O’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim kafedrasi tilshunoslikning dozarb masalalari fanidan
- MA’RUZA: O‘ZBEK TILINING PRAGMATIK TADQIQI MUAMMOLARI
Download 1.54 Mb.
|
Tilshunoslikning Majmua yangi
3- MA’RUZA: O‘ZBEK TILINING PRAGMATIK TADQIQI MUAMMOLARI.
Reja: 1. Pragmalingvistika va diskursiv tahlil haqida. 2. Pragmalingvistika fani, uning ob’ekti va predmeti. 3. Til va faoliyat tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi. 4. Lingvistik pragmatikaning tilshunosliqdagi boshqa sohalar bilan aloqasi. 5. Lingvistik pragmatikaning o‘rganilish tarixi; Tayaich so‘z va iboralar: pragmatika, pragmalingvistika, sub’ekt, so‘zlovchi sub’ekt, tinglovchi sub’ekt, adresant, adresat, nutq vaziyati va sharoiti, pragmatik imkoniyat, pragmatik kobiliyat, pragmatik mazmun, pragmatik samara va samarasizlik. Pragmalingvistika va diskursiv tahlil haqida Pragmalingvistika jahon tilshunosligida mustaqil yo‘nalish sifatida XX asrning 60-70-yillarida shakllana boshlagan bo‘lsa-da, o‘zbek tilshunosligida ancha kech ommalashdi. Fanimizda yangi asrning boshlarida dastlab maqola ko‘rinishidagi kuzatishlar, keyinchalik monografik tadqiqotlar yuzaga keldi1 va, nihoyat, o‘quv qo‘llanmalari ham nashr etildi2. Tilshunoslikning amaliy tarmoqlaridan, inson ijtimoiy fao-liyatining muhim tomonlaridan biri bo‘lgan pragmatika nutqiy jarayonni kommunikativ niyat va nutqiy vaziyat bilan uzviy bog‘liqlikda, so‘zlovchining tinglovchiga ta’siri nuqtai nazaridan o‘rganadi. Pragmalingvistikaning asosiy maqsadi nutq faoliyati samaradorligini - nutqning tinglovchiga ruhiy, kommunikativ ta’sirchanligini oshirishdir. SHuning uchun pragmalingvistika kommunikantlar, nutqning lisoniy va nolisoniy omillari, faoliyatning samarasi orasidagi munosabatlarni o‘rganish va muayyan sharoitlarda bu mutanosiblikning samarali usullarini ishlab chiqish kabi masalalarga e’tibor qaratadi3. An’anaviy uslubshunosligimiz erishgan yutuqlar zaminida o‘zbek pragmalingvistikasining shakllanishi va rivojlanishida S.Boymirzaeva, SH.Iskandarova, D.Lutfullaeva, N.Mahmudov, SMo‘minov, A.Nurmonov, SH.Safarov, D.Xudoyberganova, M.Hakimov kabilarning xizmatlari sezilarlidir. Jumladan, SH.Iskandarova, SMo‘minov va M.Hakimov bu masalaga oid maxsus tadqiqotlar olib borishgan4. S.Mo‘minovning tadqiqoti o‘zbek pragmatikasida ilk kulturologik - tilshunoslik, adabiyotshunoslik, etika, madaniyat, ritorika - umuman nutq odobi, muloqot madaniyati va uning ta’sir kuchi va tarkibiy qismlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ilk tadqiqotlardan bo‘ldi. M.Hakimovning "O‘zbek tilida matnning pragmatik talqini" mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida bu sohaning tarixiy ildizlari chuqur tahlil etilib, lingvistik pragmatikaning umumnazariy va amaliy masalalari alohida-alohida ajratildi, uning boshqa yondosh hodisalar bilan munosabati ko‘rsatildi, matn shaklida olingan nutqiy muloqotni pragmatik o‘rganish asoslari ishlab chiqildi. O‘zbek pragmalingvistikasi tarakqiyotida iste’dodli olim va fan tashkilotchisi, prof.A.Nurmonov ta’biri bilan aytganda, o‘zbek lingvistik jurnalistikasi asoschisi5 N.Mahmudovning xizmatlari alohida e’tiborga loyiqdir6. O‘zbek tilshunosligida pragmalingvistik tadqiqotlarning keng ommalashishida SH.Safarovning xizmatlari beqiyosdir. O‘tgan asrning 80-yillaridan boshlab olim o‘zbek tilshunoslari diqqatini bu masalaga torta boshladi7. Uning bu masalaga bag‘ishlangan qo‘llanmasida jahonda olib borilgan pragmalingvistik tadqiqotlar umumlashtirildi, bir-birini inkor qilayotgan yoki biri ikkinchisiga "soya" solayotgan ta’riflar bir umumiy g‘oya atrofida birlashtirilib, pragmalingvistik tadqiq usulining metodologik asosi yoki tayanch nuqtasi vazifasini faoliyat tamoyili yoki umuman faoliyat falsafasi o‘tashi ochib berildi. Olim pragma-lingvistikaga shunday ta’rif beradi: "Pragmatika tilshunoslikning alohida sohasi bo‘lib, uning tadqiqot doirasida muloqot jarayonida lisoniy birliklarni tanlab olish, ularni qo‘llash hamda ushbu qo‘llanish-dagi birliklarning muloqot ishtirokchilariga ta’siri masalalari o‘rganiladi. Ushbu qoidalar kommunikatsiya shart-sharoitlariga nisbatan keng ma’nodagi kontekst sifatida o‘rganiladi. Lisoniy hodisalarning bu yo‘sindagi tahlili ularning qo‘llanishidagi u yoki bu muhitda mavjud bo‘lgan to‘siqlar, chegaralanishlarni ham aniqlashga imkon beradi. Lingvistik tahlilning asosiy g‘oyasi ham lisonning tabiatini uning amaliy faoliyatida qo‘llanishiga nisbatan yoki, boshqacha aytganda, bajarayotgan vazifasi doirasida aniqlashdir. Vazifa (funksiya) va faoliyat tushunchasi lison tahliliga pragmalingvistik yondashuvning poydevoridir"1. Pragmalingvistikaning asosiy maqsadi kam kuch sarflab, ko‘proq samara olish, ya’ni nutqiy muloqotda - diskursda muayyan sharoitda mavjud bo‘lgan barcha lisoniy va nolisoniy omillardan o‘ta tejamkorlik bilan foydalanib, tinglovchiga o‘z ta’sirini o‘tkazish, uni so‘zlovchi bayon etayotgan fikr-g‘oya ta’sirida tutish yoki kirgizishdir. Diskurs samarasi deganda mana shu tushuniladi. SHuning uchun ayrim tilshunoslar pragmalingvistikani struktural tilshunoslikning bevosita davomi deb sanaydilar. Haqiqatan ham, struktural tingshunoslik, xususan uning substansial yo‘nalishi lisoniy imkoniyatlarni ochish va tavsiflashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ysa, pragmalingvistika bu imkoniyatlardan samarali foydalanish yo‘llari masalasini o‘rtaga qo‘yadi va bu ikki yo‘nalish bir-birini to‘ldiradi2. A.Pardaevning fikricha, yordamchi so‘zlar ham, o‘ziga xos ifodaviy imkoniyatlarga egadir va lingvopragmatik kuzatishlar ularning qator pragmatik jihatlarini - tinglovchiga ta’sir tomonlarini oydinlashtirishga ko‘maklashadi. SHuning uchun nutqiy ifoda, predikativ bo‘lmagan so‘zlar, kontekst, nutqiy vaziyat, so‘zlovchi shaxsi kabi lingvistik pragmatikaning markaziy tushunchalari matn tarkibidagi yordamchi so‘zlar pragmatikasi tadqiqi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zeroki, yordamchi so‘zlar gap yoki jumla tarkibidagi so‘zlarni yoki sodda gaplarni hamda ular orasidagi turli xil munosabatlarni ifodalovchi, ularga qo‘shimcha ma’no beruvchi grammatik vositalar hisoblansa-da, matn talabiga ko‘ra xilma-xil pragmatik, hosila ma’nolar ham kasb etadi va tinglovchiga ta’sir o‘tkazadi. SHuning uchun o‘zbek pragmatik tilshunosligi tadqiqotchilari prof. A.Nurmonov va M.Hakimov gap semantikasining mazmuniy yo‘nalishi bilan bog‘liq muammolarni sanash jarayonida mantiqiy semantikaning yirik vakili bo‘lgan B.Rasselning so‘zlarni indikativ va indikativ bo‘lmaganlarga ajratishi va buning ahamiyatini alohida ta’kidlashadi3. B.Rassel ta’biricha indikativ bo‘lmagan, A.Nurmonov va M.Hakimovlar iborasi bilan aytganda, deskriptiv bo‘lmagan so‘zlar sirasiga, birinchi navbatda, yordamchi so‘zlar kiradi. ...................................................... 1 Safarov SH. Pragmalingvistika. -T.: O‘zME nashriyoti, 2008. -B.70. 2 Ne’matov H. O‘zbek tilshunosligida formal, struktural va substansial yo‘nalishlar. -B.41.; Ne’matov X. Vohidova N., Toirova G. Pragmalingvisti- ka strukturalizmning davomi sifatida (Tilshunoslikda ratsional va empirik tadqikrtlar almashinuvi) // BuxDU ilmiy axboroti, 2009. -№1. -B. 51-54. 3 Nurmonov A., Hakimov M. Ko‘rsatilgan asar. -B.55,57. 1 Nurmonov A., Hakimov M. Lingvistik pragmatikaning nazariy shaklla- nishi // O‘zbek tili va adabiyoti.-2001. -№4. -B.54-57; Hakimov M. Lingvi- stik pragmatikaning semantika va stilistika bilan munosabati // O‘zbek tili va adabiyoti, 2000. -№2. -B.28; Hakimov M. O‘zbek tilida matnning pragmatik talkini: Filol. fan. dok... dis. avtoref. -Toshkent, 2001. -49 b. Jamiyatda ustuvor bo‘lgan insoniy munosabatlar zamirida inson kommunikativ maqsadi yotadi. Bu maqsad esa til orqali amalga oshadi. Obrazli qilib aytganda, inson til vositasida dunyoni o‘zgartiradi. Bu o‘zgarish yakka shaxs yoki u mansub bo‘lgan jamiyatning nutqiy faoliyati bilan bog‘liq sohalarda, ya’ni rasmiy va norasmiy doiralarda belgilab qo‘yilgan ayrim mezonlarning bekor qilinishi, yangilarining amadda bo‘lishida, qisqasi, ijtimoiy voqelikning yangi tus olishida namoyon bo‘ladi. SHuning uchun ham til inson faoliyatininng hamma sohalariga birday taalluqlidir. Tilshunoslikning fan sifatida o‘rganish ob’ekti va predmetini aniqlash antik davrlardan beri falsafiy va metodologik jiddiy nazariy muammo sifatida tadqiqotchilarni qiziqtirib keladi. Mazkur muammoning murakkabligi tilning mohiyati ko‘pqirrali va rivojlanib boruvchi hodisa ekanligi bilan izoxdanadi. Tilshunoslikning ko‘p asrlik tarixida tadqiqotchilar tomonidan tilning ichki qurilishini har tomonlama izchil izohlashga imkon beradigan amaliy-nazariy mezonlar ishlab chiqiddi. Ilmiy tadqiqot markazida til va madaniyat, til va psixologiya, til va tafakkur kabi periferik hududlarning joylashuvi tilshunoslik chegaralarini kengaytirib, uni ko‘zga tashlanmaydigan qilib qo‘ydi. SHuning uchun hozirgi davrda tilshunoslik sohasida antropotsentrik yo‘nalish rivojlanmoqda. Tilshunosliqdagi antropotsentrik nazariyada tilni o‘rganishga inson va uning faoliyatining kiritilishi psixolingvistika, sotsiolingvistika, etnolingvistika kabi tilshunoslik bilan bog‘liq sohalarning vujudga kelishi va rivojlanishiga zamin yaratdi. Til tufayli fikrlar shakllanish jarayoni ilmiy tadkiqotlarga yo‘l ochdi: «Inson allaqachon dastlabki falsafiy, mantiqiy va psixologik tahlilni amalga oshirdi va uning natijalari tidda aks etdi hamda mustahkamlandi»1. So‘z muloqotning asosiy birliklaridan biri sifatida nafaqat tushuncha ifodalaydi, balki xalq madaniyati, milliy-ma’naviy qadriyatlari, falsafasi va psixologiyasi bilan bog‘liq tomonlarni ham anglatadi, ya’ni o‘ziga xos semantik komponentlar hisobiga kengayib boradi. Zamonaviy manbalar lingvopragmatikani nutqda lisoniy belgilarning amal qilishini «belgi - belgidan foydalanuvchi» munosabati yo‘nalishida o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi deb belgilaydi Pragmatika tushunchasi ilk bor semiotikada paydo bo‘lib, u turli belgilarning semiotik tizimdagi funksional xususiyatlarini ifodalovchi, ular haqidagi turli ma’lumotlarni saqlovchi va etkazuvchi fan sifatida tushuniladi. Semiotika bilan bog‘liq masalalarni tadqiq etgan CH.Morris mazkur fan doirasida uch bo‘limni ajratadi: belgilar o‘rtasidagi munosabatni o‘rganuvchi sintaktika (sintaksis), belgi va belgilangan o‘rtasidagi munosabatni o‘rganuvchi semantika,belgi va uni ko‘llovchi (interpritator yoki uni tuzuvchi va tushunuvchi) o‘rtasidagi munosabatni o‘rganuvchi pragmatika2. Olim tomonidan ilgari surilgan fikrlar ilmiy asoslanishi, til pragmatikasi shakllanishi keyinchalik Dj.Ostin, Dj.Serl, G.Grays, Z.Vendler va boshqa faylasuflar g‘oyalari bilan barqarorlashdi. Lingvopragmatikaning nazariy asoslari XX asrning 60 yillarida Oksford maktabi tilshunos-faylasuflari (B. Rassel, Dj. Ostin, X. Grays, Dj. Syorl)lar tomonidan ishlab chiqildi va ularning xizmatlari va 1969 yidda «Nutqiy aktlar.Til falsafasi ocherki» kitobining nashr etilishi bilan pragmatik nazariya yangi bosqichga ko‘tarildi. Utgan asrning 60-70 yillarida lingvistik pragmatikaning fan sifatida shakllanishi va amal qilishini tadqiq etishga imkoniyatlar yaratildi. Nutqiy muloqotni ifodalovchi birliklarni yozish, saqlash va taxdil qilishga ko‘maklashuvchi texnik vositalar, magnitofon va video yozuvlari paydo bo‘ldi. YUqoridagi fikrlardan anglashiladiki, pragmatika insonning turli faoliyatida ko‘llanuvchi lisoniy vositalarni o‘rganadi. Pragmatizm yo‘nalishining asoschilaridan CH.Pirs va CH.Morris3 pragmatikani lisoniy birliklardan ma’lum nutqiy vaziyatlarda belgilangan kommunikativ maqsadda foydalanuvchi va mazkur muloqot jarayonida qo‘llanuvchi belgilar munosabatini o‘rganuvchi fan sifatida izoxlaydilar. Pragmatikani lingvistik nuqtai nazardan o‘rganishda semantik jihatdan yondashgan L.Vitgenshteyning xizmatlari salmokdi. Bu shundan dalolat beradiki, har qanday fikr muayyan vaziyatni xisobga olgan holda faqat kontekstdagina namoyon bo‘ladi. Masalan, YOmgir yogayapti gapi qanday kontekstda va qanday jarayonni bildirishiga ko‘ra turli pragmatik ma’no ifodalashi mumkin: Men hech qaerga bormayman (so‘zlovchining biror joyga borishni inkor qilishi), Soyabonni ol (tinglovchini yomg‘irdan saqlanishga undash, maslahat berish), YOmon, noqulay ob-havo (ma’lum bir ish-harakatni amalga oshirishga ob-havoning nokulayligini izohlash) va so‘roq ohangi - (yomg‘irning yog‘ayotganligi haqidagi xabarni tasdiqlash). Zamonaviy tilshunoslikka doir tadkiqotlarda e’tirof etilishicha, kuzatuv markazida doimo inson, lisoniy shaxs turadi, til esa uning muhim tavsifi hisoblanadi. Til esa o‘z navbatida faoliyat tushunchasi bilan o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. SHu ma’noda tilga tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlaridan bo‘lgan pragmalingvistikaning asosida yotuvchi faoliyat sifatida qaraladi. Aslida falsafiy tushuncha hisoblangan yunoncha pragmatika so‘zi «ish», «faoliyat» ma’nolarini bildiradi, shuningdek, uning lug‘aviy ma’nosi amaliy ish mazmuni bilan aniqlashadi. Demak, fan sifatida pragmatikaning mundarijasini til belgilarining funksional jihatdan nutqning u yoki bu ko‘rinishida qo‘llanishi tashkil etadi. Uning mazmuni esa kommunikatsiya jarayonida fikr ifodalash va uni anglash, tushunish mezonlariga muvofiq tarzda namoyon bo‘lishidir. SH.Safarov ta’kidlaydiki, lisoniy faoliyatning pragmatik xususiyatlari, bu xususiyatlarni yuzaga keltiruvchi omillarni o‘rganish tilning ijtimoiy mohiyatini aniqlash uchun muhimdir. Bu lisoniy muloqotning ijtimoiy va ruhiy-psixologik qonuniyatlar bilan moslashgan hodqa ro‘yobga chiqishini va shu asnoda til tizimi rivojlanishini tasdiqlovchi dalillar topish imkonini beradi. Til tizimi taraqqiyotining boshlang‘ich nuqtasi (davri) pragmatikadan boshlanadi4. Nutqiy muloqot doimo o‘zgarib turuvchi va rivojlanib boruvchi dinamik xususiyatga ega. Kommunikativ maqsadning qanday ekanligi, nutq kimga qaratilganligi va qanday sharoitda amalga oshayotganligi muloqot xarakterini belgilab beradi. Bunda so‘zlovchi shaxsning yoshi, ijtimoiy mavqei, jinsi, bilimi, tajribasi o‘z sub’ektiv munosabatini ifodalash uchun til birliklarining nutqiy vaziyat uchun xos va maqbul bo‘lgan ko‘rinishlarini tanlash hamda o‘z kommunikativ maqsadiga bo‘ysundirilgan holda ko‘llashiga imkoniyat yaratadi. Muloqot vaziyatlari beqaror bo‘lib, pragmatik struktura sodqaliqdan murakkablik tomon siljib boradi va pragmatik qobiq ham shunga mos hodqa kengayib boradi. SHuning uchun lisoniy taxdidqa pragmatik tamoyillarga suyanish ko‘zlangan natijani beradi. Pragmatika doirasiga so‘zlovchi sub’ekt va nutq qaratilgan shaxs, ya’ni eshituvchi sub’ekt, xabar yuboruvchi - adresant va xabarni qabul qilib oluvchi - adresat, ularning kommunikatsiyada o‘zaro bog‘lanishi, munosabatlari, aloqa qshyush, muloqot vaziyatlari bilan bog‘liq masalalar yig‘indisi ham kiritilgan. O‘zaro muloqotda qo‘llanuvchi munosabat ifodalovchi so‘zlar nutq qaratilgan shaxsga ta’sir etishga ma’lum darajada funksional jihatdan xoslangan bo‘ladi. Bunday lisoniy birliklarning murakkab tabiati muloqot nazariyasiga pragmatikaning eng dolzarb masalalaridan biri sifatida qarashni taqozo qiladi. Mavjud aloqa jarayonini modellashtirish hamisha pragmatik yo‘nalish bilan bog‘lanadi. SHu tufayli mulohaza, fikr ifodalashning ochiq(eksgshiqit) va yashirin(impliqit) ko‘rinishlari (Dj. Ostin fikriga ko‘ra «illokutiv kuchlar»), so‘zlashuv taktikasi va so‘zlashuv xarakteri, ifodaning pragmatik mazmuni (ko‘chma ma’nolari, ishoralar, istioralar, shamalar, qochirimlar va hakozo), adresatga ta’siri kabilar lingvistik pragmatikaning tadqiqot ob’ekti sifatida namoyon bo‘lmoqqa5. SHuni qayd etish lozimki, hozirga qadar pragmalingvistikaning mundarijasi, o‘ziga xos terminologiyasi qat’iy belgilab olingan bo‘lmasa-da, uning fan sifatida paydo bo‘lishi va shakllanishi inson omiliga bog‘lab talqin qilinishi tufayli yuzaga kelganligi fanda e’tirof etilmokda. Pragmatika keng qamrovli fan sifatida inson nutqiy faoliyati bilan bog‘liq bir qator masalalar, xususan,kommunikativ sintaksis, nutq va nutq faoliyati nazariyasi va tipologiyasi, kommunikatsiya va funksional uslublar nazariyasi, sotsiolingvistika nazariyasi, psixolingvistika nazariyasi, diskurs nazariyasi, ritorika va stilistika doiralarida ko‘p asrlik tarixga ega bir qator muammolarni o‘z ichiga qamrab oladi. Tilshunoslikning bugungi kundagi taraqqiyoti mezonlari nuqtai nazaridan qaraladigan bo‘lsa, pragmatika inson nutqiy faoliyati bilan bog‘liq bir qator sohalarni birlashtirib turuvchi va u fanlar bilan bog‘liq masalalardan bahs yurituvchi zamonaviy lingvistikaning mustaqil sohasi ekanligi ma’lum bo‘ladi. Tilshunoslikda tilni pragmatik nuqtai nazardan o‘rganishga qaratilgan turli yo‘nalishdagi tadqiqotlarni bir umumiy maxrajga keltirsak, ular o‘rtasida o‘zaro o‘xshash tomonlar mavjuddigi ma’lum bo‘ladi.Ular kuyidagilar: 1) Pragmalingvistika bo‘yicha olib borilgan barcha tadqiqotlarda til, inson nutqiy faoliyati haqida fikr yuritilganda faoliyat asosiy tushuncha sifatida e’tirof etiladi; til kommunikatsiya jarayonida birgina aloqani ta’minlab qolmay, muloqotchilarning dinamik xarakterdagi o‘zaro munosabatinni ko‘rsatuvchi vosita hisoblanadi; til birliklarining nutqning u yoki bu ko‘rinishi uchun uslubiy xoslanishi va ko‘llanishi avvalo, nutqiy vaziyat va ijtimoiy-ruhiy holatlarni ifodalovchi kontekst bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Bugun pragmalingvistika keng ma’noda tushuniladi. Bu haqda YU.D.Apresyan pragmatika so‘zlovchining voqelikka, xabarning tuzilishiga, adresatga munosabati, til birliklariga (leksema, affiks, grammema, sintaktik qurilma) mustahkam bog‘liq ekanligini ta’kidlaydi6. Professor SH.Safarov «pragmatika tilshunoslikning alohida sohasi bo‘lib, unda muloqot jarayonida lisoniy birliklarni tanlab olish, ularni ko‘llash hamda ushbu qo‘llanishdagi birliklarning muloqot ishtirokchilariga ta’siri masalalari o‘rganiladi»7 deb izohlab, lingvistik pragmatikaning nutq sub’ekti, nutq ob’ekti, nutq vaziyati bilan bog‘liq xususiy masalalarini belgilab beradi. Demak, pragmatik tilshunoslik tadqiq predmeti nutqiy akt nazariyasi, deyksis nazariyasi, diskurs nazariyasi, pragmasemantika, pragmastilistika kabi sohalarining shakllanishiga zamin yaratdi. YUqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda xulosa qilish mumkinki, lingvistik pragmatikaninng maqsadi kontekstda tilni o‘rganishda - ijtimoiy, situativ va boshqa shu kabi til kommunikatsiya vositasi sifatida gavdalanadi. Pragmatik nazariya va amaliyoti chegaralarining haligacha to‘liq belgilangan emasligi lingvopragma-tikaning gumanitar (xususan lingvistik) doiralarga xos bo‘lgan nutqiy aktlar nazariyasi, diskurs-tahlil, shuningdek, sotsiolingvistika, etnolingvistika. Umuman olganda, «Pragmatik lingvistika» fani tilshunoslikning quyidagi muammolarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi: Nutqiy faoliyat va uning samarali amalga oshishini tadqiq etish. Nutq faoliyatining muvaffatsiyatli bo‘lish sharoiti, o‘rinli, maqbul bo‘lishi va ifoda samaradorligini o‘rganish. Ifodaning ekspliqit va impliqit ma’nolarini o‘rganish. Diskurs tushunchasining mohiyatini yoritib berish, uning asosiy masalalarini aniqlash. So‘zlovchi shaxs va voqelik faktlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish. So‘zlovchi va ifodalanayotgan fikrlar mazmunini aks ettiruvchi kirishlar, baholovchi leksik va sintaktik birliklar pragmatik tabiatini ochib berish. Kommunikativ ifoda tuzilishining, ya’ni nutqiy aktning illokutiv maqsadi va kommunikativ vaziyat tuzilishiga bog‘liqligini aniqlash. Muloqotning lingvistik tuzilishini o‘rganish. Nutqiy vaziyat lingvopragmatikaning tayanch tushunchalaridan hisoblanadi. Muloqotning ichki va tashqi sharoitlari, muloqot ishtirokchilari, ularning munosabatlari nutqiy vaziyatning asosiy komponentlari hisoblanadi. Bu komponentlar kommunikativ jarayonda ishtirok etish funksiyasiga ko‘ra nutq vaziyatining o‘ziga xos tuzilishini shakllantiradi. Kommunikativ vaziyat asosini bevosita aloqa tushunchasi tashkil qilar ekan, unda ishtirok etuvchi vositalar quyidagi vazifalarga funksional yo‘naltiriladi: Aloqa bog‘lash - kommunikatsiyaning fatik vositalari. Aloqani saqlab turish - muallif va adresatga xos vositalar. Aloqani yakunlash - suhbatni tugatish vositalari. Kommunikativ vaziyatni yuzaga keltiruvchi tarkibiy qismlar quyidagilardan iborat: xabar joyi va vaqti; xabarning ma’lum nutqiy va axloqiy majburiyatga ega bo‘lgan adresanti; ma’lum presuppozitiv fikr ifodalash xususiyatiga ega bo‘lgan adresat; xabarning maqsadli yo‘naltirilgan mavzusi. Muloqot jarayoni inson faoliyatining qaysi sohasida yuz berayottaniga ko‘ra unda ishtirok etuvchi omillar va vositalar o‘zaro farq qiladi. Masalan, kishilarning hayotning maishiy tomonlari bilan bog‘liq kundalik norasmiy muloqotlarida so‘zlashuv uslubiga xos xususiyatlar etakchilik qiladi va ularda shunga xos nutqiy vaziyat mavjud bo‘ladi. SHu o‘rinda shuni ham yodda tutish lozimki, nazarda tutilmagan sabablarga ko‘ra nutq vaziyati o‘zgarib ketishi ham mumkin. Buning aksi bo‘lgan rasmiy muloqotlardagi nutqiy vaziyat yuqoridagidan tubdan farq qiladi. CHunki, ularda nutqning qay tartibda va qanday vaziyatda amalga oshishi ilgaridan rejalashtirilgan bo‘ladi. Muloqotning boshlanishidan yakunlanishiga qadar shu tartibga qat’iy amal qilinadi. SHuning uchun rasmiy muloqotlardagi nutq vaziyati bir muncha barqarorligi bilan ajralib turadi. Rasmiylik xizmat yuzasidan bo‘ladigan uchrashuvlarda doimo sezilib turadi. Unda so‘zlovchi o‘zi faoliyat ko‘rsatadigan uyushma, tashkilot, firma nomidan gapiradi. Uning «Men»i bevosita o‘zi ishlayotgan joy bilan bog‘liq bo‘ladi va bunday rasmiy muloqotlar xizmat joylarida - qabulxona, majlislar zali, ofislarda bo‘lib o‘tadi. Rasmiy muloqotda quyidagi me’yorlari bo‘lishini talab etadi: ikki tomonlama muloqotchilar guruhiga nisbatan «Siz» -hurmatlash munosabatining o‘rnatilishini; muloqotda etiket qoidalariga qat’iy amal qilishni (salomlashish va xayrlashishda); samimiylik ifodalovchi «marhamat qilib», «iltifot qilib» kabi birikmalarni qo‘llashni; muloqotning rasmiy sharoiti nutq jarayonida turli xil jargonlar, oddiy so‘zlashuvga xos birliklarni va dialektizmlarni qo‘llamaslikni taqozo etadi. O‘zaro rasmiy muloqotlarda o‘ta darajada muloyimlik, o‘zini tutish, samimiylik talab etiladi. Rasmiy bo‘lmagan yubileylarda, xizmat yuzasidan bo‘ladigan uchrashuvlarda, ofislarda, uy sharoitida, restoranlarda yoki xizmat jamoasida bo‘ladigan uchrashuvlarda esa bu muloqotning o‘ziga xos nozik qirralari namoyon bo‘ladi. Bunday sharoitda muloqot ishtirokchilari o‘zlarini birmuncha erkin sezadilar, bu erkinlik til birliklarini tanlashda va qo‘llashda ham seziladi. Bunda so‘zlovchining fikr ifodalashida sub’ektiv munosabat ham ma’lum darajada sezilib turadi. Bunday muloqotda: hamsuhbatning yoshi va ijtimoiy sharoiti, tanishlik darajasidan kelib chiqib «Sen» yoki «Siz» tanlanadi; salomlashish va xayrlashishda ko‘llaniladigan so‘zlardan foydalaniladi; Nutqiy vaziyatdan kelib chiqib, etiketni ifodalovchi birliklar qo‘llanilishi mumkin; Muloqotchilarning o‘zaro bir-birini tanishi norasmiy sharoitlarda belgilovchi omil hisoblanadi. Notanish yoki kam tanish bo‘lgan kishilar bilan suhbat norasmiy muloqotda etiket xarakteri bilan bog‘lanadi. Hatto notanish odam (mijoz, klient) ishtiroki ham u bilan bir xonada bo‘lgan kishidan rasmiy muloqot qoidalariga amal qilishni talab qiladi. Xizmat muloqotlarida adresat shaxsi muloqot sharoitiga nisbatan muhim hisoblanadi. So‘zlovchi yoki yozuvchi u bilan qanday munosabatda ekanligiga qarab nutq vaziyatiga mos keluvchi kommunikativ taktika va etiket vositalarini ko‘llaydi. Xizmat muloqotlari xabar qilinayotgan ma’lumotga alohida diqqat qilinshigina emas, balki nutqni idrok qilish jarayonida yuz beruvchi fikrlash harakatlarini ham taqozo qiladi: xabar kilinayotgan ma’lumot hajmi nazorati; tushunish nazorati; xulosalash; ta’riflash; pozitsiyani tuzatish. Bu harakatlarning hammasi bir qator regshikalar yordamida amalga oshadi: - Ha; shunday-shunday; ma’lumki; - Agar men sizni to‘gri tushungan bo‘lsam...; - Siz nimani nazarda tutayapsiz?; - Boshqacha aytganda, siz hisoblaysizki,...? va boshqalar. Kommunikativ jarayonda maqsad birligi so‘zlovchi va tinglovchini birlashtirib turadi.Xizmat aloqalarida maqsad hamkorlik istiqbolidan kelib chiqib qisqa va uzoq vaqtga mo‘ljallangan bo‘ladi. Xizmat aloqalarini saqlash, adresatga aniq bir qarorni qabul qilish maqsadida ma’lumot etkazish va ta’sir qilish - muloqot doirasi va boshqaruvida adresatning asosiy maqsadi ko‘rinishlaridandir. Xizmat aloqalari, xizmat munosabatlari faqat o‘zaro ijobiy emotsiyalar - ishonch, hamdardlik, tilak, hurmat kabilar asosida saqlanishi mumkin. SHu maqsadda adresatga tabriknoma, ta’ziyanoma, tantanaga taklif, minnatdorchilik xati kabilar yuboriladi. Xabarnoma, ko‘ng‘iroq, faks jo‘natmalari, mahsulot namunalari, hisobotlar maqsadning ikkinchi tigshni - adresatni ishning ahvoli, kelishuvning sharoiti va imkoniyatlari bilan tanishtirishni ta’minlaydi. Yo‘riqnoma, qoida, buyruq, farmoyish, talabnoma, iltimos kabilar og‘zaki yoki yozma shaklda bo‘lsa-da, adresatga ta’sir qilish, uni u yoki bu harakatga undash vazifasini bajaradi. Ayrim hollarda qayd etilgan maqsadlar bir matn doirasida, masalan, iltimos xatida ishning ahvoli bilan tanishtirishdan boshlanib, iltimos bilan tugashida ko‘rinishi mumkin. YUqorida ko‘rib o‘tilgan holatlar o‘ta murakkab xisoblangan kommunikativ jarayonda so‘zlovchi maqsadining amalga oshishi bevosita nutq vaziyatiga bog‘liq ekanligidan dalolat beradi. Nutq vaziyati har qanday muloqot xarakteri va natijasini belgilab beradi. Muloqot jarayoni nihoyatda murakkab, uning boshlanishi, avvalo, kishilarning ruhiy holati, suhbatdoshga ijobiy yoki salbiy munosabati kabilar bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa-da, davomiyligi yana bir qator omillarni hisobga olishni talab etadi. O‘zbek tilining hozirgi paytdagi ijtimoiy holati muloqot madaniyatining milliy urf-odatlarimiz, mentalitetimiz, an’analarimizga mos ravishda rivojlanib borayotganidan dalolat beradi. Muloqot madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari bir qator ilmiy tadqiqotlarda yoritilgan(1). S.Mo‘minov suhbatdoshlarning millatini, jinsini, yoshini, ijtimoiy belgilarini, ularning o‘zaro yaqinlik darajasini, muloqot vaqtini, vaziyatni, holatni, ijtimoiy muhitni ana shu birliklar sifatida qaraydi(2). Olimning fikricha, muloqot xulqini o‘rganishda millat aholisining o‘ziga xos urf-odatlari, qadriyat va an’analarini hisobga olish lozim. Insonlar o‘rtasidagi muloqot til vositalari orqali yuz bersa-da, uning yuqori madaniyatli, ma’rifatli bo‘lishi nafaqat til birliklaridan adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda, nutq madaniyati talablari darajasida suhbatlashishni, balki boshqa bir qancha omillarni ham hisobga olishni talab etadi. Bunday omillar sirasiga, masalan, quyidagilarni kiritish mumkin: Umuminsoniy qadriyatlarni hisobga olish. An’anaviy urf-odatlarni yaxshi bilish va ularga amal qilish: a) kattalarga hurmat va kichiklarga izzat ko‘rsatish; b) xotin-qizlarga alohida hurmatda bo‘lish; v) oiladagi tarbiyaviy muhit: er-xotin muomalasi, ota-onaning farzandlariga munosabati; g) ustozlarning shogirdlariga munosabati va muomalasi; d) rahbarlarning oddiy insonlarga munosabati; e) qarindosh-urug‘larning muomalasi; yo) mahalladoshshlar va qo‘shnilarning o‘zaro munosabati. Suhbatdoshlarning tafakkur doirasi, bilim saviyasi, dunyoqarashi. Kishilarning ruhiy holati. Jamiyatdagi ijtimoiy muhit: tinchlik, osoyishta-lik, iqtisodiy rivojlanish, millatlararo totuvlik. 6. Milliy o‘zlikni anglash va boshqa millatlar vakillarini hurmat qilish kabilar. Muloqot jarayoni til va yuqorida sanalgan tildan tashqari omillarning o‘zaro uyg‘unligi natijasida yuzaga kelib, ulardan unumli va oqilona foydalanish muloqotning jonliligi, samimiyligi, samarador-ligini ta’minlaydi. «…muloqot o‘rnatishning shakllari ko‘p. Masalan, nutq oldidan biroz avval ro‘y bergan va tinglovchilar kayfiyatiga ta’sir qilgan hodisaga bir og‘iz munosabat bildirish yoki qiziqarli voqeani hikoya qilib, ularning kayfiyatini ko‘tarish mumkin va h.k. Albatta, auditoriyaning tinglashga moyilligini uyg‘otish uchun qanday shaklni tanlash konkret vaziyatga bog‘liq. Har holda auditoriya uchun tushunarli va uida muayyan tuyg‘ularni uyg‘ota oladigan fikrni asoslash osonroq. Kaykovus bu borada shunday saboq beradi: "Har kishiga so‘z aytur bo‘lsang qarag‘il, ul sening so‘zingga xaridormu yoki xaridor emasmu? Agarda uni so‘zingga xaridor topsang, unga so‘zingni sotg‘il. Yo‘q ersa, ul so‘zni qo‘yib, shundoq so‘z deg‘ilkim, unga xush kelsin va sening so‘zingga xaridor bo‘lsin"(3). Muloqot jarayoniga ta’sir etuvchi boshqa omillar qatorida suhbat jarayonida aralashmayotgan, ammo suhbatdoshlar uchun hurmatli bo‘lgan kishining ta’siri ham muhim. Bu omil ham ma’lum ma’noda tashqaridan suhbatdoshlar nutqini «boshqarib boradi», uning davom etishi va yakuniga ta’sir ko‘rsatadi. Muloqot jarayonining muhim qismini murojaatlar tashkil qiladi. Murojaat esa tanish yoki notanishlarga ham bo‘lishi mumkin. Bu holat til birliklarini oqilona tanlashni taqozo etadi. Murojaat uchun tanlanadigan til birliklari, avvalo, kishilarning yoshi, jinsi, tanish-notanishligiga qarab tanlansa-da, asosiy e’tibor umuminsoniy va milliy qadriyatlarga mos, samimiy bo‘lishi lozim. Bu sohada millatidan qat’iy nazar yurtimiz fuqarolaridan o‘rgansa arzigulik jihatlar ko‘p. Afsuski, ayrim yoshlarimiz nutqida ota-onalari, bobo-buvilariga nisbatan paxan, mamashka, boboy, kampir kabilarni qo‘llashi ma’naviyatimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan holat hisoblanadi. Inson muloqot jarayonida salomlashish, tanishish, xayrlashish, iltimos qilish, tabriklash, minnatdorchilik bildirish singari ko‘plab nutqiy vaziyatlarga duch keladi va ularning har birining o‘ziga xos muomala jarayonlari mavjud. Ular umuminsoniy va milliy urf-odat hamda qadriyatlar doirasida yuz beradi. Masalan, salomlashish: assalomu alaykum – vaalaykum assalom, xush kelibsiz – xushvaqt bo‘ling; xayrlashish: xayr – omon bo‘ling, yaxshi qoling – yaxshi boring, yana kelinglar – sizlar ham boringlar; iltimos qilish: iltimos, agar mumkin bo‘lsa, agar sizga malol kelmasa, bemalol bo‘lsa, sizdan bir narsa so‘ramoqchi edim kabi. Afsuski, salomlashish va xayrlashish jarayonlarida yoshlar nutqida bir qator kamchiliklar mavjud. Masalan: Salom, privet, gudbay, chao kabi holatlar bu jarayonda ham tarbiyaviy ishlarni olib borishni talab etadi. O‘zbek nutqiy odati tadqiqotchisi SH.Iskandarova uning vazifa doirasini belgilab, suhbatdoshlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish, ularning bir-birlariga iltifot ko‘rsatishga harakat qilishi, suhbatni boshqarib borish, murojaat qilish, xitob, ta’sir etish singari omillarni qayd qiladi(4). Og‘zaki nutqning kuchi va uning boshqa muloqot turlaridan ustunligi bir qator o‘ziga xos xususiyatlar bilan belgilanadi. Jumladan, notiq nutqida lisoniy vositalardan tashqari eng nozik fikr va tuyg‘ularni ifoda etish imkoniyatini beruvchi nutq ohangi, uning hissiyot bilan omuxta bo‘lishi, qo‘l va tana harakatlari, yuz ifodasi (mimika) kabi nolisoniy vositalardan foydalanishi hamda konkret auditoriya (tinglovchi) xususiyatlarini hisobga olishi bilan ta’sirchan qilishga, to‘g‘ri tushunishga yordam beradi (5). Nutq mavzusining turlicha bo‘lishi notiqning tayyorgarligi, bilim darajasi va vaziyat bilan bevosita bog‘liq. Demak, nutq mavzusi, vaziyat taqozosi bilan til vositalaridan turlicha foydalaniladi. Har bir nutqiy vaziyat so‘zlovchidan alohida bir munosabatni va mas’uliyatni talab qiladi. Ayni paytda, ularning barchasi uchunumumiy bo‘lgan qoidalar ham mavjud. Bu dastlab so‘zlanadigan nutqning qolipi – rejasi bo‘lishi, qaerda va qanday vaziyatda so‘zlanishidan qat’iy nazar, har bir nutq ma’lum reja asosida bo‘lishi, auditoriya, vaqt hisobga olinish lozim. Boshqacha aytganda, nutq so‘zlashdan ma’lum maqsad bo‘lishi va bu maqsad amalga oshishi zarur. Buning uchun tinglovchilarga ta’sir o‘tkazish, ta’sir o‘tkazish uchun esa tildan foydalanishning ham, o‘zini tutishning ham ta’sirchan vositalaridan foydalanish kerak bo‘ladi. Har qanday o‘qituvchi (muallim) ham notiq, zero, uning faoliyati o‘z shogirdlariga nutq bilan murojaat etishdan iborat. O‘qituvchi auditoriyaga kirar ekan, kasbi bilan bog‘liq ma’lum maqsadga erishish, o‘z xohish-istaklarini ro‘yobga chiqarishga intiladi. Albatta, nutq so‘zlar ekan u, avvalo, o‘quvchi-talabalarga u yoki bu bilimni, ya’ni axborotni berishga intiladi(6). O‘qituvchining nutq madaniyati, muloqot xulqi nazariy asosda o‘rganilgan tadqiqotlarning paydo bo‘layotganini qo‘llab-quvvatlash lozim. Masalan, Q.Rasulov «O‘zbek muloqot xulqining funksional xoslanishi» mavzuidagi tadqiqotida o‘qituvchi muloqot xulqining funksional xususiyatlarini sotsiolingvistik aspektda o‘rganib, o‘qituvchining kasbiy faoliyatiga doir qator muhim jihatlarni qayd etadi, jumladan, «… - o‘quvchilarni surunkali tartibga chaqirish, ularning g‘ala-g‘ovurlarini bosib turish o‘qituvchining asablariga ta’sir qilib, uning muloqot xulqida, hatto mehmondorchilikka borganida xam bolalarning to‘poloniga befarq bo‘lolmaslik, to‘polonchilarga «tek o‘tir», «to‘polon qilma» deb tanbeh berishlari kuzatiladi». «O‘qituvchining diqqat (e’tibor)i, asosan, o‘quvchilarni nazorat qilishga qaratilgan bo‘ladi. Bu psixologik pozitsiya o‘qituvchi nutqida buyruq, tanbeh, nasihat kabi ohanglarni reallashtiradi va faqat o‘qituvchiga xos jargonlar va professionalizmlarni hosil qiladi: «Doskaga chiq!» yoki «Doskaga!», «To‘g‘ri o‘tir!» yoki «To‘g‘rilan!», «Oldinga qara!», «E’tibor bering!», «To‘g‘ri yoz!», «To‘g‘ri o‘qi!», «Qo‘lingni ko‘tar!» kabi»(7). O‘qituvchi muloqot xulqida o‘quvchilar bilan muomalasi jarayonidagi an’anaviylik (rasmiylik, ba’zan ortiqcha takror, bir xillik), ko‘pincha, dars sifatiga salbiy ta’sir etmasdan qolmaydi. Bunday jihatlarga darsni bir xilda boshlash, ya’ni har darsda bir xil so‘z va birikmalar, jumlalarni ishlatish, nasihatbozlik, ortiqcha tartibga chaqirishlar, asabiylashgan paytda o‘zini etarlicha boshqara olmasdan, nojo‘ya so‘zlarni qo‘llash, nutqning bir xilda (monoton holatda) bo‘lishi va boshqalar kiradi. Zamonaviy o‘qituvchi muloqot xulqi bunday salbiy holatlardan xoli, jonli, rang-barang, betakror, qiziqarli, ta’sirchan, eng muhimi, fan asoslarini to‘la bayon qilishga asoslanishi lozim. O‘qituvchining ta’lim jarayoni va jamoatchilik orasidagi nufuzi nihoyatda katta. Ularning suhbatlashish madaniyati jamiyatdagi yuqori nufuzini, obro‘-e’tiborini yanada oshirishga xizmat qilishi lozim. Tariximizdan hozirgacha yaratilgan ko‘plab adabiyotlar-da muloqot madaniyati, suhbatlashish odobi to‘g‘risida nihoyatda foydali fikrlar va tavsiyalar bildirilgan. Ulardagi ayrim fikrlar bir-birini takrorlasa ham yuqori nutq madaniyati, nutq odobi, til ma’naviyati va ma’rifatini insonlar ongiga singdirishda munosib xizmat qila oladi. Masalan, professor B.O‘rinboev muloqot jarayoni uchun quyidagilarni muhim, deb hisoblaydi: «Har bir komil inson suhbatlashish odobi qoidalariga ham rioya qilishi lozim: 1. Suhbatlashganda suhbatdoshingizni qiziqtiradigan mavzuga e’tiborini qaratishga intiling. 2. O‘zingiz haqingizda kamroq gapiring. Har qanday qiziqarli suhbat davom ettirishga imkon bermaydigan ezma va laqmalarga ergashmang. O‘zingiz o‘qigan kitoblar, ko‘rgan kinofilmlar, sport musobaqalari, go‘zal tabiat manzaralari haqida gapirishga odatlaning. 3. Suhbatdoshingizni diqqat bilan tinglashga o‘rganing. O‘z gapi, hikoyasini tugatmasdan so‘zini bo‘lmang. So‘zini oxirigacha eshitgach, suhbatdoshga e’tirozingizni bayon eting. Qanchalik diqqat va e’tibor bilan tinglashga erishsangiz, kishilar siz bilan suhbatlashishdan shuncha-lik zavq oladi. 4. Suhbatdoshingizga nisbatan baland ovozda gapirmas-likka harakat qiling. CHunki baqiroq kishilarga nisbatan ovozini baland ko‘tarmay me’yorida gapiruvchilarni suhbatdoshlar diqqat bilan tinglaydilar. 5. Suhbatdoshingiz sizning gapingizni bo‘lsa, jim turib uning e’tirozini oxirigacha tinglang. Agar ikkalangiz ham baravar, gapirsangiz bir-biringiz nima deganingizni tushunmaysiz. 6. Suhbatdoshingizning ko‘ziga qarab so‘zlashing. Hech vaqt uning qo‘lidan, tugmasidan ushlab, elkasiga qoqib fikringizni quloq solishiga intilmang. Suhbatdosh diqqatini qo‘l bilan emas, balki so‘z bilan qaratishga intiling. 7. Suhbatlashish odobiga doir xalq maqollaridan o‘rinli foydalaning… Suhbatlashish odobining ana shu qoidalariga amal qilish har bir komil insoniylik burchidir»(8). Muloqot madaniyati va mezoni sohasida faol tadqiqotlar olib borayotgan Siddiq Mo‘minning «Muloqot mezoni» nomli kitobida tinglash xosiyatlaridan tortib, salomlashish, murojaat, talaffuz, tabassum, so‘zning hayotbaxsh qudrati kabi xalq ma’naviyatining muhim qirralari haqida qiziqarli fikrlar bildirilgan. Tadqiqotchining yozishicha, 1. «…o‘qish ham tinglashning bir ko‘rinishi bo‘lib, bu mehnat orqali kishi ko‘p ulug‘ zotlar suhbatidan bahramand bo‘ladi. Zero, tinglash ham kishidan sabr-qanoatni, chidam-bardoshni va o‘ziga xos odob-axloqni talab etadigan xislatdir». «Siz kuyib-pishib gapirib turganingizda sigir ma’rab qolsa, sizga emas, sigirga qaraydigan odamga gap ta’sir qilmaydi…» (Abdulla Qahhor). 2. Qisqa va mazmunli so‘zlash muloqot mezonining asosiy shartlaridan biridir. «Demak, inson har qanday sharoitda ham kerakli so‘zlarnigina aytishi, tiliga ortiqcha erk bermasligi lozim. Zero, «Haqiqiy gapdonlik – kerakli hamma gapni aytish va keragidan ziyod hech narsa demaslikdir» (D.de Laroshfuko). 3. Muloqot jarayonida «suhbatdosh shaxsiga e’tibor» ham muhim. «Ayollar nutqi erkaklar nutqidan har jihat-dan: tovushlar ifodasi, lug‘at tarkibi, gap qurilishi kabi tomonlardan sezilarli darajada farqlanib turadi. Erkaklar nutqi ham qisqa va lo‘ndaligi, bosiq va qat’iy ohangda aytilishi va boshqa juda ko‘p jihatlari bilan ayollar nutqidan farqlanadi». «Kishilar bilan muloqotda so‘zlovchi o‘zining va suh-batdoshining yoshini inobatga olishi, ayniqsa, muhimdir». 4. «Inson qalbida kechadigan har qanday tuyg‘u esa beixtiyor tilida ham zohir bo‘ladi. …». «Ha, «Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan» deganlaridek, Sizga qanday muomala qilishlarini istasangiz (e’tibor berayapsizmi, shu erda ham o‘zingizni o‘ylayapsiz), odamlar bilan shunday muomalada bo‘ling. SHunday qilingki, Siz bilan muloqotda bo‘layotgan kishi ozgina bo‘lsa-da Sizdan o‘zini ustun deb hisoblasin. Buning uchun so‘nggi so‘zni, hukm chiqarish huquqini uning ixtiyorida qoldiring». 5. «Insonning bu yorug‘ olamda qiladigan eng ulug‘ amallaridan biri – bu, o‘zidan yaxshi nom qoldirishdir. «Mehr qolur, muhabbat qolur» deganlaridek, odamzotdan qoladigan eng ulug‘ meros faqat bitta – yaxshi va shirin SO‘Zdir». 6. Suhbat salomlashish va murojaat qilishdan boshlanadi. Murojaat qilish odobini unutmasligimiz zarur. 7. «Tilni tiymoq odoblariga baqirib-chaqirmaslik, so‘z orqali birovning dilini og‘ritmaslik va eng muhimi, gapirish zarur bo‘lmagan paytda sukut qilishlik kabilar kiradi. Aloqa – aralashuvda hatto sukut (jim turish, gapirmaslik) ham nolisoniy vosita sifatida ishtirok etadi va o‘ziga xos muomalaviy mazmun ifodalaydi». 8. Muloqot jarayonida insonning chiroyi ochiq bo‘lishi, tabassum bilan boqishi ham muhimdir. 9. «Ohang – so‘z va gapning libosi bo‘lsa, bu til va nutq birliklari qanday ifoda etilishiga ko‘ra uning ma’nolari o‘zgarib turadi». «Gap so‘zda emas, ohangda, qaysi so‘zning qanday talaffuz etilishida» (V.G.Belinsikiy). «Ovozning shirali va yoqimli bo‘lishi, ayniqsa, so‘zlashuv nutqida muhim ahamiyat kasb etadi». Professor Siddiq Mo‘min ushbu va kitobdagi boshqa fikrlarini asoslash uchun har bir holatga hayotiy misollar, allomalarning fikrlari, turli hikoyatlar, maqol va hikmatli so‘zlardan misollar keltiradi. Mazkur kitob muloqot mezonlarini o‘rganish va ularga e’tiborli bo‘lishda o‘ziga xos muhim amaliy manba hisoblanadi(9). Jamiyatdagi ijtimoiy muhit insonlar muloqot xulqiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Jamiyatdagi tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik, iqtisodiy taraqqiyot, ma’naviy-axloqiy muhit, umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlar insonlarning, qaysi kasbda ishlashidan qat’iy nazar, muloqot jarayoni yuqori madaniyatli bo‘lishiga xizmat qiladi. Insonlar o‘rtasidagi muloqot jarayoni samimiy, madaniyatli, odob-axloq doirasida bo‘lishi ularning bilim darajasi, tafakkur doirasi, dunyoqarashi, islohotlarga ijobiy munosabati, milliy qadriyatlar, urf-odatlardan unumli foydalanishi kabilarga ham bog‘liq. Bunday sifat va fazilatlarni tarbiyalashning asosiy mas’uliyati, albatta, o‘qituvchilar, pedagoglar, ustozlar, ota-onalar zimmasidadir. Muloqot madaniyati va nutq mahoratining yuqoriligi esa jamiyat ma’naviy hayotining ajralmas qismidir. Ko‘p tillilik dunyosida kishilar bilan o‘zaro aloqa qilishning qiyinlashganligi sababli tilshunoslikning yangi bo‘limi — inter-lingvistikaga ehtiyoj tug‘ilmoqda. Interlingvistika qator muhim problemalar bilan birga, butun insoniyat uchun yagona sun’iy til yaratish to‘g‘risidagi masalani ham hal qilishi kerak. Mazkur fan harbiy ishlarda keng qo‘llanilmoqda. Jumladan, komandirlar sostavi uchun maxsus til yaratilmoqda. Bu til qiyin sharoitlarda jangovar harakatlarni muvaffatsiyatli amalga oshirish, kichik bo‘linmalar bilan mustahkam aloqa o‘rnatish va texnik vositalardan unumli foydalanishda juda qo‘l keladi. Mana shu lingvistikadan kod va deshifrovka sohasida ishlaydigan mutaxassislar ham keng foydalanmoqdalar. Tafakkur faoliyati jarayonida yuzaga keladigan bilim turli ko‘rinish va xususiyatga ega bo‘ladi. Bu farq dastlabki o‘rinda bilimning qay yo‘sinda va qanday maqsadda o‘zlashtirilishi bilan bog‘liqdir. Voqelik haqidagi oddiy, «kundalik» bilim tajriba natijasidir. Bilim madaniy hodisa sifatida talqin qilinganda, bu shakldagi bilimning ma’lum ijtimoiy guruh madaniyati uchun xos bo‘lgan me’yorlarga qanchalik darajada mos kelishi nazarda tutiladi. Lisoniy bilim ikkinchi turga oid, chunki til millatning madaniy boyligidir. Bu bilim insonning ongli faoliyati zaminida shakllanadi va bu faoliyat amalga oshishida muhim rol o‘ynaydi. Aynan lisoniy bilim lingvokognitiv tahlil sifatida tanlanishi ham bejiz emas. SHubhasiz, bilim – inson xotirasida saqlangan (hech bo‘lmasa «iz qoldirgan») tizimlashtirilgan ma’lumotlar to‘plamidir. Ammo bu to‘plamning qanday tarkib topishi, undan foydalanish mexanizmini o‘rganish ancha qiyin vazifa. Amerika beheyvoristlari inson bilimlari dunyosini «qora quti» (ya’ni o‘qilishi mushkul bo‘lgan manba) deb ta’riflashgan, chunki bilim jamlanishini ta’minlovchi vositalarning «ish tartibi»ni bevosita kuzatishning imkoni yo‘q (Sehnelle 1981). To‘g‘ri, insonning bilish qobiliyatining neyrofiziologik asoslari, ayniqsa, miya yarimsharlari faoliyati bilan bog‘liq tomonlarini o‘rganish borasidagi izlanishlar davom etmoqda. Psixolingvistlar va neyrolingvistlar nutqiy faoliyat ijrosi va uning qabul qilinishini (aniqrog‘i, idrok etilishi) ta’minlovchi miya qismlari hamda ularning o‘zaro munosabati haqidagi ma’lumotlarni to‘plashgan bo‘lsa-da, ushbu neyrofiziologik tizimning o‘zi hanuz sirligicha qolmoqda. Olimlar miya chap yarim shari nutqiy axborotni qabul qiluvchi va uzatuvchi hududlar (bu hududlar neyrofiziologlar Braka va Vernike nomlari bilan ataladi) o‘zaro murakkab munosabatda ekanligini doimo uqtirishadi (Ivanov 1978: 28; Wardhandu 1994: 90-91). Lekin bu munosabatlar qanday yuzaga keladi-yu, ularning zaminida nima turishi to‘g‘risidagi fikrlar u qadar aniq emas. Balki neyrofiziologik tuzilmalarning vazifalari va ularni harakatlantiruvchi mexanizmlarning ish faoliyatini aniqlash uchun dastlab lisoniy faoliyatning kognitiv tizimini batafsil o‘rganish lozimdir. Bu ehtimolnnig haqiqatga o‘ta yaqinligi kognitiv tilshunoslik taraqqiyoti jarayonida o‘z isbotini topmoqda. Bilim olish va saqlash, uni amalda qo‘llash va uzatish manbai va nihoyat, uni shakllantiruvchi vosita bo‘lgan til tizimi kognitiv tahlil ob’ekti ekanligiga hech qanday shubha yo‘q. Biroq bunday shubha bir paytlar ayrim tilshunoslar tomonidan bildirilganligini ham eslaymiz. Jumladan, generativ tilshunoslik g‘oyalarining faol targ‘ibotchilaridan biri J.Katq (Katz 1981; 1984) til hech qanday ontologiyaga ega bo‘lmagan mavhum hodisa ekanligi uchun tilshunoslik fani ham mavhum predmet bilan mashg‘ul bo‘lishini uqtirishga harakat qilgan edi. Uning fikricha, tilshunoslar «so‘zlovchilarning o‘z tili haqidagi bilimi bilan ular biladigan tillar o‘rtasida katta farq mavjudligini anglamoqlari zarur» (Katz 1984: 34). Lingvistik faktlar va metodlar o‘z ob’ektidan uzoq bo‘lgan ba’zi sohalarga, xususan, mediqinaga ham xizmat qilmoqda. Afaziya (nutq buzilishi, aynishi) turlarini tasnif qilish, fiziologik nerv sistemasi, nutq faoliyatini o‘rganish shular jumlasidandir. Mana shu sohani o‘rganadigan tilshunoslikning bo‘limi neyrolingvistika deb yuritiladi. Nutq patologiyasining neyrolingvistik va psixolingvistik aspektida quyidagi maslalar o‘rganiladi: Nutq patologiyasi va uning psixolingvistik usullar asosida o‘rganilishi. Nutq patologiyasini asosiy ko‘rinishlari. Afaziyaning nutqni ifodalash va qabul qilish chog‘ida sintagmatika va paradigmatikaning buzilishi asosida tasnifi (A.Luriya). Afaziyaning o‘rganilish tarixi. Afaziya tasnifining asosiy tamoyillari. Nutq faoliyatini tashkil qilishda bosh miya yarim shari funksional asimmetriyasini o‘rganish. Inson intelektual va nutqiy faoliyatida o‘ng bosh miya yarim sharining vazifasi. SHizofreniyada nutq tashkil qilishning xususiyatlari. Nutq faoliyatining buzilish ehtimolligi. Adabiyotlar: Karimov I.A. YUksak ma’naviyat – engilmas kuch. –Toshkent: Ma’naviyat, 2007. Karimov I.A. YAngicha fikrlash va ishlash davr talabi. T.5.-T: “O‘zbekiston”, 1997. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. T.9.-T: “O‘zbekiston”, 2001 Karimov I.A. Biz tanlagan yo‘l – demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li. T.11.-T: “O‘zbekiston”, 2003 Angaeva S.P., Tыxeeva YU.S. Klyuch k obщeniyu (etnokulturnыe i etnopsixologicheskie osobennosti kommunikaqii. –Ulan-Ude, 2007. Pochepqov O.G. Osnovы pragmaticheskogo opisaniya predlojeniya. Kiev Viщa shkola. 1986. Susov I.P. semantika i pragmatika predlojeniya. Kalinin KGU. 1980. Mahmudov N. Til. -T.: YOzuvchi, 1998. Mahmudov N., Mirtojiev M. Til va madaniyat. -T., 1992. Mengliev B., Sayfullaeva R., Mamatov A. va boshq. Milliy tilshunoslik mustaqil rivojlanish yo‘lida // Ma’rifat, 2007 yil 21 may. Safarov SH. Pragmalingvistika. – T., 2008. Safrov SH., Toirova G. Nutqning etnosotsiopragmatik tahlili asoslari. –Samarqand, 2007. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling