O’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim kafedrasi tilshunoslikning dozarb masalalari fanidan


Download 1.54 Mb.
bet44/61
Sana04.02.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1165158
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61
Bog'liq
Tilshunoslikning Majmua yangi

- Qanday ovqatlaringiz bor?
- Birinchisiga: sho‘rva, mastava, borsh.
- Ikkinchiga-chi?
- Osh, makaron go‘sht qiymasi bilan, shashlik, qovurma, jiz, manti, chuchvara, beshbarmoq.
- Kofe yoki choy ham bormi?
- Ha, bor.
So‘zlashgichdan foydalanuvchi shaxs shtamplardan kerakli so‘zni qo‘yib, undan o‘z ehtiyojiga mos ravishda foydalanaveradi. Kishi nutqiy muloqotga kirishar ekan, bu muloqot qaysi jamiyatda voqealanishini bilishi zarur. Zeroki, har bir jamiyatning nutq shtamplari, muloqot doirasi va mavzusi, leksikasi o‘ziga xosdir. Bundan tashqari, har bir nutqiy muloqotda jamiyatning o‘ziga xos argo va jargonlari bo‘lishi mumkin. Nutq jarayoni ishtirokchilari ulardan xabardor bo‘lmasa, me’yoriy nutq amalga oshishi mumkin emas.
Sotsiolingvistikada jamiyat deganda, nafaqat nutq jamiyati, balki so‘zlovchi va tinglovchi mansub bo‘lgan ijtimoiy-madaniy hamda kasbiy tabaqa ham tushuniladi. Zeroki, bu tabaqalarda nutq ixtisoslashadi. Masalan:
- Grajdanin! - dedi hushyor chegarachi hamon ko‘zimga chaqchayib. - Dollar bormi?
- Yo‘q.
- Oltin bormi?
- Iya, menda oltin nima qiladi?
- Savolga javob bering!
- Oltin yo‘q.
- Antikvar. Xoch bormi?
- Nima u?
- Narkotik modda-chi?
- U nima degani?
- CHekadigan!
- Bor "Kosmos". (O‘.Hoshimov)
YOki:
- Baklashkani bo‘shatib beying, - dedi dona-dona qilib, - magazinga topshiyaman. "Spyayt" topshiyaman. "Spyayt" keyakmasmi? Sakkiz yuz so‘m.
- Keyakmas! -dedim men ham beixtiyor "r"ni aytishga tilim kelishmay.
- Baklashkani beying!
Uyga kirib, ichilmay qolgan suvni kosaga bo‘shatib chiqishga majbur bo‘ldim. Endi eshikni yopayotgan edim, bolakay so‘rab qoldi.
- Siz shoyiymisiz, amaki?
Voy xuvori-ex! Kitob ham o‘qirkan- a bu!
- Men bolalarga yozmayman-da, - dedim yumshab. -YOzsam senga kitobimdan berardim.
- Kitobmas, - dedi bolakay ko‘zlarini pirpiratib. -"Zelyoniy"dan boymi? Hayron bo‘ldim.
- Qanaqa "zelyoniy"?
-"Ko‘ki"dan boymi? Dollay - bolakay barmoqlarini ishqab tushuntirdi. - Dollay boymi?
- Dollar? Menda dollar nima qilsin? Umuman senga dollarning nima keragi bor?
- Ikki yuz yigiyma ming boyeedi, - dedi u tushuntirib, - shuni dollayga almashtiymoqchiman. Dollay bormi amaki?
Eshikni qarsillatib yopdim. Zum o‘tmay qo‘shnining qo‘nqirog‘i jiringladi.
- Suv keyakmi, xola? (O‘.Hoshimov).
Ko‘rinib turibdiki, ijtimoiy muqit, ayniqsa bolalikdagi ijtimoiy muqit nutqdagi murojaat shakllariga o‘zining aniq ta’sirini ko‘rsatadi. YUqoridagi muloqot bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Dono xalqimiz bejiz "To‘g‘ri o‘zadi, egri to‘zadi", "Ko‘ngli qoraning yuzi qora", "Ko‘z qaerda bo‘lsa, mehr ham o‘sha erda", "Mol egasiga o‘xshaydi", "Qush uyasida ko‘rganini qiladi", "Buzoqning yugurgani somonxonagacha" demaydi. So‘zlovchi va tinglovchining yoshi, kasbi, egallab turgan lavozimi va shu kabilar alohida o‘rin egallaydi. Masalan,
CHol bozorkom raisidan ham dashnom eshitdi. U Qodir misgarning o‘limiga ham kechikib bordi… Kechqurun Qo‘ziboy chol gangib, qassobxonaga mo‘raladi:
- Hormang, usta, savdo zo‘rmi?
Qassob go‘sht sotilmay turganidan kuyinib o‘tirgan edi, tumshaydi:
-Bitta xolodilnik bersa, xotini taloq bo‘ladimi?! Mana, go‘sht buzilib qolsa, nima qilaman?
- E, tashvish chekmang, - dedi Qo‘ziboy chol. - Hademay paxtadan odamlar qaytishadi… Buyoqda kun sovuyapti!
- Siz ham gapiraverasiz-da! …Tiz cho‘kib, rosa tilovat qildi. O‘lganlarga jannatdan joy tiladi, tiriklarga insof-adolat… So‘ng pichirlab:
- E, rasuli barhaq! Imonimni ber, - dedi. - Birovga yomonlik qilmadim, birovning haqini emadim… Tog‘lik og‘aynilarni ham aldamadim.
Ko‘pning duosini oldim. O‘zingga shukur.
(SH.Xolmirzaev "Saylanma".-Toshkent 2003. 287-289-b.)
YUqoridagi nutq parchalaridan ko‘rinib turibdiki, nutq shakllari turli-tuman xarakterda. Amerikalik tilshunos olim R.T.Bell fikricha, ijtimoiy tilshunoslikka ikki xil yondashuvni ko‘rish mumkin. Birinchisi sof sotsiolingvistika bo‘lib, unda gapiruvchi va tinglovchilar o‘zaro nutq jarayonida munosabatda bo‘ladi. Ikkinchisi esa - til sotsiologiyasi bo‘lib, til tuzilishi bilan ijtimoiy tuzilishlarning ishoralar nazariyasi ichidagi integratsiyasidir. Bu yo‘alish tilshunoslikni boshqa ijtimoiy fanlar bilan qo‘shib, til ishoralarining turli ijtimoiy hayot mazmunida ishlatilishi masalalarini o‘rganadi. Birinchi yo‘nalish mikrosotsiologiya deb nomlanib, uni asosan tilshunoslar, ikkinchisi esa makrosotsiologiya deb atalib, uni sotsiologlar o‘rganadi.
Mikrosotsiolingvistikaning diqqat markazida kichik ijtimoiy guruhlarni tashkil etuvchi shaxs va guruhning boshqa a’zolari o‘rtasidagi nutqiy hamkorlik munosabati bo‘ladi. Makrosotsiolingvistikaning diqqat markazida esa bir soqial guruh bilan ikkinchi bir soqial guruh o‘rtasidagi nutqiy muloqot yotadi. Mikro va makrosotsiolingvistikani bir-biridan ajratib bo‘lmasligining asosiy sababi ham har qanday ijtimoiy guruh ayrim shaxslardan tashkil topgan bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Har bir shaxs mazkur guruh uchun umumiy bo‘lgan tildan foydalanadi va shu bilan birga o‘ziga xos nutqiy xususiyatlarga ham ega bo‘ladi. Bu xususiyatlar bir tomondan, shaxsning o‘ziga xos psixologiyasiga, ikkinchi tomondan, bu shaxs a’zo bo‘lgan kichik soqial guruhning kasb-hunariga ham bog‘liq. Demak bu guruhning o‘ziga xos atama va jargonlari bo‘lishi mumkin. Lekin bu guruhlar milliy hududning qaerida yashamasin, u mazkur milliy tilga aloqador bo‘lsa, shu milliy til normasidan chiqib ketmaydi, balki milliy tilning bir ko‘rinishida, variantida gapiradi. Tabiiyki, mikrosotsio-lingvistika erishgan yutuqlar makrosotsiolingvistik tadqiqotlari uchun zamin vazifasini bajaradi.
G‘arbiy Evropa mamlakatlarida tilning ijtimoiy guruhga ko‘ra o‘zgarish xususiyatlari atroflicha tadqiq qilingan. Buni tilshunoslar tilning o‘zgarish nazariyasi deb ataydilar. Tildagi o‘zgarishlar, aytib o‘tilganidek, tilning ichki jarayonlari va tashqi ta’sirlar asosida sodir bo‘ladi. Tilning ichki o‘zgarish jarayoniga tilshunoslik fanida "kompensatsiya qonuni" nomi bilan yuritiladigan hodisani misol qilib keltirish mumkin. Ushbu qonuniyatga ko‘ra tilning biror qismida birorta o‘zgarish ro‘y bersa, bu o‘zgarish tilning boshqa qismida ham o‘z aksini topadi.
Til o‘zgarishining tashqi omillari deganda, ko‘proq tilning ishlatilishidagi ijtimoiy shart-sharoitlar nazarda tutiladi. Ma’lumki, tilning lug‘at tarkibi mazkur tilda so‘zlashuvchilarning barchasi uchun umumiy, tushunarli bo‘lgan umummillat toifasidagi so‘zlardan tashqari, millatning ijtimoiy guruhlanishi bilan bog‘langan bo‘lishi ham tabiiy. Millatning ijtimoiy guruhlariga genetik jihatdan ayrim soqiumlar va aholining hudud belgisiga ko‘ra ajralgan ayrim guruhlari bilan birga jamiyatdagi sinfiy tabaqalanishga, kasb-hunarga ko‘ra ajralgan aholi guruhlari ham kiradi. Soqial tabaqalar nutqidagi o‘ziga xosliklar, guruhlardagi o‘zaro muloqot xususiyatlari, turli guruhlar orasidagi aloqa bir vaqtda qanday so‘zlar va grammatik konstruksiyalarning tanlanishi tilning ishlatilish turlarining paydo bo‘lishiga olib keladi. SHu bilan birga bunday o‘zgarishlar so‘zlashuvchilarning yoshiga, jinsiga, ma’lumotiga, nutq sodir bo‘layotgan muhitga ham bevosita aloqadordir.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling