O’rta osiyo allomalarining jahon sivilizasiyasiga qo'shgan hissasi Imom al-Buxoriy


Download 1.5 Mb.
bet7/10
Sana17.06.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1529238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-MAVZUO’rta osiyo allomalarining jahon sivilizasiyasiga qo\'shgan hissasi

U o‘z davridadagi yirik olim Abu Rayxon Beruniy (973-1048) bilan ilmiy munozaralar o‘tkazadi. 999-yillarda Somoniylar davlati inqirozga uchraydi. 1002-yil Ibn Sinoning otasi Abdulloh vafot etgach buyuk alloma o‘z tug‘ilib o‘sgan yurti Buxoroni tark etib, Xorazm (Urganch) ga ketadi. Ko‘p o‘tmay Ibn Sino Gurgonda o‘zining ilmiy ishlarini va tabiblik faoliyatini davom ettira boshlaydi. U 17 yoshida tabobatga oid mashhur asari “Kitob al-qonun fit-tib”(Tib qonunlari) ning birinchikitobini yozishga kirishadi. 1014-yil Ibn Sino Gurgonni ham tark etadi va bir qancha muddat Ray va qazvin shaharlarida turgandan keyin Xamadonga keladi va Buvayxiylar hukmdori Shams ad-davla(997-1021) xizmatiga kiradi. Oldin saroy tabibi bo‘lib ishlaydi , so‘ngra vazirlik mansabigacha ko‘tariladi. Davlat ishlari bilan band bo‘lishiga qaramay, ilmiy ishlarini davom ettira di va bir qator asarlar yaratadi, o‘zining mashhur falsafiy ensiklopediyasi “Kitob ash-shifo” ni shu yerda yozishga kirishadi.

Boshqa bir qancha asarlar bilan birga fors tilidagi falsafiy kitobi “Donishnoma” ni tasnif etadi. Ibn Sino jismoniy jihatdan ham juda baquvvat kishi bo‘lgan, biroq shaharma-shahar darbadarlikda yurish, kechalri uxlamasdan uzluksiz ishlash va bir necha bor ta’qib ostiga olinib, xatto hibsga olingani olimning salomatligiga ta’sir etdi. U ko‘lanj (kolit) kasalligiga chalinib qolgan edi. Kasallik zo‘raygach, uni tutqanoq ham tutadigan bo‘ladi oqibatda shu darddan u 428 hijriy yilning ramazon oyida (1037 yilning iyunida) 57 yoshida Xamadonda vafot etadi. Uning qabri hozirgacha Eron davlatining Xamadon shahrida saqlanib kelinmoqda. Ibn Sino haqiqiy ensiklopedist olim sifatida o‘z davridagi fanlarning deyarli hammasi bilan muvaffaqiyatli ravishda shug’ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilgan bo‘lsa ham, zamonlar o‘tishi bilan ularning ko‘pi yoqolib ketgan va bizgacha faqat 242 tasi yetib kelgan. Shu 242 asardan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga, 43 tasi tabobatga oid, 19tasi mantiq, 26 tasi psixologiya, 13tasi botanika ilmi, 7tasi astrologiya, 1tasi matematika,1tasi musiqa, 2tasi kimyo, 9tasi etika, 4tasi adabiyot va 8tasi boshqa olimlar bilan bo‘lganilmiy yozishmalarga bag‘ishlangan.


Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling