O’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim kafedrasi tilshunoslikning dozarb masalalari fanidan


-MAVZU: TILNI PARADIGMALAR ASOSIDA O’RGANISH MUAMMOLARI


Download 1.54 Mb.
bet35/61
Sana04.02.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1165158
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61
Bog'liq
Tilshunoslikning Majmua yangi

10-MAVZU: TILNI PARADIGMALAR ASOSIDA O’RGANISH MUAMMOLARI
Reja:
1. Formal mantiq metodologiyasi.
2. Dialektik mantiq metodologiyasi.
3. Tadrijiy rivoj metodologiyasi.
4. Adabiy til talqini zaruriyati va uning an’ana tusiga kirishi.
5. Lisoniy strukturani aniqlash – ijtimoiy zarurat.
6. Tildan amaliy foydalanish samaradorligi – davr talabi.

Tayanch tushunchalar


Metodologiya, metodika, metod, bilish bosqichlari, formal mantiq, dialektik mantiq, “uchinchisini istisno” qonuni, “oraliq uchinchi” qonuni formal tilshunoslik, substansial tilshunoslik, antropotsentrik tilshunoslik, qarama–qarshiliklar birligi va kurashi qonuni, miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni, tadrijiy taraqqiyot, inqilobiy o‘zgarish, pardigma, funksional, formal-funksional, kommunikativ, kognitiv, kommunikativ-kognitiv, kognitiv-diskursiv.
Tilni paradigmalar asosida o‘rganish muammolari130
Paradigma fan falsafasi va metodologiyaning tayanch tushunchalaridan bo‘lib, u (yunoncha "namuna", "andaza" ma’nolarini anglatadi) quyidagi ma’noda talqin etiladi: 1) ma’naviy va moddiy olam o‘rtasidagi munosabatni bildiruvchi tushuncha; 2) ilmiy tadqiqot muammolarini hal etish namunasi sifatida qabul qilingan nazariya. Fan falsafasida "paradigma" tushunchasi ilk marta G.Bergman tomonidan metodologiyaning normativligiga nisbatan qo‘llanilgan. F.de Sossyur esa paradigmani tilshunoslik termini sifatida so‘z shakllari tizimi (turlanish yoki tuslanish)ga, grammatik shakllar hosil qilish modeliga nisbatan ishlatgan. Lekin paradigma atamasining fan falsafasi termini sifatida keng ishlatilishi amerikalik olim T.Kun nomi bilan bog‘liq. Bu terminni birinchi marta "Ilmiy inqiloblar strukturasi" nomli asarida qo‘llagan: “Jamiyatda inqiloblar tez-tez yuz beradi. Fandagi inqilob ob’ektga bo‘lgan yondashuvning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Muayyan fanning taraqqiyot bosqichida ilmiy jamoatchilik tomonidan qabul qilingan, muammoning qo‘yilish va hal etilishi uchun model sifatida xizmat qilgan nazariya, qoidalar, metodlar tizimi, yondashuv va ilmiy qarashlar paradigma deb ataladi".
YU.V. YAkoveq paradigma deganda olamning ilmiy manzarasini tasvirlovchi ustuvor qarashlar va nazariyalar tizimini nazarda tutsa, YU.Xabermasga ko‘ra u ilmiy qiziqishlar demak. V.S.Stepin paradigma ratsionallikning bir ko‘rinishi bo‘lib, ideallar, me’yorlar, olam manzarasi, falsafiy talqinlarni o‘z ichiga oluvchi ilmiy strategiya desa3, T.Kisel ilmiy paradigmani keng va tor ma’noda tushunish mumkin deydi:

  • keng ma’noda paradigmalar - tadqiqot texnikasida qo‘llaniladigan qarashlar, mezon va me’yorlar majmui;

  • tor ma’noda paradigmalar - aniq masalani echish namunalari bo‘lib, ular keyinchalik boshqa muammolarning talqinida ham ishlatiladigan tadqiqot namunalari.

YUqoridagilardan kelib chiqqan holda lingvistik paradigmaga shunday ta’rif berish mumkin: "Lingvistik paradigma tilshunoslik fani amaliyotida hamma tomonidan e’tirof etilgan qoidalar, qarashlar namunasi bo‘lib, u tadqiqotlar olib borish jarayonida olimlar tayanuvchi modeldir". V.fon Gumboldtning "antinomiyalari" yoki F.de Sossyurning "til va nutq", "sinxroniya va diaxroniya", "paradigmatika va sintagmatika" haqidagi qarashlari lingvistik paradigmaga misol bo‘la oladi.
V.Z.Demyankov lingvistik paradigma haqida shunday yozadi: "Paradigma termini muayyan sxema asosida aniq bir muammoning echilishida asos bo‘luvchi ("cho‘qqida turuvchi") mavhum g‘oya va tushunchalar uchun qo‘llaniladi. Xususan, tilshunoslikda deskriptivistik, generativistik, antropoqen-trik paradigmalar haqida gapirish mumkin, bunda til hodisalarini va til faktlarini tushuntirish va tavsiflash usullari majmui nazarda tutiladi". YU.N.Karaulov tilshunoslikda tarixiy, psixologik, sistem-struktur va so-qial paradigmalar mavjudligi haqida yozadi. Bunda olim soqial paradigma asosida sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, lingvokulturologiya kabi yo‘nalishlar shakllanganligini alohida ta’kidlab o‘tadi6. Amerikalik olim D.SHifrin tilshunoslikda turli metod va tahlil usullarini o‘z ichiga oladigan ikki paradigmaning mavjudligini e’tirof etadi: formal (strukturalistik) hamda funksional (interak-tiv) paradigma7. Lekin olim shuni alohida ta’kidlaydiki, diskursni o‘rganish jarayonida har ikki paradigmaning sinteziga - formal-funksional paradigmaga ehtiyoj seziladi. Ko‘rinib turibdiki, tilshunoslik tarixida paradigmalarning soni va nomlari haqida yakdil mulohaza mavjud emas. Ayniqsa, XX asrning ikkinchi yarmida tilshunoslikdagi paradigmal o‘zgarish-lar turlicha nomlar bilan ataldi: funksional, formal-funksional, kommunikativ, kognitiv, kommunikativ-kognitiv, kognitiv-diskursiv kabi.
E.S.Kubryakova tilshunoslik tarixida 4 asosiy paradigma mavjudligi haqida to‘xtaladi: an’anaviy, generativ, kognitiv va kommunikativ paradigma. Olima zamonaviy lingvistik paradigmalarga aloqador barcha yo‘nalishlar uchun xos bo‘lgan quyidagi asosiy metodologik tamoyillarni ajratib ko‘rsatadi:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling