O’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim kafedrasi tilshunoslikning dozarb masalalari fanidan


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.54 Mb.
bet43/61
Sana04.02.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1165158
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61
Bog'liq
Tilshunoslikning Majmua yangi

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Sotsiolingvistikaning o‘rganish obekti.
2. Sotsiolingvistika fani nimani o‘rganadi.
3. Sotsiolingvistikaning boshqa fanlardan farqi va o‘zaro aloqasi.
4. Sotsiolingvistika fanining yuzaga kelishiga sabab.
5. Sotsiolingvistik tadqiqotlarga bo‘lgan ehtiyoj.
7. Til va jamiyat orasidagi munosabat deganda nima nazarda tutiladi?
8. Struktural tilshunoslik tilning qaysi sohalariga e’tibor qaratgan?
10. Amaliy tilshunoslikda qaysi sohalar e’tibordan chetda qoldi.
11. Nima sababdan sotsiolingvistika faniga qiziqish tobora kuchaymoqda?
13. Nima sababdan sotsiolingvistika jahonning rivojlangan mamlakatlarida taraqqiy etmoqda.
15. Sotsiolingvistikaning tadqiq manbalari.
16. Nima sababdan sotsiolingvistika fani nutqqa, muloqotga alohida e’tibor qaratadi.
17. Mustaqillik davrida mamlakatimizda sotsiolingvistikaga bo‘lgan munosabat.


13-MAVZU: GLOBALLASHUV JARAYONI VA TIL MUAMMOLARI
REJA:
1. Til va jamiyat, ular o‘rtasidagi munosabat.
2. Sotsiolingvistikada jamiyat tushunchasi.
3. Tilning o‘zgarish nazariyasi.
5. Til taraqqiyotida ichki va tashqi omillar.

Tayanch so‘z va iboralar: milliy til, adabiy til, nutq shakllari, leksik, fonetik, morfologik, semantik, stilistik qatlamlar, ishora, ijtimoiy guruh, soqium, sistema, nutq jarayoni, nutq ishtirokchisi va boshqalar.
Til, bu - inson ongining namoyon bo‘lishi. Inson ongi esa tabiat o‘zining ko‘p million yillar davomidagi taraqqiyoti natijasida yuzaga keltirgan oliy mahsulidir. Bu jihatdan tilni ongning va ongimiz orqali dilimizning ifodasi sifatida borliqdagi boshqa hech bir narsa, hodisa, voqea, jarayon va kategoriyalar bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Til uchun kurash, bu - ayni vaqtda tilning jamiyatdagi o‘rni uchun ham kurashdir. Jahondagi globallashuv jarayonlari, fan-texnika yutuqlarining ko‘payishi shu darajada tezlashib bormoqdaki, ularning tazyiqi, shiddati va bosimiga ko‘p milliy tillar bardosh berolmay, tarix shoh ko‘chasining uvatiga chiqib qolmoqdalar.
Globallashuv jarayonida shu narsani diqqat doirasida tutish lozimki, hozirgi zamon xalqlar, mamlakatlar, qit’alar, davlatlar, hududlar o‘rtasidagi muloqot va munosabatlarning jadallashib borish davridir. Jamiyatda hech bir xalq o‘zicha, alohida, boshqa millatlardan uzilgan holda yashay olmaydi. Ularning doimiy ravishda iqtisodiy va ma’naviy munosabat va muloqotlarda bo‘lishlari davr talabidir. Bunday munosabat va muloqot xalqlarning rivojlanishini tezlashtiradi, ilm-fan, texnika va sanoat, ma’naviy va madaniy sohalardagi yangiliklar, kashfiyotlar bilan tezda tanishish yo`lini ochib beradi. Bu esa, o‘z navbatida, boshqa xalqlar tillarini o‘rganishni ham taqozo etadi. Zero, xorijiy tilni o‘rganishning o‘zi ijtimoiy voqeadir. Xorijiy tilni o‘rganish jarayonida o‘zga madaniyatni o‘rganish imkoniyati tug‘iladi. Biz o‘z navbatida o‘z ijtimoiy muhitdagi madaniyatga oid tushuncha, qarashlarni o‘zlashtiramiz va, eng muhimi, ushbu madaniyatni milliy madaniyatimiz tushunchalari nuqtai nazaridan baholaymiz. Xullas, jamiyatda o‘ziga xos madaniyatlararo qarama-qarshilik "muxolifligi" yuzaga keladi.
Til birligi va uning erkin rivojlanishi millatning asosiy belgilaridan biridir. Milliy tilning xalq tilidan farqi, uning adabiy yozuv shaklining mavjudligidadir. Milliy tilning bu shakli mazkur millatning har bir a’zosi, har bir sheva uchun umumiydir. Har bir millatning madaniy merosi ana shu tilda o‘z aksini topadi.
Har bir til turli rivojlanish davrini boshidan kechiradi. Birorta til paydo bo‘lganidan boshlab to hozirgacha faqat o‘z-o‘zicha rivojlanib kelayapti deyish mumkin emas. Ma’lumki, til inson bilan bog‘liq. Til o‘z-o‘zidan rivojlanmaydi, faqat jamiyat tildan foydalangani uchungina u rivojlanadi, o‘zgarib turadi. Demak, tilning rivojlanish tarixi jamiyat tarixi bilan uzviy bog‘liqdir.
Jamiyat deganda, muayyan nutq sharoitida nutq jarayoni ishtirokchilari, shu nutq ishtirokchilari mansub bo‘lgan ijtimoiy-madaniy tabaqa hamda nutq sharoiti tushuniladi. CHunonchi, bozorda, do‘konda sotuvchi va xaridor o‘ziga xos bir jamiyatni tashkil qiladi.
SHuningdek, ko‘chada ikki haydovchi turli usullar bilan muloqotda bo‘ladi, bu ham o‘ziga xos bir jamiyatdir. SHuningdek, savdoda sotuvchi, xaridor, oilada ona va bola, aka-uka va h., tabiatan hamda mohiyatan xilma-xil jamiyatlar bo‘lib, ular orasidagi nutq mavzulari ham, so‘zlash odobi ham turli-tumandir. SHuning uchun ham sotsiolingvistikada nutqiy muloqot turlari ajratiladi, masalan, oshxonada, do‘konda, sartaroshxonada, pochtada, teatrda, stadionda, ko‘chada va h. Har bir jamiyat uchun nutq shtamplarini belgilash leksikasini faollik darajasiga muvofiq ravishda bera olishga alohida e’tibor qaratiladi. Zamonaviy va bugungi kundagi ko‘plab nashr etilayotgan asarlar bunga misol bo‘la oladi. Hozir har bir kitob do‘konida turli xildagi inglizcha, ruscha, nemischa, turkcha, koreyscha, yaponcha va b. so‘zlashgichlarni ko‘rish mumkin. Ular asosan topiklar va ma’lum miqdordagi so‘zlardan iborat. Ular odatda uyalarga joylashtirilib beriladi.
Masalan, "Oshxonada" mavzusi bo‘yicha topiklarga e’tibor beraylik.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling