O’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim kafedrasi tilshunoslikning dozarb masalalari fanidan


Gazeta tilida uslubiy me’yor muammolari


Download 1.54 Mb.
bet32/61
Sana04.02.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1165158
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   61
Bog'liq
Tilshunoslikning Majmua yangi

Gazeta tilida uslubiy me’yor muammolari
Ko‘plab faktlar tilning boshqa normalarining buzilishi aksariyat holatlarda uslubiy norma bilan bog‘liq ekanligini tasdiqlaydi. Quyida uslubiy ravonlik, aniqlik va ixchamlikka ta’sir etuvchi ayrim holatlarni ko‘zdan kechiraylik.
1. Matbuot tili konkretlikni, har bir narsani o‘z nomi bilan atashni talab etadi. Ayrim holatlarda aniqlikka putur etayapti yoki chalkashlik holatlari yuz berayapti. M.: Respublikamizda «Xalq ta’limi to‘g‘risida» Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilingandan keyin oliy va o‘rta maxsus ta’limni yanada rivojlantirish uchun keng ufqlar ochildi (Z.,20.11.01). Keyingi yillarda «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan bir necha qarorlar qabul qilindi (XS.,1.09.98), Sessiya oralig‘ida O‘zbekiston Respublika-sining «Ta’lim to‘g‘risida»gi (? qonuni) va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining Toshkent shahrida bajarilishi o‘rganildi (XS.,20.11.01). SHu erga oydinlik kiritilishi, muhrda firma nomi qaysi xalqaro tillarda ko‘rsatilishi «Til to‘g‘risida»gi Qonunimizdan kelib chiqib, aniq belgilab qo‘yilishi lozim, deb hisoblayman (XS.,11.12.03). Barchaga ma’lum bo‘lgan qonunlar nomini yozishda bir xillikka erishish shart, deb hisoblaymiz.
Joriy yilning o‘tgan davrida birgina Samarqand shahrining osori-atiqalari 260 million daromad keltirdi (Z.,20.11.01). Pul birligi yozilishi lozim. Jumlada mavhumlik yuz bergan.
...viloyat davlat pedagogika instituti rektori Ravshan Rahmonov-ning xabar qilishicha,... (O‘AS.,12. 12.97). Oliy o‘quv yurtining nomi to‘liq aks etishi lozim: Navoiy davlat pedagogika instituti tarzida.
2. Ayrim holatlarda fikr noto‘g‘ri ifodalangan. M.: Darvoqe, 30-tur uchrashuvlari yakunlangan bo‘lsa-da, kecha Farg‘onada hech qanday ahamiyat kasb etmagan “Neftchi” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasida kechiktirilgan tur uchrashuvi o‘tkazildi (XS.,5.12.02). Ajratilgan birikma noo‘rin ishlatilgan, jumlada g‘alizlik paydo bo‘lgan.
3. Ibora bilan birga aynan shu ma’noni ifodalovchi so‘zni yonma-yon ishlatish bilan uslubiy norma buzilgan holatlar mavjud. M.: Ko‘zlarimga ishonmay, chiptani qo‘limga olarkanman ishning xamirdan qil sug‘urgandek tez bitganiga hech ishongim kelmasdi (XS.,8.11.02).
4. So‘z ma’nosini hisobga olmaslik uslubiy norma buzilishiga sabab bo‘lgan. M.: SHuningdek, ma’ruzachi yangi tahrirdagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunning ilgarigisidan keskin farqi xususida ham to‘xtalib o‘tdi (K.,26.12.01). Keskin so‘zini tubdan so‘zi bilan almashtirish lozim.
5. Uslubiy norma ayrim qo‘shimchalarni noto‘g‘ri ishlatish natijasida sodir bo‘lgan (Bu holat yuqorida ham qayd etilgan edi). Quyidagi matnda tushum va qaratqich kelishiklari ortiqcha ishlatilgan. M.: Terror murosasiz ko‘rinishda olib borilishi natijasida: - er yuzi ekologiyasida keskin buzilish holatlarini yuzaga keldi; - ishsizlikning kuchaydi; - er yuzida yangi urush o‘choqlarining paydo bo‘ldi; insoniyat barpo qilgan moddiy va ma’naviy boyliklarning vayron bo‘lmoqda (K.,26.12.01).
6. Ayrim texnik xatolar tufayli (buni gazeta xodimlari kompyuter bilan bog‘lashadi) matnlar palapartish, bir-biriga bog‘lanmagan holda bosilgan. M.: Uchinchi tosh - Nefrittosh esa Amir Temurning qabriga qo‘yilgan.
Masjid hovlisidagi marmar lavhada ushbu yozilgan: «Ulug‘ sulton, shavqatli hoqon, din homiysi va xanafiya mazhabining rivojkori ibn sulton, tinchlik va din panohkori esa Amir Temurning qabriga qo‘yilgan).
Masjid hovlisidagi marmar lavhada ushbu yozilgan: «Ulug‘ sulton, shavqatli hoqon, din homiysi va xanafiya mazhabining rivojkori ibn sulton, tinchlik va din panohkori Ulug‘bek Ko‘ragon»..
YAna shu maqoladan misol: Tangriga shukrlar bo‘lsin-kim, yurtimiz uzra mustaqillik shabodalari (?) esib, istiqlol quyoshi nur socha boshlagach, ulug‘ bobomiz tomonidan bunyod etilgan bu betakror obida yana qayta ta’mirlanib, ma’naviy-madaniy merosimizning umrboqiy durdonalari qatoridan mustahkam joy oldi.
lagach, ulug‘ bobomiz tomonidan bunyod etilgan bu betakror obida yana qayta ta’mirlanib, ma’naviy-madaniy merosimizning umrboqiy durdonalari qatoridan mustahkam joy oldi (Z.,20.11.01).
7. Adabiy normaning bir necha holatlari buzilgan matnlar gazetalarda ko‘payib bormoqda. Masalan, ushbu matnda ortiqchalik uslubiy noravonlikka sabab bo‘lgan: Mahalla faoliyatini yanada takomillashtirishning zarur shartlaridan yana biri tadbirkorlikni rivojlantirish-dir. Bu mahallalarda, ayniqsa, qishloq sharoitida mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni joylarning o‘zida echishga, ikkinchidan, ushbu yo‘l bizningcha, oz mablag‘ sarflab, ko‘pchilikni ish bilan ta’minlashga, uchinchidan, bu borada erishiladigan ijobiy natijalar nafaqat iqtisodiy islohotlar jarayonini, balki aholining turmush darajasini ham yaxshilashga (, ?) ayniqsa, ish bilan bandlik dasturini amalga oshirishga katta yordam beradi (D.,29.04.04).
YUqorida adabiy me’yor buzilishlarining bir muncha jiddiy holatlariga misollar keltirdik. Bulardan tash-qari ayrim juz’iy kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilmoqda, ularga e’tiborsizlik matbuot tilining keyingi rivoji va yangi jurnalistlar avlodini tarbiyalashda, umumiy savodxonlik va yuqori nutq madaniyatiga erishishda salbiy o‘rin tutadi. Bu kamchiliklar orasida, ayniqsa, so‘z qo‘llash, jumla tuzish, gapning uslubiy ravonligiga e’tibor bermaslik hollari barcha gazetalarda u yoki bu darajada mavjud bo‘lib, ayrim gazetalarda ular kundan-kunga ko‘payib bormoqda. SHunday gazetalar borki, ularning ayrim sonlarida o‘nlab turli xarakterdagi kamchiliklar uchraydi. Ushbu holat ancha tashvish uyg‘otadi.
O‘zbekiston Qahramoni Ozod SHarofiddinov bu kabi holatlarni keskin tanqid qiladi: «OAVda til masalalarida yo‘l qo‘yilayotgan bunday bepisandlikka, savodsiz-likka, loqaydlikka mutlaqo toqat qilib bo‘lmaydi. Negaki, yo‘l harakatini boshqarib turadigan Yo‘l harakati xavfsizligi bor, ammo ona tilimiz qoidalarining muttasil va bekamu ko‘st bajarilishini taftish qiladigan Davlat tili nazorati yo‘q. Til borasidagi o‘zboshim-chaliklari va tartibbuzarliklari uchun javobgarlikka tortish Jinoyat majmuasida nazarda tutilmagan. SHuning uchun til boyligini asrash, uning qonun-qoidalariga qat’iy amal qilishni nazorat etish, tilimizning beqiyos go‘zalliklari-ni namoyish qilish to‘laligicha OAV zimmasiga tushadigan mas’uliyatdir. Bir vaqtlar ular bu mas’uliyatni bajarish-ga, birinchi navbatda o‘zlarining tillari go‘zal, ma’nodor va benuqson bo‘lishiga juda katta e’tibor berar edilar, har haftada maxsus shu masalaga bag‘ishllangan ishlab chiqarish majlislari o‘tkazib turishardi, tilshunoslar va boshqa nufuzli odamlarni taklif qilib, ular yordamida o‘z faoliyatlarini tanqidiy taftishdan o‘tkazar edilar. Nega bugungi kunda bu ishlar .qilinmay qo‘yildi? Axir, bugun o‘zbek tili davlat tili bo‘lganiga salkam o‘n besh yil bo‘layotgan bir pallada uning rivoji uchun kurash hammamiz uchun farz-ku!»129.
Matbuot tili o‘zbek tilining ajralmas bir tarmog‘i, uning ko‘zgusi, savodxonlik va nutq madaniyati namunasidir. YUqorida qayd etilgan kamchiliklar ba’zi gazetalarda ko‘proq, ayrimlarida kamroq uchraydi. Jurnalistlarning chinakam ijodkorligi, tanqidga xolis munosabatigina matbuot tilining namnuaviyligini saqlab qolishi, matbuot tili mada-niyatining yuksak bo‘lishiga xizmat qilishi mumkin.
O‘zbek adabiy tilining qanchalik me’yorga keltirilganligi va unga qay darajada amal qilinishi umummilliy o‘zbek madaniyatining taraqqiyot darajasini belgilovchi omillardan sanalar ekan, bu muammo bilan shug‘ullanish ziyolilarning bundan keyingi hal qilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifasi bo‘lib qolaveradi.



Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling