O‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakul’teti «jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi»


Download 156.39 Kb.
bet15/20
Sana24.12.2022
Hajmi156.39 Kb.
#1064516
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Xomidov muxtor maxammadjonovich jismoniy tarbiya va sport tadbir

Jismoniy tarbiya dasturlari: Jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘quv ishlarini olib borish jismoniy tarbiya dasturi asosida tashkil etiladi. Dastur bajarilishi shart bo‘lgan davlat hujjatidir. U o‘qituvchi yoki Ta’lim muassasalari rahbarlar tomonidan Ta’lim muassasalari ìoddiy texnika bazasi imkoniyatlariga muvofiq o‘zgartirilishi mumkin. Jismoniy madaniyat bo‘yicha dasturlar hozirgi zamon ilmiy ma’lumotlar va o‘qituvchilarning amaliy tajribalari asosida ishlab chiqilib,
Ta’lim muassasalari talabalarining jismoniy tarbiyasida nazariya va amaliyotning birligini aks ettiradi. Dastur mazmuni jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtiruvchi, tarbiyaviy va ilmiy masalalarini hal etadigan turli xil jismoniy mashq turlarining birligidan iborat. Sog‘lomlashtirish va tarbiyaviy masalalar xar qanday dars va mashg‘ulotlar uchun umumiy hisoblanadi.
Nazariy ma’lumotlar bo‘limiga talabalarni harakat tartibi, gigienik qoidalar, jismoniy mashg‘ulotlar vaqtida qomatni to‘g‘ri tutish va to‘g‘ri nafas olish bilan tanishtirish kiradi. Shuningdek, bu bo‘lim chiniqish, darsdan tashqari vaqtlarda faol dam olish, Ta’lim muassasalarida va uyda jismoniy madaniyat bilan shug‘ullanish qoidalarini ham o‘z ichiga oladi.
Hàrakatli o‘yinlar bo‘limida umuman rivojlantiruvchi mashqlar, yugurish, joyida va joyidan turib balandlikka, yugurib kelib uzunlikka sakrashlar, uzoqqa va mo‘ljalga uloqtirish malakalari beriladi. Shuningdek harakatli o‘yinlardan taqlidiy, estafeta, musobaqa va guruh o‘éinlari xamda ashula va she’r jo‘rligida o‘ynaladigan o‘yinlar qoidalari va talablari bayon etiladi.
Engil atletika va kross tayyorgarligi bo‘limiga yurish, yugurish, joydan turib va yugurib kelib uzunlikka sakrash, yugurib kelib balandlikka sakrash, uzoqqa va mo‘ljalga uloqtirish hamda qisqa va uzoq masofaga yugurishlar va almashlab yurishlar kiradi.
Sport o‘yinlari bo‘limida sport o‘yinlaridan basketbol, futbol, gandbol, voleybol bo‘yicha jismoniy harakatlar malaka va ko‘nikmalari mashqlar texnikasi o‘rgatiladi. Sport o‘yinlari turiga muvofiq to‘p olib yurish to‘pni qabul qilish uzatish jarima to‘plari chiqarish malaka va ko‘nikmalari o‘rgatiladi.
Gimnastika bo‘limida osilish va tayanish, akrobatika, tirmashib chiqish, “muvozanat saqlash mashqlari”, tayanib sakrash, saf mashqlari, umumrivojlantiruvchi mashqlar, buyumlar bilan mashqlar kabi jismoniy mashqlar texnikasi o‘rgatiladi.
SHuningdek suzish, kurash va musiqiy ritmik tarbiya bo‘yicha amaliy va nazariy bilimlar ham dasturda aks ettiriladi.
Hàr xil iqlimiy sharoitlar tufayli Ta’lim muassasalaridagi o‘quv ishlarini olib borish sharoiti ham bir xil emas, shuning uchun bir o‘quv materialni boshqasi bilan almashtirishga yo‘l qo‘yiladi. qaerda suzishga imkoniyat bo‘lsa, o‘sha joyda dasturning ayrim bo‘limlarini qisqartirish hisobiga suzish darslariga soat ajratiladi. Xar bir turdagi mashg‘ulot organizmga, harakat ko‘nikmalarining shakllanishiga, harakat sifatlarini, avvalo tezkorlik va chaqqonlikni tarbiyalashda o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi, ma’naviy va irodaviy xislatlarni tarbiyalashda yordam beradi.
Ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya dasturi asosida jismoniy tarbiya o‘qituvchilari jamoasi jismoniy tarbiya darslarining yillik rejasini ishlab chiqadilar. Jismoniy tarbiya darslari yillik rejasi har bir ta’lim bosqichi uchun alohida tuziladi. Boshlang‘ich sinflar uchun alohida, o‘rta sinflar uchun alohida va yuqori sinflar uchun alohida reja tuzilib, reja mazmunini talabalar yoshi va jismoniy rivojlanishi hamda qiziqishlariga muvofiq sport turlari tashkil etadi. Boshlang‘ich sinflarda asosan harakatli o‘yinlar va gimnastika mashg‘ulotlari bo‘lsa, o‘rta sinflarda sport o‘yinlari va engil atletika mashqlardan foydalaniladi, yuqori sinflarda esa sport o‘yinlari bilan birga kurash va suzish mashg‘ulotlari qo‘llaniladi. Yillik rejaga asosan chorak rejalari tuzilib, chorak rejalar mazmunini shu chorakda o‘tiladigan o‘quv materiallari tashkil etadi. Chorak rejalarga muvofiq dars rejalari tuzilib, har bir darsda o‘òiladigan o‘quv mashg‘ulotlari mazmuni yoritiladi. Dars rejalariga muvofiq dars bayonlari yoziladi. Dars bayonlarida har bir darsdagi o‘quv materiallari keng yoritiladi va uslubiy tavsiyalar, uyga vazifalar mazmuni talqin etiladi.
Jismoniy tarbiya dasturida talabalarni yosh xususiyatlari hamda jins xususiyatlarini hisobga olgan holda jismoniy tayyorgarlik va jismoniy rivojlanish darajalarini nazorat qilish me’yorlari beriladi, nazorat darslari xar bir chorak so‘ngida o‘tkaziladi. Ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya dasturida jismoniy tarbiyadan talabalar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari hamda sinfdan tashqari ishlarda jismoniy madaniyat, umumiy jismoniy tayyorgarlik va
sport to‘garaklari ish faoliyati maqsadi va vazifasi hamda mazmuni ham keng yoritiladi.
Jismoniy tarbiya nazariy ma’lumotlarning vazifasi talabalarga jismoniy madaniyat va sport soxasida zarur bilimlarni berish, jismoniy mashqlar ahamiyatini tushuntirish, gigienik qoidalarni o‘rgatish va ularni qo‘llay olish malakasini berish. Ta’lim muassasalari talabalarning harakat rejimi bolalarning sog‘ligini saqlash va mustahkamlashda, xar tomonlama jismoniy rivojlanishda faol harakat rejimi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Jismoniy mashqlardan oqilona foydalanish ta’sirida inson muskullari kuchli, chaqqon, aniq harakatli bo‘ladi, butun organizm esa tashqi muhitning har xil ta’siriga yaxshi moslashadi. Bolaning yoshiga xos tabiiy harakat ehtiyojini, katta harakat faolligini rag‘batlantirish va to‘g‘ri yo‘lga solish, harakat tartibini yaratishi lozim. Jismoniy mashg‘ulotlarning gigienik qoidalari - har qanday jismoniy mashg‘ulot sanitariya-gigiena talablariga rioya qilingan holda o‘tkazishi kerak. Bu talablar quyidagilar: mashg‘ulotlar joyining gigienik jihatdan mos bo‘lishi, tegishli jihozlar, inventar, maxsus ust-bosh va oyoq kiyimning mavjudligi.



    1. Download 156.39 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling