O‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakul’teti «jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi»


Bitiruv malakaviy ish mavzusining


Download 156.39 Kb.
bet2/20
Sana24.12.2022
Hajmi156.39 Kb.
#1064516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Xomidov muxtor maxammadjonovich jismoniy tarbiya va sport tadbir

Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi: ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini samarali tashkil etishda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining roli katta bo‘lib hisoblanadi. Jismoniy tarbiya mutaxassislarining kasbiy tayyorgarliklari hamda tajribalari jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini muvaffaqiyatli tashkil etishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘quvchi va talabalarni jismonan barkamol va ma’naviy etuk inson qilib tarbiyalash vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifasi: Bitiruv malakaviy ishda ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalarni jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish jarayonlarini tashkitl etishda jismoniy tarbiya mutaxassislarining kasbiy faoliyatlari hamda ularning tarbiyaviy va ta’limiy xususiyatlari keng tahlil etildi. O‘quvchi va talabalarrning ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlarini asosiy shakllari va ularni tashkil etish uslublari va talablari ham o‘rganildi.
Bitiruv malakaviy ishda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari tayyorlash jarayonlari va ularga qo‘yiladigan talablar, ularning kasbiy mahoratlarini takomillashtirish, tajriba hamda malakalarini ortirish jarayonlarining shakllari ham o‘rganildi.
Tadqiqot predmeti va ob’ekti; Andijon davlat universiteti qoshidagi 4- sonli akademik litseyda tahsil oluvchi o‘quvchilarning jismoniy tarbiya, sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘rganilgan. Ilmiy tadqiqot ishlarida 50 dan ortiq o‘quvchilar jalb etilgan.
Ilmiy tadqiqot ishlarida litseyda tashkil etilgan jismoniy tarbiya va sport, sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etishda jismoniy tarbiya mutaxassislarining kasbiy faolityalarining xususiyatlari o‘rganilgan.
Mavzuning o‘rganilish darajasining qiyosiy tahlili: bitiruv malakaviy ishida ilmiy tadqiqotning adabiyotlar tahlili, pedagogik nazorat, eksperiment, natijalarini matematik statistik tahlil etish, tibbiy-biologik hamda psixologik nazorat uslublaridan keng foydalanildi. Bitiruv malakaviy ishini yozishda mamlakatimiz va horijning jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarining jismoniy tarbiya va sportga oid bo‘lgan tajriba va malakalari hamda INTERNET materiallari o‘rganildi.

Download 156.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling