O’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim kafedrasi tilshunoslikning dozarb masalalari fanidan
Download 1.54 Mb.
|
Tilshunoslikning Majmua yangi
Momo qizini chaqirdi, unga mayus tikilib, yig‘ladi:
- Konsert ko‘rsatdimmi? Nimalar dedim… Eslolmayman. - Hozir tirikmisiz, enajon? - Xudoga shukur… Bolam, taraddudingni ko‘r, men ketaman endi. - Enajon! - Xo‘p de, yolg‘izim. Sezib turibman… qil ustida turganga o‘xshayman… Bolaga o‘xshab qoldimmi? - Sal… - Sal emas. Rahmatli enam ham shunaqa bo‘lgan edi. Keyin o‘lar chog‘ida aytgan edilarki… - Nimalar degan edilar? - Odamzod hayoti oxirida … so‘nish oldidagi shamga o‘xshar emish. Odam o‘lim ostonasida birdan kuch yig‘ar ekan. SHam ham so‘nish oldidan birdan alanga olib yonadi-ku! Keyin so‘nadi… - Enajon! - Men xiyla aljib qoldim-a? Esim bor… Keyin juda bo‘shashib ketdim, jin urdi-qo‘ydi. Xayriyat, hozir es-hushim joyida. (SH.Xolmirzaev) YUqorida ta’kidlanganidek, fan va texnika taraqqiyoti, xalqaro aloqalarning, savdo-sotiqning kengayib borishi, bir tomondan, ko‘ptillilik, tillarda baynalminal so‘zlar sonining oshib borishiga sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan, mahalliy tillar bilan xalqaro tillar vazifasini o‘tayotgan tillar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarga, til chatishuvlariga sababdir. Bularning barchasi sotsiolingvistikaning zimmasidadir. Jamiyatga til qanchalik zarur bo‘lsa, tilga jamiyatning bo‘lishi ham shunchalik zarurdir. Tilning mavqei, rivojlanishi uning muomalada bo‘lishiga bog‘liq. Til o‘zining muloqot, bilish, ifoda vazifalarini bajarishi uchun uning o‘z hududi, bu hududda yashovchi jamiyati, jamiyatning iqtisodiy bazasi bo‘lmog‘i lozim, zero bu hudud, sodir bo‘layotgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, ma’naviy va mafkuraviy siljishlar tilga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Til kishilar orasida asosiy muloqot vositasi bo‘lishi bilan bir qatorda, xalqning hayotiy tajribasini, an’anasi, milliy xarakterini va hatto bilim darajasini aks ettiruvchi ko‘zgudir. Millatning bu xususiyatlari o‘zgaruvchandir, shuning uchun ularni o‘zida aks ettiruvchi til ham doimo o‘zgarib, yangilanib boradi. Jamiyatda ko‘ptillilik, qardosh va qardosh bo‘lmagan tillarning bir-biriga ta’siri masalasi ham sotsiolingvistikada til va jamiyat munosabatlari doirasida o‘rganiladi. YAna shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi davrda xorijiy tilni o‘rganish iqtisodiy, siyosiy talabga aylanib bormoqda. Mamlakatlararo, millatlararo muloqot turlari kundan-kun ortib bormoqda. Har qanday sharoitda ham gapiruvchining til malakasi har bir muayyan vaziyatda til vositalaridan mazkur shart-sharoitga to‘g‘ri keladiganlarini tanlay bilishiga qarab belgilanadi. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling