar  asosida 

fuqarolar  ongida  “Mustaqillik  tafakkuri”  vujudga  kelishi  bilan  tavsiflanadi.  

Mustaqillik  tafakkuri  esa,  o’z  navbatida  fuqaroning  erkinligini  anglatib,  milliy 

davlatchilik  tafakkurini  shakllantiradi  va    davlatimiz  istiqbolini  ta’minlashga 

xizmat qiladi.  

  

 



O’zbek  davlatchiligi  taraqqiyotning  barcha  davrlarida  davlat,  jamiyat 

hayotini  tashkil  etuvchi,    ijtimoiy-iqtisodiy  o’zgarishlarni  amalga  oshiruvchi 

yetakchi  kuch  bo’lgan.  Davlatga,  uning  rahbariga  katta  ishonch  va  hurmat  bilan 

munosabatda bo’lish o’zbek xalqi turmush tarzidagi muhim siyosiy qadriyat bo’lib 

kelgan  va  shunday  bo’lib  qoladi.  Milliy  davlatchiligimizdagi  mazkur  an’ana  

mustaqillik  sharoitida  o’zining    mantiqiy  ifodasini  topdi  va  yangi  mazmun  bilan 

boyitildi.  Tarixan  qisqa  muddat  ichida  mamlakatimizda  amalga  oshirilgan 

iqtisodiy-siyosiy islohotlar davlatning bosh islohotchilik qudratini namoyon qildi.  



 

38 


 

  Jamiyatdagi  barqarorlik,  tinchlik,  millatlar  va  fuqarolararo  totuvlikni, 

mamlakatimiz  hududiy    yaxlitligini  ta’minlash,  mazkur  bosqichdagi  dolzarb 

vazifalardan  biri  sanaladi.  Bu  vazifa  jahondagi  globallashuv  sharoitida,  turli 

mintaqalardagi  vaziyatning  keskinlashuvi  O’zbekiston  suvereniteti  va  jamiyat 

barqaror  taraqqiyotiga  xavf  solishi  mumkin  bo’lgan  tahdidlarga  munosib  javob 

qaytaradigan    xavfsizlik  tizimlarini  yaratmoqda.  “Bularning  barchasi,  -  deb 

ta’kidladi  Prezidentimiz  I.A.Karimov,  -  yangicha  qadriyatlar  va  demokratik 

prinsiplar  mohiyatiga  o’z  turmush  va  tafakkur  tarzimizga  mos,  biz  barpo  etishga 

intilayotgan  erkin  fuqarolik  jamiyati  talablariga  javob  beradigan  munosabatlar 

sifatida ijtimoiy fanlarning asosiy tadqiqot mavzulariga aylanishi darkor”

1

.  



 

Mustaqilligimizning  dastlabki  yillaridagi  ilk  islohotlardan  biri  bu  -  totalitar 

tuzum  davridagi  ma’muriy  buyruqbozlik    tizimiga  xos  bo’lgan  organlardan  va 

ularning  xususiyatlardan  voz  kechib,  ularga  barham  berilishidir.  Chunki  bunday 

xususiyatlar  ko’plab  rivojlangan  mamlakatlar  tomonidan  umume’tirof  etilgan 

tamoyillarga  mos kelmas edi. Shu bois, o’z   milliy  davlatchiligini  yangidan barpo 

etish  va  jahon  hamjamiyatida  o’z  o’rniga    ega  bo’lish    asosiy  maqsadi  bo’lgan 

O’zbekiston, davlat  hokimiyati organlarini qaytadan  tashkil qildi. U  mazkur  ishni 

amalga  oshirishda  umume’tirof  etilgan  tamoyillarga  tayandi.  Shunga  ko’ra 

O’zbekistonda  davlat  hokimiyati  organlarining    yangi  tizimini  ya’ni:  Qonun 

chiqaruvchi, Ijro etuvchi va Sud hokimiyatlari shakllantirildiki, bularning barchasi  

fuqarolarning davlatchilik tafakkurida tub o’zgarishlar yasadi. 

 

Davlat markaziy hokimiyatining barcha sohalarini chuqur demokratlashtirish 



bilan birga, uning organlarida totalitar  tuzumidan meros bo’lib qolgan,  ma’muriy-

buyruqbozlik  tizimiga  xos  bo’lgan,  to’rachilik  va  mansabparastlikni  batamom 

tugatib,  boshqaruvni  demokratik  qadriyatlar  asosida  mustahkamlash  bugungi 

kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylandi.  

 

O’zbekiston  Respublikasining  yangi  davlat  tizimi  ilgaridan  amalda  bo’lib 



kelgan xalq deputatlari Sovetlari - davlat hokimiyati organlarining yagona tizimini 

tashkil  etishga  barham  berdi,  joylarda  mahalliy  vakillik  va  ijroya  hokimiyati 

                                                                            

1

 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент:  “Маънавият”, 2008.  – 125-126-б. 



 

39 


organlari orasida batamom yangicha ish shakllarini o’rnatdi. Ma’lumki,  hokimiyat 

organlari  o’rtasida  yuzaga  kelgan  bu  yangicha  ish  shakllari,  yangicha 

munosabatlarni  vujudga  keltirdi.      Bu  esa,  o’z  navbatida  yangi  sharoitda 

davlatning,  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlarining:  siyosiy  partiyalar, 

nodavlat  tashkilotlari,  ijtimoiy  tuzilmalar  fuqarolik  jamiyatining  endigina  paydo 

bo’lib  kelayotgan  xilma-xil  institutlari  bilan  ishlash  va  hamkorlik  qilishning 

yangidan-yangi shakllarini izlab topishni taqozo etmoqda. Xususan, O’zbekistonda  

hozirgi  kunda  o’tkazilayotgan  islohotlar  hokimiyatning  barcha  pog’onalarida 

vakolatlarini, huquqlarini va ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni,  o’zaro amaliy 

hamkorlik shartlarini aniq belgilab berishni nazarda tutadi. 

 

 Demak,  mustaqillikni  mustahkamlash,  fuqarolar  ongida  milliy  davlatchilik 



tafakkurini  bunyodkorlik  salohiyatini  oshirish  uchun:  birinchidan,    milliy 

davlatchilik  tariximizni,  bu  sohada  xalqimizning  insoniyat  oldidagi  xizmatlarini 

yaxshi  bilishimiz;  ikkinchidan,  hozirgi  hayotimizda  yuksak  milliy  davlatchilik 

tafakkuri  asosida    jahon  andozalari  va  mezonlariga  javob  bera  oladigan  jamiyat 

qurishimiz;  uchinchidan,  ilg’or  davlatlarning,  boshqa  millatlarning  tajribalarini 

o’rganish  va  o’zlashtirish;  to’rtinchidan,  ijtimoiy-siyosiy  bag’rikenglikni  

rivojlantirishda    milliy  davlatchilik  tafakkurini  shakllantirishning  samarali 

usullaridan  foydalanish;  beshinchidan,  davlatchilik  tafakkurini  rivojlantirishga 

qarshi har qanday tahdidlarni bartaraf qilishning zarur sharti g’oyaviy immunitetni 

shakllantirish  taqozo  qilinadi.    Zero,  “Tafakkuri  sog’lom    bo’lmagan    shaxsda 

g’oyaviy  immunitet  va  iroda  zaif  bo’ladi.  U    mustaqil  fikrlash,  hodisa  va 

jarayonlarni  xolis baholash ko’nikmasidan mahrum bo’ladi”. 

 

Shunday  qilib,  islohotlar  jarayonida  demokratik  siyosiy  tuzum  asoslari 



yaratilganligi milliy davlatchilik tafakkurini shakllantirishga va shu asosda siyosiy 

tashkilotning  mafkura  va  fikrlar   turli-tumanligi asosiga qurilgan bo’lib, davlat  va 

jamiyatni boshqarishda fuqarolarning keng ishtirokini ta’minlaydi. Prezidentimiz I. 

Karimov  ta’biri  bilan  aytganda,  “Jamiyatimiz  siyosiy  hayotdagi  eng  muhim 

yutug’imiz  esa  –  har  bir  inson  va  fuqarolarning  tafakkuri  va  dunyoqarashi 


 

40 


o’zgarayotgani,  uning  siyosiy  va  ijtimoiy  ongi,  umumiy  saviyasi  izchil  ravishda 

yuksalib borayotganidir”

1

.  


 

Umumlashtirib  aytganda,  birinchidan,  O’zbekiston  mustaqilligi  –  milliy 

davlatchilikning bosh strategik maqsadi hisoblanadi. Zero, mustaqillik mustabid va 

mafkuralashgan tuzum kishanlaridan ozod qildi, o’zbek xalqiga o’z yurtida boshini 

baland  ko’tarib  yurish,  o’z  madaniyatini  an’analarini,  qadr-qimmatini,  dini  va 

e’tiqodini,  ona  tili  va  ma’naviyatini  qayta  tiklash  imkonini  berdi.  Ikkinchidan, 

O’zbekistonning  bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  jarayonida,  yangi  ijtimoiy-iqtisodiy 

munosabatlarni  qaror  topishi,    islohotlarning  inson  manfaatlariga  xizmat  qilishi,  

komil insonni voyaga yetkazish  siyosati,  fuqarolarda milliy davlatchilik tafakkuri 

shakllanishi  va  rivojlanishining  shartidir.  Uchinchidan,  milliy  davlatchilik 

tafakkurini  millat  va  Vatan  manfaatlariga  mos  holda  rivojlantirish  uchun  

davlatimizning:  siyosiy,  huquqiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy,  ma’naviy  sohalardagi 

islohotchiligi  to’g’risidagi    tasavvur  va  tushunchalarni  shakllantirish  muhim 

ahamiyatga  ega.  To’rtinchidan,  mamlakatimiz  mustaqilligi,  tinchligi,  fuqarolari 

totuvligi,  ijtimoiy,  siyosiy,  iqtisodiy  barqarorligi,      davlat  va  jamiyat  hayotiga   

tahdidlarga  qarshi  ogohlikni  kuchaytirishda,  o’z  xalqi  va  davlatchilik  tarixini, 

madaniyatini,  urf-odati  va  an’analarini  yaxshi  biladigan  milliy  g’ururi  yuksak 

avlodni  tarbiyalashda,  milliy  davlatchilik  tafakkurini  rivojlantirishning  roli 

beqiyosdir.  Beshinchidan,  milliy  davlatchilik  tafakkurining  shakllanishi  har  bir 

inson kamoloti  uchun zarur shart-sharoit  yaratish bilan birga,  uning kamoli,  hayot 

farovonligini  ta’minlaydigan  islohotlar  jarayonidir.  Chunki  demokratik  huquqiy 

davlat  va  fuqarolik  jamiyatini    milliy  davlatchilik  tafakkurini  rivojlantirmasdan 

turib qurib bo’lmaydi.  

 

 



 


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling