O’rta osiyo allomalarining jahon sivilizasiyasiga qo'shgan hissasi Imom al-Buxoriy
Download 1.5 Mb.
|
8-MAVZUO’rta osiyo allomalarining jahon sivilizasiyasiga qo\'shgan hissasi
Boshqa bir qancha asarlar bilan birga fors tilidagi falsafiy kitobi “Donishnoma” ni tasnif etadi. Ibn Sino jismoniy jihatdan ham juda baquvvat kishi bo‘lgan, biroq shaharma-shahar darbadarlikda yurish, kechalri uxlamasdan uzluksiz ishlash va bir necha bor ta’qib ostiga olinib, xatto hibsga olingani olimning salomatligiga ta’sir etdi. U ko‘lanj (kolit) kasalligiga chalinib qolgan edi. Kasallik zo‘raygach, uni tutqanoq ham tutadigan bo‘ladi oqibatda shu darddan u 428 hijriy yilning ramazon oyida (1037 yilning iyunida) 57 yoshida Xamadonda vafot etadi. Uning qabri hozirgacha Eron davlatining Xamadon shahrida saqlanib kelinmoqda. Ibn Sino haqiqiy ensiklopedist olim sifatida o‘z davridagi fanlarning deyarli hammasi bilan muvaffaqiyatli ravishda shug’ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilgan bo‘lsa ham, zamonlar o‘tishi bilan ularning ko‘pi yoqolib ketgan va bizgacha faqat 242 tasi yetib kelgan. Shu 242 asardan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga, 43 tasi tabobatga oid, 19tasi mantiq, 26 tasi psixologiya, 13tasi botanika ilmi, 7tasi astrologiya, 1tasi matematika,1tasi musiqa, 2tasi kimyo, 9tasi etika, 4tasi adabiyot va 8tasi boshqa olimlar bilan bo‘lganilmiy yozishmalarga bag‘ishlangan.Ibn Sinoning eng mashhur va ulug’vor kitoblaridan biri “Kitob al-qonun fit-tib” hisoblanadi. Bu asar o‘z zamonasidagi tabobat ilmlarining mufassal qomusi sifatida inson sog’lig’I va kasalliklarga oid bo‘lgan barcha muammolarni mantiqi tartibda to’la mujassam etgan.Ibn Sinoning eng mashhur va ulug’vor kitoblaridan biri “Kitob al-qonun fit-tib” hisoblanadi. Bu asar o‘z zamonasidagi tabobat ilmlarining mufassal qomusi sifatida inson sog’lig’I va kasalliklarga oid bo‘lgan barcha muammolarni mantiqi tartibda to’la mujassam etgan.Buyuk olimning qilgan xizmatlarini, jahonning ilnm ahli e’zozlaydi. Buyuk bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino sharafiga mashhur shved botanigi Karl Linney (1707-1778) tropik mamlaktlarda dengiz suvida ham o‘suvchi va doimo yashil holda qoladigan darxt nomini Avitsenna deb atagan. Shuningdek, 1956 yil yurtimizda topilgan yangi mineral ham ulug’ ajdodimiz sharafiga Avitsennit deb nomlangan.Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling